O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j. Kulmuxamedov, Sh. Erbekov, K. Ibragimov, S. Raximberdiyev, D. Musayev



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/50
Sana20.07.2022
Hajmi5,44 Mb.
#825360
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
Bog'liq
04.Avtomobillar tuzilishi yurish qismlariga texnik xizmat korsatish va tamirlash

uch sektor -
ikki kichik va 
bir katta sektordan iborat. Sektorlarning qurilmalariga mexanik 
ishlov berilgan, bu esa qurilmani qimmatlashtiradi. To‘g‘inda 
gupchakka o‘tqazish uchun mo‘ljallangan 18° va 75° burchakli 
ikki konussimon sirt qilingan. To‘g‘in sektorlarining tutashuv 
joylari gupchak kegaylariga joylashtiriladi. Agar to‘g‘in gup- 
chakka 18° li konus sirt bilan o‘tqazilsa, shina bortini 70° li ko-
nus sirtga taqalguncha suriladi, shunda bortlar tarang turadi, ular 
ning radial va o‘q yo‘nalishidagi tepishi minimal bo‘ladi. 
 
2.25-rasm. Bosimi rostlab turiladigan 
shinalar uchun g‘ildirak. 
Havo bosimi rostlab turiladigan shinalar
 
uchun to‘g‘ini qismlarga ajratiladigan va tirak 
halqali diskli g‘ildiraklar qo‘llaniladi (2.25-
rasm). Tirak halqa shinabortini to‘g‘in hoshiya-
siga qisadi. Katta o‘lchamli shinalar uchun 
disksiz g‘ildiraklar qo‘llaniladi. 
G‘ildirakni yengillashtirish va inersiya momentini kamay-
tirish uchun avtomobilda yengil qotishmalar yoki plastmassadan 
qilingan g‘ildirakdan foydalanish ma’qul bo‘lardi. Biroq, alumin 
qimmatligi va undan g‘ildirak yasashning murakkabligi tufayli, 
ular hozircha keng qo‘llanilmayapti. Plastmassalar ham shunday. 
Bundan tashqari, ularda mahkamlash teshiklarini mustahkam-
lashga doir qiyinchiliklar mavjud. 
G‘ildiraklarni mahkamlash elementlarining tuzilishi quyida- 
gilarni ta’minlashi lozim: 

g‘ildiraklarni aniq markazlashni; 

g‘ildiraklarni o‘rnatish va yechib olish ishonchli hamda od-
diy bo‘lishini; 


49 

boltlarni qotirishning barqarorligini

mahkamlash holatini nazorat qilishning imkoni borligini. 
Diskli g‘ldiraklar gupchak flanetsiga gaykali boltlar yoki 
flanetsga presslangan shpilkalar bilan mahkamlanadi. 
2.26-rasm. Yengil avtomobil
g‘ildiragining mahkamlanishi:
1-gupchak;
2-gayka;
3-g‘ildirak diski;
4-tormoz barabani; 
5-bolt. 
G‘ildiraklar quyidagicha markazlab mahkamlanadi: 

mahkamlash teshiklarining sferik yoki konussimon faskalari 
bo‘yicha; 

diskning markaziy teshigi bo‘yicha; 

diskdagi mahkamlash teshiklarining silindrik sirti bo‘yicha. 
Yengil avtomobillarning g‘ildiraklarini mahkamlashda disk-
ning shtamplab chiqarilgan chiqiqlari (2.26-rasm) boltni qoti-
rishda hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarni elastik deformatsiyalaydi 
va qotirishning barqarorligini ta’minlaydi. 
Qo‘shaloq g‘ildiraklarni qo‘yish zarurati yuk avtomobilin-
ing g‘ildiraklarini mahkamlashni qiyinlashtiradi (2.27-rasm, 
b
)
.
Yuk avtomobilini mahkamlash standarti bo‘yicha ichki va tashqi 
disklarni alohida-alohida mahkamlash kerak. Ichki disk tashqi 
rezbali qalpoq gaykalar bilan markazlanadi va mahkamlanadi, 
tashqi disk esa o‘sha qalpoq gaykalarga buraladigan gaykalar bi-
lan mahkamlanadi. 


50 
2.27-rasm. Yuk avtomobillari diskli g‘ildiragining mahkamlanishi: 
a-yakka; b-qo‘shaloq; 1-shpilka; 2-gupchak; 3-disk; 4-tashqi diskni 
mahkamlash gaykasi; 5-DNN turidagi gayka; 6-valsovkalangan 
shaybali gayka; 7-tormoz barabanini mahkamlash gaykasi;
8-tormoz barabani; 9-ichki diskni mahkamlash gaykasi. 
Bunday biriktirishning ba’zi kamchiliklari bor. Bu kamchi-
liklardan ba’zilarini bartaraf qilish uchun qalpoq gaykaning 
tashqi rezbasiga grafitli moy surkash tavsiya qilinadi. Chap 
g‘ildirak o‘z-o‘zidan teskariga buralib bo‘shashmasligi uchun 
chapaqay rezbali gaykalar buraladi. 
Yuk avtomobillarining yakka g‘ildiraklari quyidagi uch usul-
da mahkamlanadi: 

diskni sferik faskali gaykalar bilan qattiqlab; 

diskni gupchakdagi gaykalar bilan qattiqlab; 

diskni markaziy teshik bo‘yicha markazlab, chiqiqli shay-
balari bor gaykalar bilan qattiqlab. 
Muvozanatlash deb, g‘ildirakning nomuvozanat holatini (dis-
balansini) bartaraf qilishga aytiladi. Muvozanatlashning quyidagi 
turlari bor: 
a
b


51 

statik muvozanatlash -
g‘ildirak o‘qi va uning bosh mar-
kaziy inersiya o‘qi parallel bo‘lganda g‘ildirak disbalansining 
bosh vektori kichraytiriladi (2.28-rasm, 
a
); 

momentni muvozanatlash -
g‘ildirak o‘qi va uning bosh 
markaziy o‘qi g‘ildirakning og‘irlik markazida kesishganda 
g‘ildirak disbalansining bosh momenti kichraytiriladi (2.28-
rasm, 
b
): 

dinamik muvozanatlash -
g‘ildirak o‘qi va uning bosh mar-
kaziy inersiya o‘qi massalar markazida yoki o‘zaro ayqash kesish-
ganda g‘ildirak disbalanslari kamaytiriladi, shunda g‘ildirakning 
dinamik nomuvozanat holati to‘g‘rilanadi (2.28-rasm, 
d).
Tepish va nomuvozanat holat bir-biri bilan chambarchas 
bog‘langan va birga yuz beradi. Tepish va nomuvozanat holatlar 
natijasida: 

kuzovning titrashi kuchayadi; 

qulaylikka putur yetadi; 

shinalar, amortizatorlar, rul boshqaruvining xizmat muddati 
qisqaradi; 

yonilg‘i sarfi va avtomobilga texnik xizmat ko‘rsatish xa-
rajatlari ortadi. 
Avtomobilning yurish tezligi ortgani sari, bu salbiy hola-
tlarining ta’siri ham shuncha kuchayadi. 
Davlat standarti (masalan, TOCT 4754-80)da g‘ildiraklarni 
muvozanatlashda statik disbalansning har qaysi shina uchun joiz 
qiymatlari belgilab qo‘yiladi. 
Avtomobil shinasi (2.29-rasm) quyidagi qismlardan iborat: 

karkas; 

breker; 

protektor; 

bokovina (yon qatlam); 


52 

kamera yoki zichlovchi qatlam; 

to‘g‘in tasmasi; 

ventil va h.k. 
2.28-rasm. G‘ildiraklarda muvo-
zanatsizlik hosil bo‘lishi chizmasi; 
a-statik muvozanatlash;
b-momentni muvozanatlash;
d-dinamik muvozanatlash;
2.29-rasm. Shinaning radial qirqimi: 
1-karkas; 2-yostiq qatlam; 3-protektor;
4-yon tomon; 5-bort; 6-bort tumshug‘i; 
7-bort asosi; 8-bort tovoni; 9-bort tasmasi; 
10- bort simi; 11-o‘rov; 12-to‘ldirish chil-
viri; H-pokrishka profili balandligi; H
1
-
prof'il asosidan gorizontal o‘q chizig‘igacha 
bo‘lgan masofa; H
2
-gorizontal o‘qdan ekva-
torgacha bo‘lgan masofa; B-profil eni; B
b
-
toj; R-protektorning egrilik radiusi; D-
shinaning tashqi diametri; d-shinaning 
o‘tqazish diametri; h-protektor yoyi strelasi; 
S-bortlarning ochilish eni; a-bort eni. 
Avtomobil shinalariga quyidagi talablar qo‘yiladi: 

qayishqoqlik xossalari avtomobil ko‘rsatkichlari va hara-
kat- lanish sharoitiga mos bo‘lishi; 

to‘g‘inga kiydirilgan kamerali va kamerasiz shinalar zich 
(germetik) bo‘lishi va har doim ichki bosimi barqarorligini 
ta’minlashi; 


53 

shinalarining yo‘l qoplamasi bilan ilashishi yetarli, g‘il-
dirashga qarshiligi minimal bo‘lishi; 

shina yo‘l qoplamasi bilan o‘zaro ta’sirlashganda solishtir-
ma nagruzka (yuk) past bo‘lishini ta’minlashi; 

protektorning guli yo‘l qoplamasiga mos kelishi (2.30-rasm); 

shinalarning tepishi har qaysi tur shina uchun belgilangan 
qiymatdan oshmasligi

harakatlanish vaqtida chiqadigan ovoz (shovqin) joiz qiy-
matlarda bo‘lishi; 

shina yetarli darajada pishiq bo‘lishi (teshilish va boshqa shi-
kastlarga chidashi), protektori yeyilishga chidamli bo‘lishi va 
mo‘ljallangan muddat mobaynida xizmat qilishga chidashi kerak. 
2.30-rasm. Shi-
nalar protectorlari-
ning gullari: 
a-yaxshi yo‘llar 
uchun; b-universal;
d-yuqori o‘tuvchan; 
e-qishki;
d-konlar uchun;
g
-
assimetrik
Avtomobil shinalari quyidagicha tavsiflanadi: 
a)

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish