363
xizmatlar bozorini tadqiq qilish natijasida olingan va xizmatlar ijrochisining
imkoniyatlarini inobatga olgan holda buyurtmachi bilan kelishilgan talablar
to‘plami hisoblanadi. Xizmatlar tavsifi tegishli xizmat turiga bo‘lgan davlat
standarti talablaridan past bo‘lmasligi lozim.
Loyihaga xizmatlar
iste’molchilari va ularning mulklariga bo‘lgan xavf xatarni kamaytirish,
ularning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha konkret talablarni kiritish lozim.
Har qanday xizmatlarga bo‘lgan turistlar talabining ifodalovchi
hujjatlar o‘zida qo‘yidagilarni saqlashi lozim:
•
turistlarga xizmat ko‘rsatish usullari, shakllari
va jarayonlarining
bayoni;
•
turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarining tavsifi;
•
zarur xodimlar soni va ularning kasbiy tayyorgarligi;
•
xizmat ko‘rsatishni ta’minlashning kafolati;
•
rekreatsion resurslar mulkdorlari, sanitar-epidemiologik nazorat
organlari, yong‘in nazorati va h.k. lar bilan kelishuv.
Xizmat ko‘rsatish jarayonini loyihalash xizmatlarni
taqdim etishning
alohida bosqichlari va ularning har biri uchun alohida texnologik haritalarni
tuzish bo‘yicha amalga oshiriladi.
Turni loyihalashning natijasi bo‘lib, texnologik hujjatlashtirish
hisoblanadi. (texnologik haritalar, yo‘riqnomalar, qoidalar,
reglamentlar va
h.k.)
“Turistik sayohat” xizmatini loyihalash 2 bosqichni ko‘zda to‘tadi.
1) Turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturiga muvofiq “turistik sayohat”
xizmatiga kiruvchi har bir turni loyihalash.
2) “Turistik sayohat” xizmatini umumiy ravishda loyihalash.
Turist talablariga binoan xizmatlarni loyihalashda xizmatni ijro etuvchi
tashkilotlarning imkoniyatlari inobatga olinishi lozim. “Turistik sayohat”
xizmatining qisqacha tavsifi ma’lum hududdagi rekreatsion resurslar
imkoniyatlarini o‘rganish, aholi ehtiyojlari va to‘lov qobiliyatini, hamda
turistik sayohatlar turiga bo‘lgan talabni o‘rganish asosida tuziladi.
Tavsif
turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturi loyihasida aniqlashtiriladi. Xizmat
ko‘rsatish dasturini ishlab chiqishda qo‘yidagilar aniqlab olinadi:
•
sayohat marshruti;
•
xizmatlar ijrochilari-turistik tashkilotlar ruyxati;
•
har bir xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning xizmatlarni taqdim etish
davri;
•
ekskursiyalar va diqqatga sazovar ob’ektlar tarkibi;
•
bo‘sh vaqt tadbirlari kompleksi;
•
marshrut har bir punktiga tashrifning davomiyligi;
•
sayohatda ishtirok etuvchi turistlar soni;
•
ichki tashuvlarga mo‘ljallangan transport turlari;
•
gidlar, ekskursiyachilar, chet ellik vakillar yo‘riqchilar,
tarjimonlar
shuningdek ularning tayyorgarligiga bo‘lgan talab;
•
transport vositalarining zaruriy miqdori;
364
•
reklama axborot vositalarini tayyorlash tartibi.
Turni loyihalashning natijalari bo‘lib:
•
turistik sayohatning texnologik haritasi;
•
tashkilotning yuklanish grafigi;
•
turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturi.
Turistik xizmatlarga bo‘lgan talablar:
Majburiy xayot va sog‘liq, mol-mulk xavfsizligi, atrof-muhit
muhofazasi;
Tavsiya etiladigan vazifaga muvofiqlik, bajarishda tezkorlik va aniqlik,
komplekslik xizmat ko‘rsatuvchi persanalning aholi qo‘laylik erganomlik,
estetiklik.
Vazifaga
muvofiqlik.
Turistik
xizmatlar
ular
yo‘naltirilgan
iste’molchilarning jismoniy imkoniyatlari va
umidlariga muvofiq kelishi
lozim.
Komplekslik.
Xizmatlarni taqdim etish turistlarning normal xayot
kechirish uchun qo‘shimcha xizmatlar (maishiy, aloqa, savdo va h.k.) olish
imkonini ta’minlash lozim.
Qulaylik.
Turistik xizmatlar iste’molchilar uchun yaratilgan qo‘lay
sharoitlarda taqdim etilishi lozim.
Estetiklik turistik tashkilotlar xududi,
turistik maqsadlarda
foydalaniladigan
ob’ektlar,
binolarning
ko‘rkamligi
dizaynining
mukammalligi. Xizmat ko‘rsatuvchi binolar intererining ko‘rkamligi, hamda
xizmat ko‘rsatuvchi xodimning tashqi ko‘rinishi va muomala madaniyati
estetik talablarga javob berish lozim.
Sifat nazoratini loyihalash o‘z ichiga
:
•
xizmatlar tavsifining xatolarini tuzatish usullarini aniqlash,
•
nazorat qilinayotgan tavsiflarni baholash usullarini aniqlash,
•
nazorat usullari: vizual (marshrutlar va ob’ektlarni ko‘zdan kechirish);
analitik (hujjatlar tahlili); ijtimoiy (turistlar so‘rovi) va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: