Avtomobil indd



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

maxsus rezinalar
deb ataladi. 
Tabiiy kauchukdan olinadigan texnik rezinalarning 
cho‘zilishga mustahkamligi va elastikligi yuqoridir. Tabiiy 
kauchukdan olinadigan xom rezina yelim yordamida yaxshi 
yopishadi. Ular 60°C dan 100°C gacha haroratda ishlay 
oladi. Bundan ortiq qizdirilganida kauchuk yumshaydi va 
ekspluatatsion xossalarini yo‘qotadi, past haroratda esa mo‘rt 
bo‘lib qoladi. 
Umumiy ishlarga mo‘ljallangan rezinaning asosiy qismi 
traktor va avtomobil shinalarini tayyorlashga sarflanadi. 
Butadiyenstirol (CKC, CKMC) va izopren kauchuklar 
(ÑÊÈ) asosida olingan rezinalar yaxshi xossalarga ega. Ular 
cho‘zilishga mustahkamligi, yemirilishga chidamliligi bilan farq 
qiladi. 80–100°C haroratda ishlay oladi, sovuqqa chidamliligi 
yuqori (minus 75°C gacha). Kauchuklarning mexanik xossalari 
(ayniqsa, elastikligi) tabiiy kauchuklarnikiga yaqin bo‘lgani 
uchun kordga mustahkam birikadi. Mexanik mustahkamligi, 
yeyilishga va sovuqqa chidamliligiga qo‘yiladigan talablarga 
javob beradigan maxsus shinalar divenil kauchuklar (ÑÊÄ) 
asosida olinadigan rezinalardan tayyorlanadi. Bu kauchuklar 
yuqorida aytilgan xossalari bo‘yicha tabiiy kauchuklardan 
ancha ustun turadi. 


276
277
Kameralar, shuningdek, kamerasiz shinalarning jipslovchi 
qatla mini tayyorlash uchun gaz o‘tkazmaydigan va kislorod 
ta’siriga chidamli rezinalar kerak bo‘ladi. Butilkauchuklar 
(ÑÊÁ) bu talabga javob beradi. Ularning mexanik mustahkamligi 
yaxshi bo‘lishi bilan birga issiqqa chidamliligi yuqori (120°C 
gacha). Poliuretan kauchuklar ham yuqorida keltirilgan 
xossalarga ega, bundan tashqari, azon va neft mahsulotlariga 
chidamlidir. Ulardan almashtiri ladigan protektorli shinalar 
tayyorlanadi. 
Moy, benzin ta’siriga chidamli rezinalar ham maxsus 
rezinalar guruhiga kiradi. Ulardan neft mahsulotlari va 
erituvchilarga tegib ishlaydigan tasmalar, shlanglar, zichlash 
qistirmalari, manjetlar va boshqa detallar tayyorlanadi. Ular 
yonilg‘i va moyda ko‘pi bilan 1–3 foiz shishadi. Nairitdan 
olingan moy, benzinga chidamli rezi nalar (xloropren kauchuk) 
keng tarqalgan. Bu rezina oltingugurtsiz harorat ta’sirida 
vulkanizatsiyalanadi. Nairit asosida olingan rezinalar neft 
mahsulotlari muhitida 120–130°C gacha haroratda ishlay 
oladi. Ular elastik, tezda eskirmaydi. Butadiyennitril kauchuk 
(CKH)dan tayyorlangan rezinaning ekspluatatsion xossalari 
yana-da yaxshiroq. Bundan tashqari, ular suyultirilgan kislota 
va ishqorlar ta’siriga chidamli hamdir. 
Ko‘pgina hollarda yuqori harorat ta’siriga yaxshi chidash 
beradigan rezinalar kerak bo‘ladi. Ular, asosan, minus 60°C 
dan +300°C gacha harorat doirasida uzoq muddat ishlay 
oladigan kremniyorganik kauchuklardan (CKT) olinadi. Yuqori 
dielektrik xossalarga ega. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari 
shundan iboratki, sernam sharoitda ham ekspluatatsion 
xossalari o‘zgarmaydi. Shuning uchun ulardan tropik 
iqlimda ishlatiladigan buyumlar tayyorlanadi. Ularning neft 
mahsulotlarida tez erishi katta kamchiligidir. Bu kamchilikni 
kauchuk molekulasiga ftor atomini qo‘shib yo‘qotish mumkin. 
Bunda ÑÊÔ kauchuk olinadi. Bu kauchuk yonmaydi, issiqqa 
chidamli (300°C gacha), gidrotizim shlanglar birikmalarini 
ishonchli, samarali zichlash uchun ishlatiladi. Pnevmatik 
shlang larni ta’mirlashda vulkanizatsiyalanmagan materiallar 
chiqariladi. Ularga protektorli profillangan rezinalar kiradi. 
Ular yurish yo‘li yoki to‘la profilli protektor hosil qilish uchun 
mo‘ljallangan. Bu materiallarga qatlamli jipslovchi kamerabop 
rezina listlar ham kiradi. Ular kamerasiz shinalar va kameralarni 
ta’mirlashda ishlatiladi. Xom rezinadan elastik rezina olish 
uchun uni 140–150°C haroratgacha qizdirish (yaxshisi, bosim 
ostida) kifoya. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish