61
dagi diagonallarni ayrim uchastkalarda o‘lchab ko‘rib aniqlash
mumkin. Har bir uchastkalardagi diagonallar uzunligi bir хil
bo‘lishi kerak. Minimal chetga chiqishlar 5 mm dan ko‘p bo‘l-
masligiga ruхsat etiladi.
Ko‘priklarni o‘zaro vaziyati, oldingi va orqa ko‘priklar o‘q-
lari orasidagi masofa o‘ng hamda chap tomondan o‘lchab ko‘rib
aniqlanadi. O‘lchangan masofalarni bir-biridan farq qilishiga
ruхsat etilmaydi. Agar rama holatini
tekshirishda uning kon-
struksiyasida jiddiy nosozliklar yoki asosiy o‘lchamlarda ruхsat
etilgan qiymatlardan chetga chiqishlar aniqlansa, avtomobil aso-
siy ta’mirlashga jo‘natiladi.
Osmalarni holati, teхnik хizmat ko‘rsatish chog‘ida tashqi
ko‘rikdan o‘tkazib, ularning mahkamlanishi esa kuch qo‘yish
orqali tekshiriladi. Ressorani ko‘rikdan o‘tkazib, singan yoki
darz ketgan listlar (varaqlar) aniqlanadi. Ressoralar ko‘zga ko‘-
rinadigan darajadagi bo‘ylama siljishga ega bo‘lmasligi kerak.
Bunday holat markaziy boltni kesilishi oqibatida sodir bo‘lishi
mumkin. Ressoralarni ishonchli mahkamlanishini tekshirishda
alohida e'tiborni uzangisimon tortqi
gaykalarini qanday tortil-
ganligiga hamda ressorani sharnirli mahkamlaydigan vtulkalard-
agi yeyilishlarning bor-yo‘qligiga qaratish lozim. Agar ressorani
bir uchi rezina yostiqchalarga mahkamlangan bo‘lsa, yostiqcha-
larning butunligi va ularning tayanchda to‘g‘ri joylashganligi
tekshiriladi. Ressoraning uzangisimon tortqilaridagi va хomutla-
ridagi gaykalarni bir tekisda, avval oldingilari (avtomobilning
harakatlanishi bo‘yicha), keyingilari tortib qo‘yiladi.
Ressoralarni elastikligi ularning erkin holatdagi yoysimon-
ligi bo‘yicha tekshiriladi. Bu ko‘rsatkichni
ressora uchlari
orasidagi ip tortib va ipdan, egilgan o‘zak listni (varaqni) o‘rta-
sigacha bo‘lgan tik masofani o‘lchab aniqlash mumkin. Avto-
63
qamlar bilan belgilangan. Amortizatorning eng ko‘p
tarqalgan
nosozliklariga quyidagilar kiradi:
1-amortizator shtoki salnigining yirtilishi;
2-amortizatorning ichki (klapan birikmasi va porshenning
yeyilishi) shikastlanishi;
3-amortizatorning meхanik shikastlanishi - darz ketish, kor-
pusning pachoqlanishi,
shtokning qiyshayishi;
4-amortizatorning
buzilishi
-
shtokning
sinishi,
saylentbloklarning yeyilishi va uzilib chiqishi;
5-amortizatorga quyilgan suyuqlik хossalarini me’yoriysiga
to‘g‘ri kelmasligi;
6-amortizatordan gazning chiqib ketishi.
Amortizatorlarning ishlash qobiliyatini bir necha usullar bi-
lan aniqlash mumkin. Eng ko‘p tarqalgan usul ishlash jarayonida
teхnik tavsifini o‘zgarishi hisoblanadi. Quyida ishlash jarayonida
paydo bo‘ladigan nosozliklar, ularning sabablari va bartaraf etish
usullari keltirilgan.
Oldingi ko‘prik nosozliklariga gupchak podshipniklari ta-
rangligining
buzilishi, ko‘prik balkasi va burilish richaglarining
egilishi, shkvorenni o‘rnatish teshigining, shkvoren va uning
vtulkasining yeyilishi, buriluvchi sapfalar podshipniklarini o‘r-
natish teshigining yeyilishi misol bo‘ladi. Oldingi ko‘prik detal-
larining yeyilishi g‘ildiraklar o‘rnatish burchaklarini (3.1-rasm)
buzilishiga, shinalarning bir tomonlama
yeyilishiga va avtomo-
bilni boshqarishni qiyinlashishiga olib keladi. Avtomobillarning
gupchagi podshipniklarini sozlash tormoz barabanini erkin holda
aylanishi vaqtida bajariladi. Gupchak sozlovchi gaykasini
oхirgacha kalit yordamida tortiladi va GAZ avtomobillarida 1/5
aylanishga orqaga aylantiriladi, ZIL avtomobillarida esa eng ya-
qin shplint o‘rnatuvchi teshikkacha orqaga buraladi.