Avtomobil indd



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Me’yorlarni kamaytirish. 
Yonilg‘i sarfining yo‘l me’yorlari 
quyidagi hollarda kamaytiriladi:
– shahardan tashqaridagi takomillashtirilgan qoplamali 
yo‘llarda ishlayotganida 15 foizgacha;
– muntazam marshrutlarda ishlamaydigan biror korxonaga 
qarashli avtobuslardan foydalanishda – 10 foizgacha. 
Moylar va plastik surkov moylarining sarf me’yorlari 100 
l
yonilg‘i sarfiga nisbatan muvaqqat me’yorlar asosida belgilanadi 
(8.6- jadval). 
8. 6- jadval
Moylar va plastik surkov moylari sarfining
100
l
 yonilg‘i sarfiga nisbatan muvaqqat me’yorlari
Transport turi
Motor 
moyi, 
l
Trans-
mission 
moy, 
l
Maxsus 
moy, 
l
Plastik
surkov
moylari, kg
Benzin va suyultirilgan gaz bilan 
ishlaydigan yengil avtomobillar, 
yuk avtomobillari va avtobuslar
2,4
0,3
0,1
0,2
Dizel yonilg‘isida ishlaydigan yuk 
avtomobillari, avtobuslar
3,2
0,4
0,1
0,3
Dizel yonilg‘isida ishlaydigan 
yo‘lsiz joylarda foydalaniladigan 
avtomobillari
5,0
0,5
1,0
0,3
8.6. 
Yonilg‘i va moylash materiallarini tejash
Yonilg‘i va moylash materiallarini tejash deganda, yonilg‘i 
va moylash materiallaridan oqilona foydalanish, ularning 
sifatini saqlash, isrof bo‘lishini va sarfini kamaytirish bo‘yicha 
qo‘llani ladigan chora-tadbirlar tushuniladi. 
Yonilg‘i va moylash materiallari uchun xarajatlarning 
umumiy xarajatlardagi ulushi 40–45 foizni tashkil etadi. 
Shuning uchun yonilg‘i va moylash materiallari sarfini 
kamaytirish tashish tannarxini pasaytirish, shuningdek, 
energetika va mehnat resurslaridan tejab-tergab foydalanishda 
muhim ahamiyatga ega. Neft mahsulotlarining miqdor va 
sifat yo‘qotishlarining oldini olish avtomobil transportining 
texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ularning 
uzoq muddat ishonchli ishlashiga, shuningdek, atrof muhit 
ifloslanishining oldini olishga imkon beradi. Shuning bilan 


246
247
birga, neft mahsulotlarining isrof bo‘lishiga qarshi kurashish 
muhim iqtisodiy, texnik, ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega. 
ATKlarda neft mahsulotlari isrof bo‘lishining oldini 
olishga bir qator tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga 
oshirish natijasida erishiladi. Bu tadbirlarning eng samaralilari 
quyidagilardir: yuk va yo‘lovchi tashish, shuningdek, yonilg‘i va 
moylash materiallaridan oqilona foydalanish; avtomobillarning 
texnik sozligini ta’minlash; neft mahsulotlari sarfini hisobga 
olish; haydovchilar va ta’mirlovchilar malakasini oshirish; 
nazorat xizrnatini tashkil etish, yonilg‘i moylash materiallari 
sarfini kamaytirishda faol ishtirok etgan haydovchilar va ishchi-
xodimlarni rag‘batlantirish. 
ATKlarda yonilg‘i va moylash materiallarini tejash bo‘yicha 
tashkiliy-texnik tadbirlarning istiqboldagi va yillik rejalari 
tuziladi. Reja tuzishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 
bo‘yicha yillik va istiqboldagi rejalar, yonilg‘i va moylash 
materiallarining solishtirma me’yorlarini kamaytirish bo‘yicha 
tadbirlar dastlabki ma’lumotlar sifatida qabul qilinadi. Reja 
tuzishga ATKning rahbar va muhandis-texnik xodimlari, ilg‘or 
haydovchilar, ishchi va xizmatchilar jalb etiladi. 
Tadbirlar rejasi, odatda, jadval ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. 
Rejada tadbir nomi, amalga oshirilish muddati, bajarishga mas’ul 
shaxs, samaradorlik, rejadagi xarajatlar va moliyalashtirish 
manbalari, zarur materiallar, jihozlar va boshqalar keltiriladi. 
Reja ATK rahbari tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng amalga 
kiritiladi. Rejaning bajarilishini nazorat qilish va umumiy 
rahbarlik ATKning bosh muhandisi zimmasiga yuklatiladi. 
Neft mahsulotlaridan oqilona foydalanish va ularni tejash 
maqsadida ATKda quyidagi nazoratlarni amalga oshirish lozim:
– yonilg‘i-moylash materiallarining solishtirma sarfi 
me’yorla rini pasaytirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
– yonilg‘i va moylash materiallarini tejash;
– neft mahsulotlaridan samarali foydalanishni doimiy tahlil 
qilib borish,
– ularni ro‘yxatdan chiqarishni yonilg‘i quyish qayd-
nomalarida emas, balki haqiqiy sarf asosida amalga oshirish;
– yilning sovuq mavsumlarida dvigatel va agregatlarni qizdi-
rishda yonilg‘i va moylarining ortiqcha sarflanishiga barham 
be rish, doimiy marshrutlarda ishlaydigan avtomobillar uchun 
yonil g‘i sarfming diferensial me’yorlarini qo‘llash;
– avtomobillarning to‘la texnik soz holda ishga chiqarilishini 
ta’minlash;
– neft mahsulotlaning invertarizatsiya qilish, neft 
mahsulotla rining ifloslanishi, isrof bo‘lishi, o‘g‘irlanishi va 
ortiqcha sarflanishi bo‘yicha taftish o‘tkazish. 
Yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etish yonilg‘i va moylash 
materiallaridan samarali foydalanish va ularni tejashga sezilarli 
ta’sir ko‘rsatadi. Tashishni oqilona tashkil etishda asosiy 
vazifani ATKning ishchilari bajaradi. Bu ishchilarga quyidagi 
majburiyatlar yuklanadi:
– tashishni tashkil etishni takomillashtirish, yuqori samara 
beruvchi marshrutlarni ishlab chiqish, kunlik ish grafiklarini 
shlab chiqish;
– avtomobillarning yuksiz yurishiga barham berish yoki 
yuksiz yurish masofalarini imkon qadar qisqartirish;
– samarasiz tashishlarni kamaytirish;
– yuk tashishda avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligini 
qat’iy e’tiborga olish;
– tirkamalardan oqilona foydalanish;
– ortish, tushirish ishlarini yuqori darajada mexanizasiyalash-
tirishni ta’minlash va yuk tashishda konteynerlardan 
foydalanish; 
– avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligidan mumkin qadar 
yaxshiroq foydalanish;
– transport vositalarining marshrutlardagi ishini nazorat 
qilishni kuchaytirish;
– bajarilgan transport ishi miqdoriga qo‘shib yozishga 
barham berish choralarini qo‘llash yo‘li bilan yonilg‘i va 
moylash materiallarining boshqa maqsadlarda ishlatilishiga 
yo‘l qo‘ymaslik;
– haydovchilar bilan birgalikda nisbatan iqtisodiy samarali 
harakat marshrutlari va tezliklarini ishlab chiqish;


248
249
– yo‘lovchi tashishning takomillashgan usullarini keng 
qo‘llash. 
Avtomobil va dvigatellarning texnik holati yonilg‘i va 
moylash materiallari sarfiga ta’sir ko‘rsatadi. Avtomobil 
transportida yonilg‘i va moylash materiallarini tejash bo‘yicha 
tavsiyalarda quyidagilar qayd etilgan:
– tormoz va g‘ildirak gupchaklarining noto‘g‘ri sozlanishi 
yo nilg‘i sarfining 10–20 foizga, moy va surkov moylari sarfining 
30–50 foizga ortib ketishiga olib keladi;
– g‘ildiraklarni yaqinlashtirishning me’yordan ortib ketishi 
natijasida yonilg‘i va moylash materiallarining sarfi 10–15 
foizga ortadi;
– shinalardagi havo bosimini me’yordan 0,05 MPa ga kam 
bo‘lishi yonilg‘i va moylash materiallari sarfini 4–5 foizga, 
havo bosimining 0,1 MPa ga kamayishi esa 10 foizga ortishiga 
olib keladi;
– klapanlarning noto‘g‘ri sozlanishi natijasida yonilg‘i sarfi 
5–8 foizga, moy sarfi esa 15–20 foizga ortadi. 
Yonilg‘i va moylash materiallari sarfining ortishiga ta’-
minlash tizimi, yondirish va moylash tizimlaridagi no-
sozliklar sezilarli ta’sir etadi. Avtomobillarda uchraydigan 
no sozliklarning 10 foizdan ortig‘i ta’minlash tizimidagi no-
sozliklarga to‘g‘ri keladi, buning natijasida yonilg‘i sarfi 20–
40 foizgacha ortadi. Sakkiz silindrli dvigatelning bitta yondirish 
shami ishlamaganida yonilg‘i sarfi 15–18 foizga, ikkita shami 
ishlamaganida esa, 40 foizgacha ortadi. Dizel dvigatelining 
bitta forsunkasi nosoz bo‘lganida, yonilg‘i sarfi 20–30 foizga 
ortadi. Uzgich-taqsimlagich kontaktlari orasidagi tirqishning 
me’yordan 0,2 mm ortiq qilib sozlanishi natijasida yonilg‘i 
sarfi 7–10 foizga ortadi. Shuningdek, o‘t oldirishni ilga rilatish 
burchagining tirsakli valning burilish burchagiga nisbatan 5° ga 
kechikishi natijasida yonilg‘i sarfi 6–8 foizga ortadi. 
Shunday qilib, avtomobillarni tejamli ishlatishga qaratilgan 
tadbirlar ichida transport vositalarining texnik soz holda 
bo‘lishini ta’minlovchi tadbirlar muhim ahamiyatga ega. 
Avtomobillarni haydash saviyasi ham, yuqorida aytib 
o‘tilganidek, yonilg‘i va moylash materiallarini tejashga katta 
ta’sir ko‘r satadi. Tajribalar ko‘rsatishicha, bitta avtomobil aynan 
bir marsh rut bo‘yicha turli malakaga ega bo‘lgan haydovchilar 
tomonidan boshqarilganida, yonilg‘i va moylash materiallari 
sarfidagi farq 20–40 foizni tashkil etadi. 
Bundan yonilg‘i va moylash materiallarini ishlatishning 
oqilona tashkil etilishi ko‘p jihatdan haydovchiga bog‘liqligi 
kelib chiqadi. Yonilg‘i va moylash materiallaridan imkoniyat 
qadar samarali foydalanishni ta’minlash uchun haydovchilar o‘z 
malakalarini doimo oshirib borishlari, avtomobil haydashning 
ilg‘or usullari va uslublarini o‘rganishlari va amalda qo‘llashlari 
lozim. Avtomobil transportida neft mahsulotlarini tejash 
samaradorligini oshirish yo‘na lishlaridan biri haydovchilarni 
o‘qitishda elektrik sxemali turli xil trenajorlar, shuningdek, 
avtomobillarni ma’lum ish sharoitlarida boshqarishdan 
foydalanish lozim. 
Yonilg‘i-moy tarqatish va moylash ishlarini hamda moy 
xo‘jali gini tashkil etish ham ATKda neft mahsulotlarining tejamli 
ishla tilishiga sezilarli darajada ta’sir etadi. Avtomobillarga 
yonilg‘i qu yish, odatda, avtomobillarga yonilg‘i quyish 
shoxobchalarida talon asosida amalga oshiriladi. Moylarni 
almashtirish, avtomobilning uzel va agregatlariga moy quyish 
va to‘ldirish ishlarini tashkil etish uchun har bir ATKda 
zamonaviy talablarga javob beruvchi moy xo‘jaligi bo‘lishi 
lozim. 
Neft mahsulotlarini tashish, qabul qilish, saqlash va 
tarqatishda, odatda, ularning isrof bo‘lishi kuzatiladi. Neft 
mahsulotlarining isrof bo‘lishi tabiiy (bug‘lanish), ekspluatatsion 
(ifloslanish, suv aralashishi, turli marka va navlarning aralashib 
ketishi, to‘kilishi, oqishi, to‘la quyib olmaslik) va avariya 
(to‘kilib ketish, yong‘in, portlash) turlariga bo‘linadi. 
Odatda, yonilg‘i omborlarida yonilg‘ini bug‘lanishidan isrof 
bo‘lishi umumiy isroflarning 75 foizini tashkil etadi, qolgan 
25 foizi esa to‘kilish, aralashish, sizish va boshqalar hisobiga 
amalga oshadi. 


250
251
Yonilg‘ining ishlab chiqarilishidan uni avtomobillar yonilg‘i 
baklariga quyishgacha bo‘lgan davr mobaynida benzinning 
bug‘lanishi hisobiga isrof bo‘lishi 1,5–2 foizga yetadi. Shuning 
uchun yonilg‘ining bug‘lanishi hisobiga kamayishining oldini 
olish uchun quyidagi zarur chora-tadbirlarni qo‘llash lozim: 
ularni yer ostiga joylashtirilgan sig‘imlarda saqlash, yer ustiga 
joylashtirilgan sig‘im va taralarni oqish rangga bo‘yash, sig‘im 
va taralarning zichligini ta’minlash, gaz bug‘i hosil bo‘ladigan 
muhit hajmini kamaytirish va boshqalar. 
Sig‘imlarning qanday rangga bo‘yalishi yonilg‘ining yil davo-
mida bug‘lanishdan isrof bo‘lishiga quyidagicha ta’sir etadi. 
Absolut Nisbiy
foizlarda foizlarda
Qora ................................................................. 1,24 100
Qizil, zangori .................................................. 1,14 92
Kulrang ........................................................... 0,99 78
Aluminrang .......................................................0,83 67
Avtomobil benzinlarini yil davomida turli xil sharoitlarda 
saqlashda yonilg‘ining nisbiy isrof bo‘lishi (foiz hisobida) 
quyida keltirilgan:
Yer ostiga joylashtirilgan ..........................................................0,18
Yarim yer ostiga joylashtirilgan ................................................0,50
Yer ustiga joylashtirilib, ustiga brezent yopilgan .......................0,63
Yer ustiga ochiq holda joylashtirilgan .......................................1,03
Yer ustiga joylashtirilgan yog‘och tiqinli ...................................1,75
Ishlatilgan neft mahsulotlarini yig‘ish va ulardan oqilona 
foydalanish energetika va mehnat resurslarini tejashning 
muhim omillaridir. 
Neft mahsulotlaridan oqilona foydalanishni ta’minlashda 
mehnat jamoalari va alohida ishchilarni taqdirlash muhim 
ahamiyatga ega. Taqdirlash uchun tejalgan ikkilamchi 
yonilg‘i energetika resurslari tannarxining 50 foizigacha 
mablag‘ ajratishga ruxsat etiladi. Bu mablag‘lar korxonaning 
rag‘batlantirish jamg‘armasiga kiritiladi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish