367
hordiq chiqarishini jonlantirishdir. Bu hodisa turizmda interer hashamatliligi
va servisi bo‘yicha teng bo‘lgan kurortlar raqobati natijasida yuzaga kelgan.
«Xizmat ko‘rsatishni animatsiyalashtirish» formulasi topilgan.
Animatsiya - bu bo‘sh vaqtni o‘tkazishning maxsus dasturlarini ishlab
chiqish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatdir.
Bunga turistlar va ekskursantlarni «tirilgan» tarixiy personajlar kutib
oladigan animatsion shou-muzeylar yoki kechasi mehmonxonada turistlar
ishtirokida shoular tashkil qilishlar kiradi.
Animatsion dasturlar sport o‘yinlari va musobaqalarini, raqs
kechalarini, karnaval, uyin, ma’naviy qiziqishlar sohasiga kiruvchi
mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.
Turli xil liboslarga asoslangan turistik mahsulotlar - bu animatsion
turizmning avangard yo‘nalishlaridan yana bittasidir. Bunga misol -
turistlarning Amerika ranchosida dam olishi bilan birga tashkil etilgan tur
bo‘lib,
unda turistlarga kiyim, kovboy narsalari beriladi, otda yurish va
kovboylik mahoratlari o‘rgatiladi.
Venada turistlar borishi mumkin bo‘lgan an’anaviy professional ballar:
Avstriya qurolli kuchlari ofitserlari bali, farmatsevtlar,
ovchilar,
qandolatchilar, kir yuvuvchilar ballari o‘tkaziladi. Bu ballarga boruvchilar
XIX asrga moslab tikilgan kiyimlarni ijaraga olishlari mumkin. Bunday turlar
turistlarda katta qiziqish uyg‘otadi. Ballar istalgan saroy yoki qal’alarda
tashkil etilishi mumkin.
Sport yoki etnofolklor, sarguzasht yoki xobbi turlar animatsiyasi
ssenariysi va harakteriga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Biroq bu yerda
bevosita turistlarni qatnashtirish asosida dasturni jonlantirish umumiydir.
Boshqa yo‘nalish - bu mehmonxona va dam olish markazlarida turistlar
dam olishini bevosita animatsiyalashtirish.
Animatorlar (ko‘p hollarda yoshlar) turistlar bilan doimiy ravishda
ishlashadi. Ularnig asosiy vazifasi - mijozlarni zeriktirib qo‘ymaslikdir.
Ko‘pincha, bunday ishchilar all-inklusive tipidagi klublarda uchraydilar.
Turistlar kunduzi ularni butik rastasida yoki kortda, sport musobaqalari yoki
baliq ovida ko‘rishlari mumkin, kechasi esa aynan
shu xodimlar turistlar
qatnashishi ko‘zda tutilgan qiziqarli shou tashkil qiladilar. Animatorlar,
odatda, forma sifatida turistlar uzoqdan ko‘rishlari va tanib olishlari uchun
ochiq rangli fotbolkalarni tanlashadi. Futbolkada uning ismi va u biladigan
tillar davlatlari bayroqlari bor kartochka bo‘ladi. Ular xushmuomala
bo‘lishadi va turistlar bilan eski tanishlardek ko‘rishadilar: "Qalay,
kechagi
ekskursiya yoqdimi? Keling, biz bilan voleybol o‘ynaysiz". Mijozlar yuzini
eslab qolish - ularning professional majburiyatidir.
Animatorlar ishi qiziq va quvnoq bo‘lishi bilan birga og‘ir hamdir.
Ertalab ular aerobik mashg‘ulotlarini o‘tkazadilar, plajda turistlarni ko‘ngil
ochishlarini tashkil qiladilar. Kunduzi turistlar bilan ekskursiyaga va
do‘konlarga boradilar. Kechqurun shou va bardagilar zerikib qolmasligini
ham ta’minlashlari kerak. Kimnidir raqsga taklif qilish,
kim bilandir
shunchaki suhbatlashish lozim. Shuning uchun ham, odatda, yoshlar animator
368
bo‘lib ishga kiradilar.
Til to‘sig‘i mavjudligi bemalol suhbatlashishga yordam bermaydi va
animatorlarga qo‘yiladigan birinchi talablardan biri kamida ikki xorijiy tilni
bilishdir. Agar undan ko‘p bo‘lsa yanayam yaxshi. Shunda animator turli
davlatlardan kelgan turistlar bilan ishlay oladi va juda kerakli mutaxassisga
aylanadi.
Animatorlar ishining yaxshi misoli sifatida "Klub Med"
kurortlari
tizimi klublarini keltirsa bo‘ladi. "Klub Med"ga animator bo‘lib ishga kirgan
odamlar haqiqatda ham bilimi va universalligi bilan ajralib turadi. Ular
nafaqat yosh, chaqqon bo‘lishi, balki kamida ikkita tilni bilishi, hamma bilan
til topishib keta olishi lozim. Bu yerda alohida lavozim - GO -. fransuz tilidan
olingan Gentils Organisateurs so‘zining qisqartmasi - "yoqimli
tashkilotchilar" bo‘lishi mumkin. GOning asosiy vazifasi - "Klub Med"ning
barcha shaharchalari ajralib turadigan erkinlik va tabiiylik muhitini
yaratishdan iborat. Agar barda biror kishi zerikayotgan bo‘lsa, albatta,
GOning yoniga o‘tkazishadi va suhbatga tortishadi. Ular doimo biror hazil
yoki qiziqarii narsani bilishlari mumkin. Mijozlarni ham bu yerda hurmat
bilan - GM - Gentils Members so‘zining qisqartmasi - "klubning yoqimli
a’zolari" deb atashadi. Animatorlar sababli "Klub Med"ning
istalgan
shaharchasida dam olish haqiqiy bayramga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: