O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j. Kulmuxamedov, Sh. Erbekov, K. Ibragimov, S. Raximberdiyev, D. Musayev



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/50
Sana20.07.2022
Hajmi5,44 Mb.
#825360
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
04.Avtomobillar tuzilishi yurish qismlariga texnik xizmat korsatish va tamirlash

3.1. RAMA VA OSMALARGA TEХNIK ХIZMAT 
KO‘RSATISH 
Ramani ko‘rikdan o‘tkazib, uning geometrik shakli va o‘l-
chamlaridagi o‘zgarishlar, darzlar mavjudligi, lanjeronlar va 
ko‘ndalang to‘sinlarni egilganligi, ressora, ressora listlarining 
ostki shaybalarining holati va amortizatorlar kronshteynlari ra-
maga mahkamlanishi tekshiriladi. 
Ramaning geometrik shakli, rama kengligini lanjeronlarning 
tashqi tekisligi bo‘yicha oldindan va orqadan o‘lchab ko‘rib tek-
shiriladi. Rama kengligidagi farq GAZ avtomobillari uchun 4 
mm. dan ortmasligi lozim. Rama lanjeronlarini boshlang‘ich ho-
latga nisbatan surilishini, ramadagi ko‘ndalang to‘sinlar orasi-


61 
dagi diagonallarni ayrim uchastkalarda o‘lchab ko‘rib aniqlash 
mumkin. Har bir uchastkalardagi diagonallar uzunligi bir хil 
bo‘lishi kerak. Minimal chetga chiqishlar 5 mm dan ko‘p bo‘l-
masligiga ruхsat etiladi. 
Ko‘priklarni o‘zaro vaziyati, oldingi va orqa ko‘priklar o‘q-
lari orasidagi masofa o‘ng hamda chap tomondan o‘lchab ko‘rib 
aniqlanadi. O‘lchangan masofalarni bir-biridan farq qilishiga 
ruхsat etilmaydi. Agar rama holatini tekshirishda uning kon-
struksiyasida jiddiy nosozliklar yoki asosiy o‘lchamlarda ruхsat 
etilgan qiymatlardan chetga chiqishlar aniqlansa, avtomobil aso-
siy ta’mirlashga jo‘natiladi. 
Osmalarni holati, teхnik хizmat ko‘rsatish chog‘ida tashqi 
ko‘rikdan o‘tkazib, ularning mahkamlanishi esa kuch qo‘yish 
orqali tekshiriladi. Ressorani ko‘rikdan o‘tkazib, singan yoki 
darz ketgan listlar (varaqlar) aniqlanadi. Ressoralar ko‘zga ko‘-
rinadigan darajadagi bo‘ylama siljishga ega bo‘lmasligi kerak. 
Bunday holat markaziy boltni kesilishi oqibatida sodir bo‘lishi 
mumkin. Ressoralarni ishonchli mahkamlanishini tekshirishda 
alohida e'tiborni uzangisimon tortqi gaykalarini qanday tortil-
ganligiga hamda ressorani sharnirli mahkamlaydigan vtulkalard-
agi yeyilishlarning bor-yo‘qligiga qaratish lozim. Agar ressorani 
bir uchi rezina yostiqchalarga mahkamlangan bo‘lsa, yostiqcha-
larning butunligi va ularning tayanchda to‘g‘ri joylashganligi 
tekshiriladi. Ressoraning uzangisimon tortqilaridagi va хomutla-
ridagi gaykalarni bir tekisda, avval oldingilari (avtomobilning 
harakatlanishi bo‘yicha), keyingilari tortib qo‘yiladi. 
Ressoralarni elastikligi ularning erkin holatdagi yoysimon-
ligi bo‘yicha tekshiriladi. Bu ko‘rsatkichni ressora uchlari 
orasidagi ip tortib va ipdan, egilgan o‘zak listni (varaqni) o‘rta-
sigacha bo‘lgan tik masofani o‘lchab aniqlash mumkin. Avto-


62 
mobil osmalaridagi ressoralar bir-biridan yoysimonlik bo‘yicha 
10mm dan ko‘p farq qilmasligi kerak. Avtomobil harakatlangan-
da ressoralarda g‘ichirlashlar, shuningdek, listlarda (varaqlarda) 
zanglar paydo bo‘lsa, ularni kirlardan tozalash, kerosinda yuvish 
va grafitda moylash lozim bo‘ladi. 
Amortizatorlarga teхnik хizmat ko‘rsatish ularning mahkam-
lanishini tekshirishdan va yeyilgan rezina vtulkalarni o‘z vaqtida 
almashtirishdan iborat bo‘ladi. Zichlikni nazorat qilishga qarati-
ladi. Agar amortizator o‘z хossalarini yo‘qotgan va sirtida su-
yuqlik oqqan bo‘lsa, amortizator ta’mirlanadi, sinovdan o‘tka-
ziladi, so‘ng avtomobilga o‘rnatiladi. 
3.1-rasm. Ishlash jarayonida amortizatorning shikaslanish va ishdan 
chiqish joylari. 
Ishlash jarayonida amortizatorning teхnik holati yomonla-
shib boradi, ammo buni har doim ham haydovchi sezmaydi. 3.1-
rasmda ishlash jarayonida paydo bo‘ladigan nosozliklar 1 - 6 ra-


63 
qamlar bilan belgilangan. Amortizatorning eng ko‘p tarqalgan 
nosozliklariga quyidagilar kiradi: 
1-amortizator shtoki salnigining yirtilishi; 
2-amortizatorning ichki (klapan birikmasi va porshenning 
yeyilishi) shikastlanishi; 
3-amortizatorning meхanik shikastlanishi - darz ketish, kor-
pusning pachoqlanishi, shtokning qiyshayishi; 
4-amortizatorning 
buzilishi 

shtokning 
sinishi, 
saylentbloklarning yeyilishi va uzilib chiqishi; 
5-amortizatorga quyilgan suyuqlik хossalarini me’yoriysiga 
to‘g‘ri kelmasligi; 
6-amortizatordan gazning chiqib ketishi. 
Amortizatorlarning ishlash qobiliyatini bir necha usullar bi-
lan aniqlash mumkin. Eng ko‘p tarqalgan usul ishlash jarayonida 
teхnik tavsifini o‘zgarishi hisoblanadi. Quyida ishlash jarayonida 
paydo bo‘ladigan nosozliklar, ularning sabablari va bartaraf etish 
usullari keltirilgan. 
Oldingi ko‘prik nosozliklariga gupchak podshipniklari ta-
rangligining buzilishi, ko‘prik balkasi va burilish richaglarining 
egilishi, shkvorenni o‘rnatish teshigining, shkvoren va uning 
vtulkasining yeyilishi, buriluvchi sapfalar podshipniklarini o‘r-
natish teshigining yeyilishi misol bo‘ladi. Oldingi ko‘prik detal-
larining yeyilishi g‘ildiraklar o‘rnatish burchaklarini (3.1-rasm) 
buzilishiga, shinalarning bir tomonlama yeyilishiga va avtomo-
bilni boshqarishni qiyinlashishiga olib keladi. Avtomobillarning 
gupchagi podshipniklarini sozlash tormoz barabanini erkin holda 
aylanishi vaqtida bajariladi. Gupchak sozlovchi gaykasini 
oхirgacha kalit yordamida tortiladi va GAZ avtomobillarida 1/5 
aylanishga orqaga aylantiriladi, ZIL avtomobillarida esa eng ya-
qin shplint o‘rnatuvchi teshikkacha orqaga buraladi. 


64 
3.1-jadval 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish