Kurs ishimizning amaliy axamiyati
shundaki, unda boshlang’ich sinf
o’qituvchisining ma’naviy kiyosiga doir manbalar atroflicha urganilishi natijasida
uslubiy jixatdan yangi xulosalar aniqlandi. Bu xulosalar asosida metodik tavsiyalar
ishlab chikildi. Shuningdek, o’qituvchi uchun zarur bo’lgan pedagogik etikaga oid
goyalar aniqlandi va ularning amaliy faoliyatga tadbik etish usullari asoslandi va
ularni amaliy faoliyatga tadbik etish usullari asoslandi. Ishimizda olga surilgan
goyalar o’qituvchi murabbiylarning yosh avlodga faoliyatini yanada
takomillashtirishga xizmat qiladi.
Ishning kiskacha mazmani
. Kurs ishi kirish, ikki bob, olti bulimdan,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat.
Kirish kismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, obyekti, ilmiy farazi,
vazifalari metodologik asoslari, tadqiqot metodlari, tajriba-sinov maydoni, amaliy
axamiyati uz ifodasini, amaliy axamiyati uz ifodasini topgan.
Ishning birinchi bobida o’qituvchilik kasbi, o’qituvchi odobini ilmiy uslubiy
asoslari, kasbning taraqqiyotidan lavxalar, uning faoliyatining yo’nalishlari,
ahloqiy fazilatlari yaratib berilgan.
Ikkinchi bobda ta’lim-tarbiya jarayonida boshlang’ich sinf o’qituvchisi
ma’naviy-ahloqiy sifatilarini namoyon bo’lishining amaliy jixatlari shakllangan
darajasini o’rganish berilgan xulosa kismida tadqiqot natijalari, tahlillari ochib
berilgan.
7
I.BOB. O’QITUVCHILIK KASBI VA UNING
SHAKLLANTIRISHNING ILMIY USLUBIY ASOSLARI.
1.1. O’qituvchilik kasbining taraqqiyoti.
Xar bir tarkib topgan kasb o’zining aniq tarixiga ega bo’lib, u shu kasbning
vujudga kelishidagi asosiy sabablarni xamda uning tarixiy rivojlarinishidagi
qonuniy davrlarni ko’rsatib beradi.
Pedagogik kasb yeng boy tarixga ega bo’lib, shu kasb kishilik jamiyatining
tarkib topishi va olga tomon rivojlanishidagi barcha yo’llarni o’zida aks ettiradi.
Bu kasbning asosiy vazifasi yosh avlodni o’qitish va tarbiyalashdan iborat
bo’lib, tarbiya muayyan va goyat muxim ijtimoiy extiyoj taraqqiyotining manbai
bo’lib, tarbiya amaiyotini belgilaydi, jamiyat manfatlariva odamlarning mexnat
faoliyatini shu ravshda tarbiyalashni talab etadi.
Rossiyalik mashxur psixolik, akademik A.N.Leottev «Inson va madaniyat»
nomli makolasida «insoniylikni jamiyatchilik tugdiradi», «faoliyat dunyoni
uzlashtirishning birinchi sharti», «tarbiya-dunyoni uzlashtirishning ikkinchi sharti»
ekanligini takidlab, «….ayrim xalqlarning taraqqiyotida bo’lgani kabi insoniyat
taraqqiyotining xam xar bir yangi davri usib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida
xam yangi davrning yuzaga kelishida mukarrar ravishda sabab buladi; jamiyatning
usib kelayotgan yosh avlodga ta’lim berish uchun ajratiladigan vaqti kupayadi,
tarbiya muassasalari paydo buladi, ta’lim berish ixtisoslashgan shakl xosil qiladi va
shu munosabat bilan tarbiyachi-o’qituvchining kasb differensiallashadi, ta’lim
dasturi tobora boyib boradi. Pedagoglik usullari takomillashadi, pedagogika fani
rivojlanadi» deb tasdiklaydi (Nauka i chelovechestvo 2-tom, M. «Znaniye», 1963,
73-bet).
Bu xulosa jamiyat qanchalik kup tarakkiy qilib borsa jamiyatda tarbiyaviy
faoliyatning roli va axamiyati shunchalik ortadi, tarbiyaning ijtimoiy rodi
qanchalik ortsa, hozirgi zamon o’qituvchilik kasbining o’zi shunchalik murakkab
va ma’suliyatli bo’lib qoladi, degan obyektiv qonuniyatni aniqlab va tushunib
olishga yordam beradi. Pedagoglik kasbi xarakterli xususiyati shundan iboratki, u
insoniyat madaniyatining paydo bo’lishi bilan bog’lik.
8
Pedagogika tarixi kursida davo qilinganidek, maktab bo’lmay balki ibtidoiy
jamoa to’zimining o’ziga xos muassasi – «yoshlar uyi» bo’lib ularda barcha
ibtidoiy jamiyat a’zolarining bolalari tarbiyalangan edi»- deb ko’rsatadi.
Bu o’rinda chol va kompyuterlarning aloxida rol uynaganliklari qayd
qilinadi, chunki ular asosiy xo’jalik faoliyati bilan band emas edilar.
Pedagogik kasb tarixining xarakterli xususiyati shundan iboratki, o’tmishda
katta avlod yosh avlodni tarbiyalashni o’zining burchi deb bilgan. Urugchilik
davridan oldingi jamiyatdagi, matriarxat davridagi patriarxat urugchilik bo’lgan
davridagi ilk tarbiya ana shunday bo’lgan. M.F.Shabayeva tadqiqotlariga kura
ibtidoiy jamiyatda ogil bolalar bilan qizlar bir xilda tarbiyalangan edi, degan davo
tarixi xakikatga tugri kelmaydi. Chunki o’sha vaqtlarda ugil va kiz bolalar 7-8
yoshdan keyin bir birlaridan ayri yashar edi. «Yoshlar uyi»da bolalarni o’sha
davrning ahloqiy, urugning kabilaning ijtimoiy ikladi talablari xamda diniy urf
odatlari bilan tanishtirishga asosiy e’tibor berilar edi. Bunday jamoa uylari urta
osiyo xalqlarida xam o’ziga xos mazmunda faoliyat ko’rsatgan.
Pedagogik kasb eng kadimiy kasblardan biri bo’lib, o’qituvchilik kasbining
aloxida va mustaqil kasb tarikasida vujudga kelishi va tarkib topishi insoniyat
tarixida dastlabki maktablarning paydo bo’lishi bilan uzvi
bog’langandir.
O’sha davrda maktablarning paydo bo’lishi tasodifiy xol emas edi.
Jamiyat taraqqiyoti yosh avlodga ta’lim berishni ta’lab eta rva shu bilan uni
moddiy va ma’naviy bokliklarini egallab olishga xamda jamiyat hayotida ishtirok
etishga tayyorlardi. «Maktab» so’zi grekchadan kelib chiqqan bo’lib, dam olish,
vaqt o’tkazish, suxbat, uyin kulgu ma’nolarini anglatadi.
Mutafakkirlarning o’z shogirdlari bilan olib boradigan suxbatlarini avval
shunday deb ataganlar, keyin esa bu suz yosh avlodga bilim beradigan aloxida
ukuv tarbiyaviy muassasa degan ma’noda ishlatila boshlagan.
Insoniyat tarixida maktablarning paydo bo’lish o’zining ijtimoiy, sinfiy,
mafkuraviy ildizlariga egadir. Dastavval maktablar xukmron guruxlar va
sinflarning extiyojlarini qondirish uchun, jamiyat yo’qori tabaqalarining bolalarini
tarbiyalar va o’qitish uchun vujudga kelgan yana bir jixati tarixda dastlabki
9
maktablar ruxoniylar bolalarni o’qitish, davlat muassasalari xizmatchilarning
muayyan tabaqalarini tarbiyalab yetishtirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Nixoyat, keyinchalik, jamiyat tarixining ma’lum bosqichida mexnatkash xalq
bolalari uchun xam maktablar yuzaga kelgan va bu maktablar o’sha sharoitning
nixoyatda cheklangan ijtimoiy masalalarini uz oldiga qo’ygan.
Maktabning paydo bo’lishi, yuzaga kelishining xam uz tarixi bor.
Yozuv, madanit va fan bo’lmasa, muayyan bir maktab xam bo’la olmas,
biron bir maktab ta’limi va o’qitishning bo’lishi ham mumkin emas edi. Jamiyatda
madaniyat va fan qanchalik yo’qori bo’lsa, maktabning ta’lim berish mazmuni xam
shunchalik boy, bolalarni maktabda o’qitish va tarbiyalashni yo’lga qo’yish xam
shunchalik murakkab va qiyin bo’lardi. Shuning uchun ham o’sha sharoitda
bolalarga tug’ri ta’lim berish oddiy va oson vazifa emas edi. Hozirgi zamon
o’qituvchisi kishilik tarixining dastlabki va undan keyingi asrlardagi
o’qituvchilardan farq qiladigan, tamomila boshqacha o’qituvchidir.
Ilmiy dalillarning isbot kilishga kura dastlabki maktablar qadimgi sharkda va
osiyoda paydo bo’lgan, binobarn, o’qituvchilik kasbi xam avval shu yerlarda
vujudga kelgan. Turixiy-pedagogik manbalarda maktabdagi dastlabki o’qituvchilar
koxinlar (xudoga qurbonlik qiluvchilar) bo’lgan. Bu diniy odat bo’lib g’ayritabiiy
kuchlarga arvoxlarga, ulgan ajdodlarga, xudoga xayri exson keltirishdan iborat edi.
Koxunlarning uz vaqtida tarbiyachi va o’qituvchi bo’lganliklari tarixiy xakikatdir.
Qadimgi Yunonistonda til va adabiyot, musiqa, o’qituvchilari faoliyat
ko’rsatgan. U vaqtda yo’qori tabaqa quldorlarning bolalari o’qitilgan va
tarbiyalangan. Afinada esa o’qituvchining ishi davlat vazifasi emas, balki
yollangan xususiy shaxs mexnati deb xisoblangan. Maktab ochish uchun aloxida
ma’lumot talab kilinmagan. Respublikamiz xalqining xurmatli akademigi Kori
Niyoziy eski uzbek maktablari o’qituvchilariga tavsif berib, shunday yozgan edi;
«Odatda bu maktablarda imom yoki sufi o’qitar ya’ni domlalik kilardi, bu odamlar
orasida xat yozishni bilmaydiganlar, fakat ukishnigina biladigan (ya’ni xati yuk
«Savodli»)kishilar kup bo’lardi. Maktablar ayrib shaxslar yoki jamoalar tasarrufida
bo’lardi. Domlalar o’quvchilarning ota-onalaridan (pul, kiyim-kechak, maxsi-
10
kovush, pul bilan ziyofat tarikasida) xadya va sovgalar olardi. Bundan tashkari,
talabalar xar xafta payshanba kuni «Payshanbalik» qilib domlaga non yoki pul olib
kelardilar (Sovet O’zbekistoni madaniyati tarixidan ocherklar.UzSSR fanlar
akademiyasi nashriyoti 1956 yil 54-bet).
Alisher Navoiy yo’qoridagi tartibni kattik tankid qilib, ular (domlalar) xar
qanday beboshliklar va nopokliklardan uzlarini asrashlari, uzlarini olim deb
bilsalar, nodonlarga xaromni man etishlari lozim.
Mudarris man etilgan ishlarni kilsa, bu xol unga koida va rasm bo’lib kolsa,
u mudarris emas, balki xar qanday iflos va yaramas ishlarni tarkatuvchi bo’lib
qoladi.
Navoiyning bu gaplarida xam ahloqiy va xam davlat talablar ifoda etilgan.
O’qituvchilik vazifasini Alisher Navoiy shu kadar oliyjanob va faxrli deb xisoblar
ediki, Xakikat yo’lini kuzlab, akalli bitta xarfni urgatgan odamning vazifasini
xazinaning barcha boyliklari bilan xam koplab bo’lmaydi» degan edi. (A.Navoiy
asarlar 15 tomlik 13-tom 19-bet).
Albatta bularning hammasi ulug shoirning orzusi edi va bu orzu kelgusi
avlodlarga ulkan goya sifatida xizmat kilmoqda.
O’qituvchilik kasbining tarixi tarkib topishi va taraqqiyotida fanning roli
kattadir. Chunki, yosh avlodning o’qitish ishi fandan, uning muvaffakkiyatlaridan
ajralmasdir.
Umumiy ilmiy taraqqiyoti maktab ta’limining eng mustaxkam poydevori
sifatida xizmat qiladi. Chunki ilgor mutaffakkir va olimlar o’qituvchilarning
o’qituvchisi sifatida e’zozlangan. Maktab esa mashxur olimlar goyalarini targib
kilgan. Insoniyat madaniyatining eng qadimgi markazlaridan biri bo’lgan Urta
Osiyoda xam xuddi shu xol xukmron bo’lgan.
Beruniy,
Al
Xorazmiy,
Abu
Ali
ibn
Sino,
Ulugbek
kabi
mutafakkirlarimizning ilmiy kashfiyotlari bu fikrning yakkol isbotidir. Shu bois
qadimgi Xorazm «Urta Osiyo misiri» deb atalgan. O’qituvchilik kasbi jamiyatning
iktisodiy va ijtimoiy hayotida ruy bergan uzgarishlar bilan birga tarakkiy qiladi.
Shu jixatdan xar bir ijtimoiy davr uz maktabi va o’qituvchilariga ega buladi.
11
Pedagogik kasbining tarixiy va taraqqiyotida tarkib topgan tradetsiya ya’ni
utgan davrlardagi pedagogik merosning progressiv asoslarini saklab kolish, utkazib
berish, davom ettirish qonuniyati bor.
Pedagogik an’analar xech kachon bir joyda tuxtab turmaydi, balki tarakkiy
qiladi, uzgaradi, boyiydi va kupayadi. Xar bir yangi ijtimoiy davr uz ananalarini
yaratadi va tadbik etadi. Jamiyat hayotida o’qituvchilarning ta’limiy, tarbiyaviy
ijtimoiy roli kattadir, chunki ularning hozirgi avlodning o’rinbosalarini, xalqning
kelajagini tarbiyalashdek ulugrok vazifani ado etadilar. Zeroki, yosh avlodni
o’qitish va tarbiyalash fakat shu kunning talabi bo’lmay, jamiyatning kelajagini,
istiklolini xam xisobga oladi. Shuning uchun xam xalqimiz o’qituvchilik mexnatini
xamisha yo’qori baxolaydi.
Uzbek xalqining o’qituvchi kasbiga doimiy xurmati ramzi sifatida
O’zbekiston xalq shoiri, atokli olim Maksud Shayxzodaning «Muallim nomli
she’rini keltirishni lozim topdik.
Yashasam yuz yil xam chikmaydi esdan,
Menga ilk xarfni urgatgan ustoz.
Kechirdim men yuzlab kitobni kuzdan
Birinchi daftarga men qo’ygan ixlos
Yashaydi kunglimda nafasday aziz,
Kalamim yozguncha, minnatim cheksiz.
Muallim!... – U qanday sharafli unvon,
Tabiat sirlarin, turmush xikmati.
Shuurning kudratin kup ravshan, ayon
Nasllar ongga u aylar talkin.
Uning ko’zi bilan birga boramiz
Dunyo kitobini ukiy boshlaymiz
Kullab borar ekan elda fan xar on
12
Asrlar, nasllar senga umidvor!
Elning muallimi, sen bu farmon
Tarixlar nomidan bulmish barkaror
Ulug muallimdan sen olgin o’rnak,
Yulduzlar kuyoshdan nurni olgandek.
Urta Osiyo mamlakatlarida Islom dini qabul qilingandan sung ming yildan
ortikrok davr mobaynida shu ta’limot ta’sirida tarbiyashunoslik ilmi shakllandi.
Ma’lumki Islom dinida xar bir musulmondan avvalo, iymonli bo’lish talab etiladi.
Iymon deganda Olloxning borligiga, Muhammad paygambarimiz Olloxning elchisi
ekanligiga til va dil bilan ishonishni nazarda tutiladi. Bu kayerda musulmon
maktablarining muallimlarga kuyiladigan ahloqiy talablardan eng birinchisi va
muximidir. Shu bilan birga urta Osiyoda yashagan allomalar yosh avlodni o’qitish
va tarbiyalash, shuningdek, o’qituvchining ahloq-odobiga doir ta’limotlari xam
yaratganlar Abu Nasr al-Farobiy (873-930) uz asarlarida xar bir kishi munosib
fukaro bo’lishi uchun muayyan darajada ta’lim va tarbiya olishi lozim deb
xisoblaydi. Usta shogirdiga zugum kilishga, shuningdek, kup xollarda yon berishga
intilmasligi darkor. Chunki zugum shogrdda ustozga nisbatan nafrat uygotadi.
Agarda shogrd ustozning kunglini yumshokligini paykabkolsa, bu xol ustozni
mensimaslikka, agar – okibatda u beradigan bilimdan sovib ketishga olib keladi.
Farobiyning ta’kidlashicha, xar bir kishining fel-atvoriga karab tarbiya ikki
xil usul-ixtiyoriy va majburiy usullar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Tarbiyalanuvchilar fan va xunar o’rganishga moyillik bildirmasalar, ularga
nisbatan ragbatlantirish usuli kullaniladi; aksincha mabodo ular uzboshimcha va
ibodansiz bo’lsalar, majburiy usulni kullash mumkin.
Abu Ali ibn Sino (980-1037)ning fikricha, tarbiya yagona jarayon. Bu
jarayonda yoshlarga akliy, jismoniy, ahloqiy tarbiya berish va xunar urgatish
nazarda tutiladi. U bolalarni yakka-yakka o’qitishdan kura jamoada ta’lim berish
13
afzal ekanligini e’tirof etadi. U jamoada o’qitilganda bolada ilmga intiluvchanlik
kuchayishini aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |