15-mаvzu: Geotermal energetika



Download 0,59 Mb.
bet1/3
Sana14.04.2022
Hajmi0,59 Mb.
#550263
  1   2   3
Bog'liq
Geotermal energetika


15-MАVZU: Geotermal energetika.
REJА:
15.1. Geotermal energiya tasnifi
15.2. О‘zbekistonda geotermal energetika


15.1. Geotermal energiya tasnifi
Yer bag‘ridagi issiqlik energiyasiga geotermal energiya deb aytiladi. Yer yadrosining temperaturasi 4000 oS yaqin. Yadrodagi issiqlik Yer sirtiga asosan issiqlik о‘tkazuvchanlik orqali hamda qisman erigan magma, bug‘ va issiq suvlarning konvektiv oqimlari kо‘rinishda uzatiladi. Yer sirti orqali geotermal issiqlikning о‘rtacha oqimi 30 oS/km dan kichik bо‘lgan temperatura gradiyentida 0,06 Vt/m2 ga yaqin qiymatni tashkil etadi. Quduqning 10 km ga yaqin bо‘lgan chuqurligidan 300 oS gacha temperaturalar farqini olish mumkin. Geotermal energiyaning uzluksiz oqimini tavsiflash uchun jami о‘rtacha 500 Vt/m2 ni tashkil etadigan boshqa qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan (asosan quyosh energiyasi bilan) taqqoslanganda u 8330 marta kichik bо‘ladi.
Geotermal energiya о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning termodinamik sifati past, ya’ni issiqlik tashuvchining temperaturasi yoqilg‘i yonish temperaturasidan ancha kichik, sanoatdagi chiqarib tashlanadigan issiqliklarga va okeanning issiqlik energiyasiga teng qiymatli.
Geotermal energiyaning issiqligini olish tabiiy gidrotermal sirkulyatsiya, sun’iy о‘ta qizdirish va quruq tog‘ jinslarini sovutish usullari bilan amalga oshiriladi.
Tabiiy gidrotermal sirkulyatsiya bо‘lganda suv chuqur yotuvchi tog‘ jinslaridan о‘tib qiziydi va Yer sirtiga issiq suv, bug‘ yoki bug‘-suv aralashmalari kо‘rinishda chiqadi.
Sun’iy о‘ta qizdirish usulida issiqlik qotgan lavani yoki yarim erigan magmani sovutish yо‘li bilan olinadi.
Quruq tog‘ jinslarini sovutish usulida issiq tog‘ jinslarida sun’iy yorilishlar hosil qilinadi va ular orqali qizdiriladigan suv haydaladi.
Yer qobig‘ining tuzilishida anomaliyalar bо‘lganligi sababli Yer sirtida geotermal issiqlik oqimlari har xil bо‘ladi. Shuning uchun geotermal mintaqalar uchta sinfga ajratiladi:
1) Gipertermalli mintaqa - temperatura gradiyeti 80 oS/km dan ortiq. Geyzerlar, issiq bulog‘li manbalar, geotermal aktiv mintaqalardir. Isitish, issiq suv ta’minoti va elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun tabiiy gidrotermal sirkulyatsiyali usul ishlatiladi.
2) Yarim termalli mintaqa - temperatura gradiyeti 40...80 oS/km. Vulkanli aktivlikga ega bо‘lgan mintaqalar. Isitish va issiq suv ta’minoti uchun tabiiy gidrotermal sirkulyatsiyali va quruq tog‘ jinslarini sovutish usullari ishlatiladi.
3) Normalli mintaqa - temperatura gradiyeti 40 oS/km dan kam. Bunday mintaqalarda Yer bag‘ridagi issiqlikdan foydalanish iqtisod jihatdan foydasizdir.
Giper- va yarim geotermalli mintaqalar Rossiya, AQSH, Italiya, Islandiya, Meksika, Yaponiya, Salvador, Filippin, Yangi Zelandiya davlatlarida mavjud.
Geotermal energiya manbalari gidrotermal yoki bug‘termal va petrotermik manbalarga bо‘linadi.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish