16
8-MAVZU:
TEMPERATURANI O’LCHASH USULLARI VA ASBOBLARI.
Reja:
1.
Suyuqlikli termometrlar.
2.
Dilatometr va bimetalli termometrlar.
3.
Termoelektr termometrlarning nazariy asoslar va termoelektr zanjirlar.
4.
Termoelektr materiallar va termoelektr o‗zgartkichlar.
5.
Qarshilik termometrlari haqida umumiy ma‘lumotlar.
6.
Qarshilik termometrlarining tuzilishi.
7.
Qarshilik termometrlarini ulash usullari
8.
Nurlanish asosida temperaturani o‗lchash haqida umumiy ma‘lumot.
9.
Kvazimonoxromatik (optik) pirometrlar.
10.
Spektral nisbatli (rangli) pirometrlar.
11.
To‗liq nurlanish (radiatsion) pirometrlari.
Suyuqlikli termometrlar
. Suyuqlikli termometrlar –200°C dan +600°C gacha oraliqdagi
temperaturani o‗lchash uchun ishlatiladi. Shisha termometrlarning
ishlatilish usuli sodda, aniqligi
yetarli darajada yuqori va arzon bo‗lgani sababli laboratoriya va sanoatda keng tarqalgan.
Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi termometr ichiga o‗rnatilgan termometr suyuqligining
hajmi temperatura ko‗tarilishi yoki pasayishida o‗zgarishiga asoslangan.
Shisha termometrlarning
suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirt (etanol), kerosin,
petroley efir, pentan va boshqalar
ishlatiladi. Ularning qo‗llanilish chegaralari 3.1-jadvalda keltirilgan.
Suyuqlikli termometrlar orasida eng ko‗p tarqalgani simobli termometrlardir.
3.1-jadval
Termometrlarga solinadigan suyuqliklar
Suyuqlik
Qo‘llanilish chegaralari, ºC da
pastki
yuqori
Simob
–35
600
Toluol
–90
200
Etil spirti (etanol)
–80
70
Kerosin
–60
200
Petroley efir
–120
25
Pentan
–200
20
Simobning kengayish koeffitsientini kichikligi termometriya
nuqtai nazardan uning
kamchiligi hisoblanadi. Suyuqlikning issiqlikdan kengayishi hajmiy kengayish koeffitsienti bilan
xarakterlanadi. Bu koeffitsient quyidagi formula orqali aniqlanadi:
,
)
(
1
2
0
1
2
2
1
t
t
v
v
v
t
t
t
t
,
/
1
град
(3.1)
bu yerda
1
t
v
va
2
t
v
— suyuqlikning
1
t
va
2
t
temperaturalardagi hajmi;
v
0
—
shu suyuqlikning
0°C dagi hajmi.
koeffitsient qancha katta bo‗lsa, hajmiy kengayish temperaturasining 1°C ga o‗zgarishiga
shuncha ko‗proq moslashadi. Termometrlarda hajmiy kengayish temperatura
koeffitsienti yuqori
bo‗lgan suyuqliklardan foydalanish maqsadga muvofiq. O‗lchashning maqsadi va diapazoniga
qarab termometrlar kengayish koeffitsienti kichik bo‗lgan turli markali shishalardan tayyorlanadi.
Texnikada qo‗llaniladigan suyuqlikli shisha termometrlar quyidagi
xillarga
bo‗linadi:
1.
Ko‘rsatishlariga tuzatish kiritilmaydigan termometrlar
(keng miqyosda qo‗llaniladigan
termometrlar):