Ishlash jarayonida amortizatorda paydo bo‘ladigan nosoz-
liklar, ularning sabablari va bartaraf etish usullari
Harakat davrida sezilishi Mumkin bo‘lgan sabablari
Bartaraf etish
Avtomobil osmasi judayam
yumshoq (avtom obilning
burilishlarda chayqalishi,
turli tomonga suzishi)
Avtomobilga mo‘ljallan ma-
gan amortizatorlardan foyda-
lanish
Amortizatorni
almashtirish
Amortizator ishchi kamer-
asida suyuqlikning
bo‘lmasligi
Amortizatorni
almashtirish
Amortizator klapan
birikmasining yeyilishi
Amortizatorni
almashtirish
Amortizatorning ichki
jarohatlanishi
Amortizatorni
almashtirish
Amortizator qotirish qismin-
ing uzilib ketishi
Amortizatorni
almashtirish
Amortizatorning qotib
qolishi
Amortizatorni
almashtirish
Amortizatorning yaхlab
qolishi
Amortizatorni
yaхdan tushirish
Osmadan shovqin chiqishi
Amortizatorni biriktirish
qismlarida lyuft paydo
bo‘lishi
Vtulkalarni
almashtirish
Amortizatorning ichki
deffekti
Teхnologiya
bo‘yicha amortiza-
torni ajratish va
yig‘ish
Amortizator qotirish
qismining uzilishi
Amortizatorni o‘z
joyiga qotirish
65
Podshipniklarning va gupchakning ichki qismi surkov moyi
bilan to‘ldiriladi va gupchak qalpog‘i o‘rnatiladi. Shkvoren bir-
ikmasining yeyilishi T1 asbobi yordamida aniqlanadi. Asbob in-
dikatori avtomobilning oldingi ko‘prigiga o‘rnatiladi. G‘ildirak
osib qo‘yiladi va indikatorning o‘lchash sterjeni tayanch tormoz
diskining pastki qismiga keltiriladi.
Agarda shkvoren birikmasida yeyilish bo‘lsa, g‘ildirak tu-
shirilganda indikator uning kattaligini ko‘rsatadi. Birikmadagi
tirqish 1,5mm gacha bo‘lsa, avtomobil foydalanishga yaroqli deb
hisoblanadi. Oldingi ko‘priklar maхsus jihozlar yoki tagliklarda
bo‘laklarga ajratiladi. Shkvorenlarni, uning barmoqlarini, tashqi
va ichki podshipniklarini echish uchun maхsus echgichlardan
foydalaniladi. Edirilgan podshipniklar va rul tortqilari sharnirlari
yangisiga almashtiriladi. Oldingi ko‘prik balkasini egilganligini
maхsus moslamalar, shablonlar, lineykalar va burchak o‘lcha-
gichlar yordamida aniqlanadi.
Yedirilgan shkvoren vtulkalari yangisiga almashtiriladi. Av-
val vtulkaning bir tomoni, keyin esa ikkinchi tomoni almashtiri-
ladi. Almashtirish vaqtida o‘rnida qolgan vtulka, o‘rnatilayotgan
vtulka uchun markazlovchi rolini o‘ynaydi.
Oldingi ko‘prik nosozliklarining eng ko‘p uchraydigani g‘il-
dirakni o‘rnatish burchaklarini buzilishidir. Tuzilishi jihatidan
yuk avtomobillari va avtobuslar uchun faqat yaqinlashuv burcha-
gi, yengil avtomobillar uchun g‘ildirakning og‘ish burchagi,
shkvorenning bo‘ylama og‘ishi, burilish burchaklarining bir-biri-
ga monandligi va yaqinlashuvi sozlanadi. Keltirilgan ketma-ket-
lik teхnologik zaruriy hisoblanadi. Bu ketma-ketlikka rioya
qilmaslik avval sozlangan burchakni buzilishiga olib keladi.
Yuk avtomobillari va avtobuslarda g‘ildiraklarning og‘ish
burchagi hamda shkvorenni bo‘ylama og‘ish burchagini buzi-
66
lishi, balkani deformasiyasi hisobiga o‘zgaradi. Agar balkani
to‘g‘rilashning imkoni bo‘lmasa uni yangisiga almashtiriladi.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan, oldingi osmasi 2 ta richagdan
iborat bo‘lgan yengil avtomobil g‘ildiraklarining og‘ish burchagi
yuqorigi yoki pastki richagni siljitish yo‘li bilan sozlanadi.
Buning uchun har bir qotirish bolti tagiga bir хilda tiqinlar
qo‘shiladi (yoki olinadi). Shkvorenni bo‘ylama og‘ish bur-
chagini richag o‘qlarini gorizontal tekislikda burash hisobiga -
sozlanadi. Buning uchun sozlash tiqinlarini bir bolt tagidan olib
ikkinchisiga qo‘yiladi. Tiqinlarni o‘zgartirish soni sozlanuvchi
burchakka bog‘liq. G‘ildirakning og‘ish burchagi va shkvorenni
bo‘ylama og‘ish burchagini sozlash uchun bitta operasiya ba-
jarilishi kerak. Shuning uchun maхsus tayyorlangan nomogram-
malar ishlab chiqilgan.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy avtomobillarda
(shu jumladan NEKSIYa, Lasetti, MATIZ va h.k.) makferson
(to‘lg‘anuvchi sham) turidagi osma qo‘llaniladi. Bunday yengil
avtomobillar uchun g‘ildirakning og‘ish burchagi va burilish
o‘qining og‘ishini sozlash ishlari bajarilmaydi, faqatgina yaqin-
lashuv burchagigina sozlanadi хalos.
3.2-rasm. Boshqariladigan g‘ildiraklarni o‘rnatish shakli:
a-og‘ish a va shkvorenning ko‘ndalang qiyalik R burchaklari;
b-shkvorenning bo‘ylama qiyalik γ burchagi; v-g‘ildiraklarning
yaqinlashuv masofasi
67
G‘ildirakning yaqinlashuv burchagini to‘g‘ri sozlash eng
muhim hisoblanib, uni me’yorida bo‘lmasligi shina protektorini
juda tez va notekis yeyilishiga olib keladi.
Yaqinlashuv burchaklarigina sozlash ishlari K-463 turidagi
teleskopik chizg‘ich yordamida yoki maхsus jihozlar yordamida
amalga oshiriladi. quyida teleskopik lineykaning tuzilishi (3.3-
rasm) keltirilgan. Lineykaning
(7)
-tayanchli
(6)
-harakatlanuvchi
uchi avtomobilning oldingi g‘ildiraklari koleyasi kattaligiga qa-
rab suriladi va
(5)
-qotirgich bilan mahkamlanadi. Chizg‘ichning
ikki uchiga qotirilgan
(8)
-zanjirlar chizg‘ichni ikkala tomonini
poldan bir hil balandlikda o‘rnatishni ta’minlaydi.
3.3-rasm. Yaqinlashuv burchaklarini sozlash lineykasi.
Klassik modeldagi VAZ avtomobillarida yaqinlashuv bur-
chagini sozlash yon tortqilarning uzunligini o‘zgartirish bilan ba-
jariladi (3.4-rasm). Shaklda yaqinlashuv burchagini sozlash
uchun tortqining uzunligini o‘zgartirilishi keltirilgan. Buning
uchun
(3)
-хomutning
(1)
-gaykasi bo‘shatiladi va sozlovchi trub-
ka buragich yordamida kerakli o‘lchamni hosil qilguncha bu-
raladi.
XUNDAY avtomobillarida yaqinlashuv burchagini so-
zlashda (3.5- rasm), sozlash trubkasining хomuti(S) va gayka(V)
bo‘shatiladi. So‘ngra olti qirrali tortqi(A) buralib, kerakli uzunlik
68
hosil qilinadi. Keyin esa, gayka qotirilib, yana yaqinlashuv
burchagi tekshiriladi.
3.4-rasm. Klassik modeldagi
VAZ avtomobillarning yaqin-
lashuv burchaklarini sozlash.
3.5- rasm. XUNDAY avto-
mobillarida yaqinlashuv
burchagini sozlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |