54
d)
shakli (profili) bo‘yicha:
•
oddiy profilli;
•
keng profilli;
•
past profilli;
•
juda past profilli;
•
arksimon;
•
pnevmatik (pnevmokatok);
e)
o‘lchamlari bo‘yicha:
•
yirik o‘lchamli: B > 350 mm (14 duym");
•
o‘rtacha o‘lchamli: B=200-350 mm (7 duym"-14 duym");
•
kichik o‘lchamli: B < 260 mm (10 duym");
f) tuzilishi bo‘yicha.
•
diagonal (yugurish yo‘li o‘rtasida ipning qiyalik burchagi
45-60°);
•
qurshalgan diagonal (brekerida ipning qiyalik burchagi 60°
dan katta);
•
radial (karkas ipining qiyalik burchagi 0°, brekerda 65°);
•
bosimi rostlab
turiladigan;
•
karkassiz;
•
karkasda olinadigan protektorli.
Yuk avtomobillari uchun shinalar tanlashda ularning pishiq-
ligiga, xizmat muddatiga, g‘ildirashga qarshiligi kichikligiga,
protektor gulining yo‘l sharoitiga mosligiga alohida e’tibor
beriladi.
Yengil avtomobillar uchun shinalar tanlashda xavfsizlikka,
tejamlilikka, qulaylikka va belgilangan yuk ko‘taruvchanlik uch-
un shinaning optimal diametri ta’minlanishiga alohida ahamiyat
beriladi. Shinalarning tuzilishini takomillashtirishning zamo-
naviy yo‘nalishlari:
•
nisbiy balandligi
va profilini kichraytirish;
56
Avtomobilning yurish tezligi 160 km/soatdan
oshadigan
bo‘lsa, standart (masalan, TOCT 20993-75) me’yorlariga ko‘ra,
shinadagi bosimni
yuqoriroq ko‘tarish
talab qilinadi. TOCT
13298-78 da yo‘lsiz joylarda harakatlanish uchun bosimni pa-
saytirish qiymati belgilab qo‘yiladi. Botqoqlik joylarda, qalin
qorli va qumli yo‘llarda maksimal harakatlanish tezligi 10
km/soat bo‘lganda shinalardagi joiz havo bosimi 0,05 MPa.dan,
20 km/soat bo‘lganda esa 0,l-0,2 MPa.dan oshmasligi lozim.
Bosimi rostlanadigan shinalar qo‘yiladigan bo‘lsa,
avtomobil
yurib turganda ham, to‘xtab turganda ham shinaga havo yuborib tu-
radigan qurilma bilan jihozlanishi lozim. Bu qurilma avtomobil
tormoz tizimining kompressoridan siqiq havo bilan ta’minlanadi.
Ishlatish paytida shinalarning yeyilishi bir xil bo‘lmaydi: or-
qadagi shinalar oldidagi shinalarga nisbatan, chapdagi shinalar
o‘ngdagi shinalarga nisbatan tezroq yeyiladi. Shinalar bir tekis
yeyilishi uchun kamida har 5000
km yurilganidan keyin avto-
mobil yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan chizma bo‘yicha ularning
o‘rnini almashtirib turish lozim (2.33-rasm). Teshik yoki hatto,
arzimas shikastli joylari bor pokrishkalarni ta’mirlashga berish
kerak.
2.33-rasm. avtomobillarida shinalarning o‘rnini almashtirish chizmasi.
57
Shinani yig‘ish (montaj)
uchun to‘g‘in top-toza va nuqsonsiz
bo‘lishi lozim. Kamerani shinaga joylashdan oldin uning germe-
tikligi tekshirib ko‘riladi. So‘ngra kameraga biroz havo yuborib
(damberib), shina ichiga qo‘yiladi va to‘g‘in tasmasi kiydiriladi.
Yig‘ilgan shinani g‘ildirak to‘g‘iniga kiydirish uchun to‘-
g‘indagi o‘yiqqa ventil kiritiladi. Shinani ventilli tomonidan bi-
roz ko‘tarib, qarama-qarshi tomoni to‘g‘inga
kiydiriladi, oldin
bort halqasi, keyin qulf halqa qo‘yiladi; qulf halqa to‘g‘in ari-
g‘iga to‘liq o‘tirgunga qadar uni bosib turish kerak. Yig‘ilgan
g‘ildirakka 0,05-0,15 MPa bosimgacha dam berish lozim. Shun-
dan so‘ng yog‘och bolg‘a bilan qulf halqaning chetlariga asta-
sekin urib, pokrishka bortlari tekislab chiqiladi.
Shina borti to‘g‘in va halqa tokchasiga zich o‘tirishi kerak,
shundan so‘ng kameradagi havo bosimi yo‘lning ahvoli va ob-
havo sharoitiga qarab, standartda ko‘rsatilgan me’yorgacha yet-
kazilishi lozim. Shinani yig‘ishning bu tartibi to‘liq g‘ildirak
to‘g‘iniga ega bo‘lgan yuk avtomobillariga tegishli.
Shinani ajratish
quyidagicha amalga oshiriladi: oldiniga ka-
meradagi havo butunlay chiqarib yuboriladi. So‘ngra to‘g‘ri ku-
rakchani va to‘g‘ri qamrovli
kurakchani ishga solib, pokrishka
borti g‘ildirak to‘g‘inidan ajratiladi. Oldin to‘g‘ri kurakcha,
keyin har ikki kurakcha bilan qulf halqa ajratiladi va chiqarib
olinadi. So‘ngra shinani ag‘darib, undan g‘ildirak diski chiqari-
ladi. G‘ildirak diski ajraladigan yengil va yuk avtomobillari shi-
nalarini yig‘ish va ajratishda quyidagi asosiy
qoidaga rioya qilish
kerak: yig‘ishni shinaning ventilga qarama-qarshi tomonidan,
ajratishni esa ventilli tomonidan boshlash lozim. Bunda oldin
krishkaning tashqi borti, keyin ichki borti birin- ketin ajratiladi.
Pokrishkani to‘g‘indan chiqarishda oldin pokrishkaning ichki
bortini to‘g‘in ariqchasi markaziga
iloji boricha botirish kerak,
58
shunda shinani ajratish osonlashadi, borti yirtilmaydi va g‘ildirak
to‘g‘ini egilib ketmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: