Avtomobil indd


Maxsus suyuqliklar bilan ishlashda chiqindilarni yo‘q qilish



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Maxsus suyuqliklar bilan ishlashda chiqindilarni yo‘q qilish 
va zararsizlantirishga bo‘lgan talablar:

 
barcha qo‘llanilayotgan maxsus suyuqliklar haqida ularning 
nomlanishi, tarkibi, xavflilik (zaharlilik) darajasi, qo‘llanish 
sohasi, ularni qo‘llashda himoyalanish choralari to‘g‘risida 
ma’lumot bo‘lishi lozim. Ushbu ma’lumotlar berilmagan 
maxsus suyuqliklarni ishlatish taqiqlanadi;
– maxsus suyuqliklar bilan ishlarni bajarish jarayonida 
ishlatilgan materiallar yonmaydigan maxsus idishga yig‘ilishi 
kerak;
– maxsus suyuqliklar polga (yerga) to‘kilgan hollarda 
suyuqlik to‘kilgan joyga zudlik bilan qum sepilishi va shundan 


262
263
so‘ng qum to‘planib, yopiladigan maxsus idishga solinishi 
lozim;
– ishlatilgan maxsus suyuqliklar qayta ishlatilmasligi va 
ushbu suyuqliklar ish jarayoni tugaganidan keyin yopiladigan 
maxsus idishga yig‘ilishi lozim;
– ishlab chiqarish chiqindilari uchun idish maxsus ajratilgan 
joyda turishi va ish tugaganidan keyin esa utillashtirish uchun 
maxsus jihozlangan joylarga chiqarilishi kerak. 
9. 2.
 Yonilg‘i moylash materiallarining yong‘in va portlash 
jihatdan xavfliligi va elektrlanishi
Barcha neft mahsulotlari yong‘in va portlash jihatidan xavfli 
bo‘lib, ularning bug‘i zaharlidir. Ular ma’lum miqdorda havo 
bilan aralashib, portlovchi aralashma hosil qiladi. Havoda 
benzinlar, kerosinlar, dizel yonilg‘isining bug‘lari hajm bo‘yicha 
1,1 dan 6,0 foizgacha bo‘lganida ular portlash jihatidan xavfli 
hisoblanadi. Bu chegaralar ob-havo sharoitiga (harorat, bosim, 
havo namligi), neft mahsulotlari turi va aralashma hosil 
bo‘lish sharoitiga qarab o‘zgaradi. O‘t olish haroratiga ko‘ra 
neft mahsulotlari ikki guruhga: oson alangalanadigan (o‘t olish 
harorati 45°C dan past bo‘lgan: benzin, kerosin, yengil fraksion 
tarkibli dizel yonilg‘ilari) va yonuv chi (45°Ñ dan yuqori: dizel 
yonilg‘isi, mazutlar, pechka va qozon yonilg‘ilari, yengil 
moylar) turlarga bo‘linadi. Oson alan galanadigan yonilg‘ini 
tashish, saqlash, undan foydalanish ning barcha bosqichlarida 
juda ehtiyot bo‘lish shart. 
Ko‘pgina neft mahsulotlarining, ayniqsa, yonilg‘ining 
dielektrik xossalari yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ular 
quvurlardan oqizilganida, avtosisternada tashilganida uning 
devoriga ishqalanishi natijasida statik elektr zaryadlari paydo 
bo‘ladi. Ular razryadlanganida elektr uchquni paydo bo‘lib, neft 
mahsulotlarining portlashi va alangalanishiga sabab bo‘lishi, 
xizmat ko‘rsatayotgan kishilarni shikastlashi mumkin. Buning 
oldini olish uchun barcha sig‘imlar, avtosisternalar, qabul 
qilish-tarqatish uskunalari, o‘tkazgichlar mexanizatsiyalangan 
yonilg‘i quyish vositalari yerga ulanishi zarur; shunda hosil 
bo‘lgan elektr zaryadi yerga o‘tib ketadi. 
Neft mahsulotlari bug‘lari ajralib chiqadigan joylarda uchqun 
chiqishi, portlash yoki yong‘in chiqishiga sabab bo‘luvchi 
asboblardan foydalanish qat’iyan man etiladi. Asboblar rangli 
metalldan tayyorlangan yoki mis qoplangan bo‘lishi zarur. 
To‘ldirilgan yoki bo‘sh bochkalarni maxsus ko‘targichlar yoki 
ko‘tarish-tashish mexanizmlari yordamida ko‘tarish va tashish 
kerak. Agar mexanizatsiyalashtirilgan yonilg‘i quyish vositalari 
bo‘lmasa, neft mahsulotlari quyilgan bochkalarni dumalatishga 
ruxsat etiladi. Massasidan qat’i nazar, bochkalarni orqalab 
tashish, shuningdek, chetidan itarib dumalatish mumkin 
emas. To‘ldirilgan bochkalarni tashish va saqlashda ularning 
buraladigan qopqoqlari (tiqinlari) yuqoriga qaratib bir qator qilib 
joylashtiriladi va duma lab bir-biriga urilib ketishining oldini 
olish maqsadida mahkamlab qo‘yiladi. Benzindan bo‘shatilgan 
idishlar xavfli hisoblanadi. Benzindan bo‘shatilgan 200 litrli 
idishida 10–50 g miqdorda qoldiq benzin bug‘larining havo 
bilan aralashmasi bo‘ladi. Bu aralashmaning uchqun ta’sirida 
portlash xavfi bo‘lganligi tufayli idishlar tiqinlarini bolg‘a 
yoki boshqa asboblar bilan urib ochish taqiqlanadi, chunki 
bunda uchqun chiqish ehtimoli bor. Idishlarni ta’mirlashda 
alangadan foydalanilganida benzin va boshqa bug‘larning havo 
bilan aralashmasining portlash xavfining oldini olish uchun 
zarur choralar ko‘rish lozim. Bunda bochkalar, shuningdek, 
avtomobillarning yonilg‘i baklariga suv quyib ta’mirlanadi yoki 
ular issiq suv bilan bug‘latiladi, shundan so‘ng karbon gazi 
to‘ldirilgan holda ta’mirlanadi. 
Neft mahsulotlarini olov, uchqun, mashina va uskunalarning 
qattiq qizigan qismlari tegib ketishidan saqlash lozim. Neft 
mahsulotlarini ochiq idishda saqlash qat’iyan man etiladi. Neft 
mahsulotlari saqlanadigan joylarda doimo o‘t o‘chirish asboblari 
to‘plami bo‘lishi lozim. Neft mahsulotlari omborlarida, 
shuningdek, mashinalarga neft mahsulotlari quyiladigan, neft 
mahsulotlari qabul qilib olinadigan va tarqatiladigan joylar 
yaqinida chekish hamda alangadan foydalanish taqiqlanadi. 


264
265
Neft mahsulotlari bilan ishlaydigan shaxslar o‘z vaqtida 
yong‘in xavfsizligiga oid dastlabki (ishga qabul qilinayotganda) 
va davriy (yiliga kamida ikki marta) yo‘riqnoma olishlari lozim. 
Neft ombori va yonilg‘i-moylash materiallarini tarqatish 
sho xob chalarida, yong‘inga qarshi belgilangan ajratish 
masofalarining o‘lchamlariga rioya qilinishi, ozodalikni saqlash 
zarur, shuningdek, yaxshi ko‘rinadigan joylarga «Yong‘in xavfi 
bor!», «Chekilmasin!» degan yozuvlar osib qo‘yilishi lozim. 
Statik elektrlanish natijasida uchqun paydo bo‘lishining 
oldini olish uchun hamma o‘tkazgich va sig‘imlar yerga 
ulanadi. Yonilg‘i quyish shoxobchalari va moylash postlarining 
to‘ldirish kolonkalari va agregatlari yashin qaytargichlar bilan 
jihozlanadi. Neft omborlari kerakli birlamchi o‘t o‘chirish 
qurollari, shitlar, belkuraklar, ilmoqlar va boshqa asboblar, 
qumli idishlar, o‘t o‘chirgichlar, namatlar bilan jihozlanadi. 
Statik elektrlanish natijasida yong‘in va portlash kelib 
chiqishi ning oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga 
oshirish lozim:
– yonilg‘ini haydashda ishlatiladigan barcha vositalar, 
o‘tkaz gich quvurlar, sisternalar, yonilg‘i quygichlar va sig‘imlar 
yaxshilab yerga ulanishi lozim;
– yonilg‘ini quyish ochiq oqim ko‘rinishida bo‘lmasligi va 
yo nilg‘i sachratilmasligi lozim;
– yonilg‘ining suv va havo bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik;
– idishga neft mahsulotlari quyilayotganida shlangning uchi 
har doim neft mahsuloti ichida bo‘lishi, bo‘sh idishga yonilg‘i 
quyishda shlang uchi yonilg‘iga botib turadigan bo‘lgunicha 
yonilg‘ini juda sekin oqizish lozim;
– yonilg‘i tashiydigan avtosisternalarning yerga ulanadigan 
(tegib turadigan) zanjirlarini mustahkamlash kerak. 
Yong‘in chiqqanida, yonayotgan neft mahsulotlarini 
o‘chirish uchun kimyoviy ko‘pik, karbon kislota gazi, qum 
va tuproq ishlatilishi lozim. O‘t o‘chirishda toza suvdan 
foydalanish taqiqlanadi, chunki suvning zichligi yonayotgan 
neft mahsulotining zichligidan yuqori bo‘lganligi tufayli neft 
mahsuloti suv yuziga qalqib chiqadi va yonishda davom etadi, 
yonish kuchayadi va atrof muhitga tez tarqaladi. 
Yonayotgan neft mahsulotlarini o‘chirishda ishlatiladigan 
eng qulay vositalar – bu o‘t o‘chirgichlardir. Ular ikki 
turda chiqariladi: ko‘pikli va karbonkislotali. Ko‘pikli o‘t 
o‘chirgichlar – ÎÏ–3, OÏ–5 va ÎÏÌ ishga solinganida ular 
kislotaning suv eritmalari, ishqor va ko‘pirtirgich ishtirokida 
ko‘pik hosil qiladi. O‘t o‘chirgich 1 min davomida ishlaydi, 
oqimi 6–8 m gacha yetadi. Karbon kislotali o‘t o‘chirgichlar 
ÎÓ–2, OÓ–5 va OÓ–8 karbon kislota bilan to‘ldirilgan bo‘lib, 
u o‘t o‘chirgich ishga tushirilganida birda niga kengayib, gaz 
holatiga o‘tadi va minus 79°C gacha haroratdagi pufaklar 
(ko‘piklar) hosil qiladi. 
Idishlardagi neft mahsulotlarining yonishini to‘xtatish uchun 
o‘t o‘chirgichlar oqimini idishlarning yonayotgan devorlari 
chekkasiga shunday yo‘naltirish kerakki, bunda yonayotgan 
neft mahsuloti sachramasligi kerak. 
Transport vositasiga yonilg‘i quyish vaqtida paydo bo‘lgan 
alan gani o‘chirish uchun avtomobilni yonilg‘i quyish joyidan 
olib chiqish va alangani namat, asbest to‘shma, o‘t o‘chirgichlar 
bilan o‘chirish lozim. Agar dvigatel yona boshlasa, trasport 
vositasini yonilg‘i quyish joyidan uzoqlashtirish, dvigatelning 
ta’minlash tizimiga yonilg‘i berishni to‘xtatish, o‘t oldirish 
tizimini o‘chirish va alanga manbayini o‘t o‘chirgich, namat 
yoki havo kirish yo‘lini bekituvchi boshqa vositalar bilan 
o‘chirish kerak. 
Yong‘in chiqqanida neft mahsulotlarini qabul qilib olish va 
uni berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar to‘xtatilishi shart. 
Boshqa turdagi neft mahsulotlarini ishlatishda ko‘riladigan 
chora-tadbirlar benzinning ishlatilishidagi kabidir. 
Ba’zi neft mahsulotlari havo kislorodi ta’sirida o‘z-o‘zidan 
alan galanishi va metall idishlarga katalitik ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin. Shuning uchun ularni ishlatishda juda ehtiyotkor 
bo‘lish lozim. Masalan, etilenglikol va glitserin marganesli 
kaliy bilan xavfli ara lashma hosil qiladi. 


266
267

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish