22
3.6-расм.Термопаранинг
конструктив схемаси.
sanoatida keng foydalaniladi,
ular turli apparat, truboprovod, mashinalarning aylanuvchi jo‗vasi va
hokazolarning sirt temperaturasini o‗lchashga xizmat qiladi.
Maxsus termoelektr termometrlardan vertikal apparatlarda (ammiak sintezi kolonnalarida, metanol va
h.) temperaturani o‗lchash uchun ishlatiladigan ko‗p zonali termometrlarni ko‗rsatish mumkin.
Termoparalarning asosiy kamchiligi sifatida ularning inersionligining kattaligini
ko‗rsatish mumkin (1,5 minutdan ham oshadi).
UZATUVCHI TERMOELEKTROD SIMLARI
Termoelektr termometrni o‗lchov asbobi bilan ulaydigan simlar shunday materiallardan
tayyorlanadiki, ular o‗zaro juft bo‗lib, o‗zlari ulangan termoelektr termometrlar hosil kiladigan
EYUK ni (o‗sha temperaturalarda) hosil qiladi. Bunday talab taxminan 100°C
temperatura bilan
chegaralanadi, bundan yuqori temperaturada termoelektr termometr va ulaydigan simlarning
xarakteristikalari biriridan farq qilishi mumkin. Bunday bo‗lishiga yo‗l qo‗yiladi, chunki ulaydigan
simlarning temperaturasi, odatda, yuqori bo‗lmaydi. Ko‗rsatilgan talablar bajarilganda termokompensatsion
simlar termoelektr termometrii (termoparani) ulaydigan simlar uzunligi qadar uzaytiradi, termoparaning
erkin uchlari esa TEYUK ni o‗lchashga mo‗ljallangan asbobning klemmalarida bo‗lib qoladi.
YUqorida
ko‗rsatilgan talabga rioya qilmaslik termoparaning erkin uchlarini o‗lchash simlari bilan ulaydigan joylarda
ulanmalarning paydo bo‗lishi natijasida „parazit" TEYUK hosil bo‗lishiga olib kelishi mumkin. Agar
uzaytiruvchi simlar termometrniki kabi darajalash xarakteristikasiga ega bo‗lsa, „parazit" TEYUK hosil
bo‗lishidan xalos bo‗liiadi.
Uzaytiruvchi termoelektr simlar bir va ko‗p simli qilib, izolyasiyada va tashqi qoplama yoki qobiqlik
qilib ishlab chiqariladi, bu montaj qilish va yotqizishda qulay. Izolyasiyalash uchun polivinilxlorid,
polietillentereftalat va ftoroplast plyonkalardan foydalaniladi. Izolyasiyadan tashqari simlar ko‗pincha
polivinilxlorid qobiq yoki lavsan ip yoxud shisha ip bilan chirmab o‗raladi.
Agar tashqi elektr magnit maydondan va mexanik ta‘sirdan
saqlanish talab etilsa, unda mis, po‗lat
simli qoplama yoki ekranlar qo‗llaniladi.
Har bir sim materiali izolyasiyaning o‗z rangiga yoki simlarning o‗ramasida va qoplamasi rangidagi
simlarga ega bo‗ladi. 2-jadvalda termoparalar, tavsiya etiladigan uzaytiruvchi termoelektrod simlar, ularning
belgilari va ranglari keltirilgan.