15.2. О‘zbekistonda geotermal energetika
Geotermal energetikaning tasniflanishi bо‘yicha О‘zbekiston territoriyasi normal geotermal potensialli mintaqa bо‘lib hisoblanadi. Bunday mintaqalar 40 oS/km geotermal temperaturali gradiyentga ega bо‘lib, issiqlik oqimlar esa taxminan 0,06 Vt/m2 tashkil etadi.
Respublikada geotermal energetikani asosan geotermal suvlar tashqil etadi. Amalda geotermal suvlar respublikaning barcha mintaqalarda mavjud. Respublika bо‘yicha geotermal suvlarning о‘rtacha temperaturasi 45,5 oS-ga ega, eng issiq suvlar Buxora (56 oS) va Surxandaryo (50 oS) viloyatlarda bо‘ladi. 40 oS-dan yuqori temperaturali geotermal suvlar past temperaturali isitish uchun foydalaniladi (issiqlik nasoslardan foydalanib yoki ularsiz).
О‘zbekistonda geotermal suvlarning yalpi potensiali 170,8 ming t n.e. hajmda baholanadi. Buxora (56,8 ming t n.e.) va Namangon (29,8 ming t n.e.) viloyatlar eng katta potensialiga ega.
Petrotermal va geotermal resurslar. Barcha qayta tiklanadigan energiya turlaridan absolyut miqdori bо‘yicha О‘zbekiston yer bag‘ri, quruq tog‘li jinslar (petrotermal resurslar) va gidrotermal suv bilan yirik basseynlar kо‘rinishda, eng katta integralli energetik potensialiga ega. Energetikada foydalanish uchun eng istiqbolli petrotermal resurslar hisoblanadi, ya’ni 4...6 km chuqurlikda yotadigan, 70 oS-dan to 3000 oS-gacha qizdirilgan granitoidlar yirik massivlar. Bunday mintaqalarga kiradi Amudaryo geologik botiqlik, Janubiy Orol yaqinida, Farg‘ona vodiy Chust-Adrasman petrotermal anomaliyasi, Qizilqum sahro.
Yalpi potersialni baholash uchun 3000 m chuqurligigacha, tog‘ jinslarning issiqlik о‘tkazuvchanlikni va issiqlik oqim zichliklarning о‘rtacha statistik kattaliklarni hisobga olgan holda, о‘rtacha termogrammalar hisoblab chiqilgan. Hisoblar kо‘rsatadiki, О‘zbekiston respublikasi maydoni va 3 km chuqurligi bilan chegaralangan hajmda quruq qizdirilgan jinslarda (petrotermal resurslar) geotermal energiyaning yalpi potensiali 67×105 mln t n.e. tashkil etadi. Petrotermal resurslardan foydalanish texnologiyalar bо‘lmaganligi sababli texnik imkoniyalar aniqlanmagan.
Respublikada geotermal energiya resurslarni aniq tadqiqot ishlarni о‘tkazmaganligi tufayli texnik potersiali aniqlanmagan. Keltirilgan baholar О‘zbekistonda neft va gaz konlarning tuzilishida va joylashishida bо‘ladigan chuqur issiqlik massa almashuv jarayonlarni mahsus geologik tadqiqotlarga, yer osti suv resurslarni tadqiqot natijalarga, hamda neft va gaz qidiruv burg‘ilash dala ekspeditsiyalar ma’lumotlarga asoslangan.
Issiqlik ta’minotida yoki elektr energiyani ishlab chiqarishda geotermal resurslardan foydalanish masshtabli imkoniyatlarni baholash uchun kompleks tadqiqot ishlarni olib borish kerak. Geotermal elektrostansiyalarning texnologik konturda past temperaturada qaynaydigan issiqlik tashuvchilarga asoslangan energetik sikllarda birlamchi issiqlik tashuvchilarni о‘zgartirish zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarni tadqiq qilish zarur.
Nazorat savollari:
1.Geotermal issiqlik ta’minotining samaradorligi qancha?
2.Geotermal issiqlik ta’minotida ekologik muammo echiladimi?
3.Geotermal issiqlik ta’minotining asosiy kamchiliklari nimadan iborat?
4.O’zbekistonda geliogeotermal isitish tizimidan foydalanish imkoniyati mavjudmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |