370
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
5.
Turoperatorlik faoliyatida xizmat ko‘rsatish menejmenti nimaga
yo‘naltirilgan?
6.
Xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlikning
uch asosiy komponentini
ayting.
7.
Xizmat ko‘rsatish strategiyasi deganda nimani tushunasiz?
8.
Turizm animatsiyasi nima degani?
9.
Turizmdagi animatsion yo‘nalishlarning qaysilari sizga tanish?
10.
Animatsion dasturlarning o‘zi, boshqa ob’ektlarsiz, turistlarni jalb qila
oladimi?
11.
Turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini
boshqarish deganda nimani
tushunasiz?
12.
Mahsulot va xizmatlar sifati deganda nimani tushunasiz?
13.
Turistik xizmat ko‘rsatish sifati tushunchasini aniqlang.
14.
Turoperator ishi sifati ko‘rsatkichlari nimalardan iborat?
VI.Mavzu.Turizmda
joylashtirish va ovqatlantirish
xizmatlari
Reja:
6.1. Turistlarni joylashtirish vositalari.
6.2. Mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari.
6.3. Turizmda ovqatlantirishni tashkil etish.
6.1.Turistlarni joylashtirish vositalari.
Jahon amaliyotida "turistlarni joylashtirish vositalari"ning
umumiy
qabul qilingan ta’rifi mavjud emas, biroq BTT ekspertlari «doimiy (yoki
ba’zan) turistlarni tunab qolishlari uchun joy beradigan istalgan ob’ekt»larni
shundaylar deb hisoblasa bo‘lishini ta’kidlaydi.
Shuningdek, joylashtirish vositalari ikki asosiy guruhga bo‘linadi:
- kollektiv (KJV);
- individual (IJV).
BTT
ekspertlari fikricha, turistlarni kollektiv joylashtirish vositalari
«sayo
Turistlarni joylashtirish vositalari xalqaro tavsiyalarga asoslanib to‘rtta
guruhga ajratiladi:
I.Mehmonxonalar va analogik korxonalar:
371
- mehmonxonalar;
- pansionatlar;
- plyaj mehmonxonalari;
- nomerlari bor klublar;
- mehmonlar uchun uylar;
- boshqalar.
II. Tijorat va ijtimoiy joylashtirish vositalari:
- turistik bazalar;
- arzon (budjetli) mehmonxonalar;
- turistik kempinglar;
- turistik qishloq (uylar guruhi);
- bungalo;
- ijtimoiy turizm korxonalari;
- boshqa joylashtirish vositalari.
III. Maxsuslashtirilgan joylashtirish vositalari:
- davolash mehmonxonalari;
- mehnat va dam olish lagerlari;
- joylashtirishning transport vositalari;
- mehmonxona;
- boshpana, chaylalar;
- alpmehmonxona.
IV. Xususiy joylashtirish vositalari:
- xususiy uylar (mehmonxona);
- xususiy agentlardan ijaraga olingan joy;
- aholi orasidagi qarindoshlarnikiga joylashtirish;
- boshqalar.
Keltirilgan uslubiy joylashtirish vositalari
klassifikatsiyasi BTT
tomonidan tavsiya etilgan. Turistik mehmonxona - bu mehmonxonalarning
alohida turi bo‘lib, turistlarga sayohat bilan bog‘liq xizmatlarni taklif etadi.
Tabiiyki, turist oddiy mehmonxonadan foydalansa bo‘ladi,
ammo unda
turistik mehmonxonalardagi kabi sharoitlar bo‘lmaydi.
Barcha turistik mehmonxonalarda to‘rtta asosiy xizmatlar guruhi
mavjud:
1. Joylashtirish;
2. Ovqatlantirish;
3. Hordiq chiqarish;
4. Maishiy xizmat ko‘rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: