21
xromelь-alyumelli termometrlar deb yuritilar edi. Nnkelь-alyuminiy simdan tayyorlangan termoelektrod
oksidlanishga nikelь-xromga nisbatan kamroq chidamli. Qo‗llanishning yuqorigi chegarasi termoelekgrod
diametriga bog‗liq. Diametri 3—5 mm bo‗lgan termoelektrodlar uchun qo‗llanishning
yuqorigi chegarasi
nikelь-xrom-nikelь-alyuminiyli termometrlarda 1000°C ni tashkil etadi. 0,2 — 0,3 mm diametr uchun 600°C
dam ortiq emas.
Platinorodiy (90% platina 10% rodiy)-platinali termoelektr termometrlar uzoq vaqt davomida 0 dan
1300°C temperatura oralig‗ida, qisqa vakt davomida 1600°C gacha bo‗lgan oraliqda ishlashi mumkin.
Mazkur termometrlar oksidlanadigan va neytral muhitlarda darajalash xarakteristikasining barqarorligini
saqlaydi. Tiklanadigan atmosferada platinorodiy-platinali termometrlar ishlay olmaydi, chunki termometr
termo EYUKining keskin o‗zgarishi yuz beradi. Bular ulardan foydalanish maksadiga qarab etalon, namuna
va ish termometrlari a bo‗linadi. To‗g‗ri ishlatilganda darajalash uzok vaqt davomida o‗zgarmaydi.
Kamchiliklariga termoelektr termometrlarning boshqa turlarinikiga nisbatan
TEYUK kamligini kiritsa
bo‗ladi. Termoelektrod simi diametri 0,3 yoki 0,5 mm ni tashkil etadi.
Platinorodiy (30% rodiyli)-platinorodiyli (6% rodiyli) termoelektr termometrlar uzoq vaqt davomida
temperaturalarning +300° dan to 1600°C gacha oralig‗ida, qisqa vaqt davomida 1800°C gacha qo‗llaniladi.
Musbat elektrod —30% rodiy va 70% platina qotishmasidan, manfiy elektrod —6% rodiy va 94% platina
kotishmasidan tashkil topgan. Mazkur termometrlar platinorodiy-platinali
termometrlarga qaraganda
darajalash xarakteristikalarining barqarorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi, ammo bu termoelektrodlar ham
tiklanadigan muhitda yomon ishlaydi. Platinorodiy-platino-rodiyli termometrlarda termo EYUK
temperaturalarning
intervalida ozgina hosil bo‗ladn,
bu hol esa sovuq ulanmalar
temperaturasiga tuzatish kiritishni talab etmaydi.
Volьframreniy-volьframreniyli (TVR — 5/20 va TVR —10/20) termoelektr termometrlar uzoq vaqt
davomida 0° dan 2200°C gacha temperaturalarni va qisqa vaqt davomida 2500°C gacha, shuningdek,
vakuumda, neytral va tiklanadigan muhitlarda temperaturalarni o‗lchashga mo‗ljallangan. Musbat
termoelektrod 95% volьframdan va 5% reniydan yoki 90% volьframdan va 10%
reniydan tashkil topgan
qotishma, manfiy elektrod 80% volьframdan va 20% reniydan tashkil topgan qotishma.
Termoparalarning ba‘zi turlari (mis-kopelli, xromelь kopelli, volьframreniy-volьframreniyli BP 5/20
yoki BP 10/20) uchun avvalgi nomlari va darajalash xarakteristikalari ham qoldi. SEV standarti bu
termoparalar uchun hech qanday belgilashlar kiritmadi. Boshqa tur termoparalar uchun yangi nomlar va
belgilashlar kirititildi: nikelьxrom-nikelьalyuminiyli
termopara, K turi, avvalgi nomi xromelь-alyumelli va
belgilanishi XA; darajalash xarakteristikasi o‗zgarmay qoldi. Platinorodiy-platinali va platinorodiy-
platinorodiyli termoparalar uchun belgilashlar o‗zgaradi (PP o‗rniga S, PR o‗rniga V kiritiladi) va darajalash
xarakteristikasi o‗zgaradi. Bundan tashqari, avvalda seriyali ishlab chiqarilmagan
qator yangi termoparalar
joriy qilinadi:
Mis—mis-nikelli (mis-konstantan termoparasiga yaqin) T turi, temir-mis-nikelli (temirkonstantan
termoparasiga yaqin)
J
turi va nikalь-xrom-mis nikelli, E turi.
Turli muhitlar temperaturasini o‗lchaydigan termoparaning sxemasi
3.6- rasmda ko‗rsatilgan. U g‗ilof 1, qo‗zg‗almas yoki qo‗zg‗aluvchan
shtutser
Do'stlaringiz bilan baham: