25
bilimdon o’qituvchini xurmat qiladi. Yosh inson koshida obru kozonishni istagan
o’qituvchi uz kamoli ustida muttasil, doimiy ishlamogi lozim.
O’qituvchi uz ustida ishlamasligining yomon okibati shundaki, u o’quvchilar
umrini ziye ketkazadi. Oquvchining oltin vaqtini bexuda orladigan o’qituvchi esa
xar bir umr ziyo bermay, dudlab yotgan chirokni eslatadi. Ziyokor o’qituvchi esa
mudom porlab nur beradi, uz ziyosidan yosh avlodni baxramand etadi. O’qituvchi
o’quvchiga nur bermogi uchun o’zi porlashi lozim. O’qituvchi uz bilimini
o’quvchilarga bera bilishi, eng muximi ularda bilimga kizikish ugota olishi,
mustaqil ukish kunikmalarini tarbiyalashi va bu borada bola faoliyatini tashkil
etishga raxbarlik kilishi zarur.
Buning uchun O’qituvchi tarbiyashunoslikni,
ruxiyatni va uz fanining
metodikasini chuqur egallashi, fanning yangi yutuklari bilan izchil kurollanishi
zarur.
Maktab hayotidan shu narsa ayonki, hozirgi paytda uz bilimini ukuыchilarga
yetkaza olmaydigan o’qituvchilar xam uchraydi. Bunday o’qituvchi darslarda
intizomsizlik, shovkin – suron xukumron buladi. O’qituvchi uz o’quvchilarini
tartibga chakira olmaydi, sinfni boshqarishni uddasidan chika olmaydi.
O’qituvchiga obru uz-o’zidan kelmaydi. U muttasil ijodiy izlanish va chekilgan
riyozat tufayli obruga erishadi.
Tarbiya maxoratining muxim bar tomoni o’quvchini
faollashtirish bilan
bog’lik. Chunki ta’lim-tarbiya jarayoni ikkiyoklama jarayon. O’qituvchi ta’lim
beradi, ukuыchi uni uzlashtiradi.
Ayrim o’quvchilar o’quvchilar bilan uncha fikrlash va izlanish ta’lab
kilmaydigan oson masalalarni xal etish bilan cheklanadilar. Buning natijasida
o’quvchining kamoloti hayot taraqqiyotidan orkada qoladi. Bu toifa o’qituvchi
o’quvchilarni oldinga emas, orkaga tortadi. Bizningcha, iloji boricha o’quvchi
oldiga uni fikrlashga da’vat etadigan muammoli masalalarni kuprok kuyib, zarur
bo’lgan
shart sharoitlarni yaratib, o’quvchini izlanishga urgatish maqsadga
muvofik buladi.
26
Moxir o’qituvchi o’quvchilarni hayotdagi rang-barang xodisa va vokealarni
sinchkovlik bilan kuzatadigan, tahlil kila oladigan bir umr o’zi o’qitgan fanning
sexri bilan yashaydigan qilib tarbiyalashga xarakat qiladi.
Ilgor goyalar va yangiliklarning targibotchisi bo’lgan o’qituvchi eng
madaniyatli inson bo’lib, bu fazilat uning yurish – turishida, fel atvorida,
qiyinishida, oilada, ish joyida odamlar
bilan madaniy muomala kilishda, ruzgor
yuritishda, jamoat joylarda o’zini yaxshi tuta bilishida, hayot, tabiat va
odamlardagi guzalliklarni baxolashi va kadrlashida barcha xatti-xarakatlarida uz
ifodasini topadi. Bu fazilatlar o’qituvchining guzal ichki dunyosining tashki ifodasi
xamdir. O’qituvchi o’quvchisi bilan muomalada tarbiya odobiga rioya kilishi,
o’zini tuta bilishi, sharoitini xisobga olib ta’lim tarbiya usulini tanlashi kerak.
O’qituvchi yosh kalb egasining eng yakin dust iva yo’l ko’rsatuvchi
murabbiysidir. Tarbiyachilik istedodining tub moxiyati va yo’l ko’rsatuvchi
murabbiysidir.
Oquvchi shaxsini ezgulikka eltishga da’vat etilgan o’qituvchi, yomonlikning
xar qanday ko’rinishidan mustasno bo’lishi lozim. O’qituvchilik
kasbida igvogar,
xasadguy, ichkilikka maishatga mukkasidan ketgan, uz manfaatini jamiyat
manfaatidan ustun kuyadigan xudbin ta’magir kishilar, fikri buzuk, guruxboz va
maxalliychilar bulmasligi kerak. Chunki bunday o’qituvchilar
odamlar orasiga
nifok tashlaydi, jamoani buzadi, ta’lim tarbiyani izdan chikaradi. O’qituvchi uz
oilasidagi mavkei va xurmati bilan xam elga o’rnak bo’lmog’i lozim. Ma’naviy
guzal, ahloqi pok, uz kasbini chuqur egallagan o’qituvchi fakat uz oilasidagina
emas balki hamma ota-onalarning xam eng yakin maslaxatguyi va sodik dusti
xisoblanadi.
O’qituvchining obrusi fakat uning o’zi uchungina
emas balki yosh avlodning
ikbol-istikboli uchun xam muxim axamiyatga molikdir.
Demak o’qituvchi xama vaqt xam uz kasbiga bo’lgan etikobi va iftixori
bilan yashashi adolatli el nazarida munosib urni bo’lishi, fan bilan, mansab yo’lida
baland martabaga kutarilganda xam uz ustozlarini sira unutmasligi, uning barcha
muvofakiyatlarida ustozlarning akl zakovati chekan zaxmatlari, aziz umri borligini
27
sidki dildan kadrlamogi zarur. Chunki o’qituvchi erishgan baxt chukkisining asl
sababchilari uning ustozlari bo’lib, u ular oldida xamisha karzdordir. Shu o’rinda
xazrat Navoiyning:
Xak yo’lidan kim senga bir xarf o’qitmish ranj ila
Aylamak bulmas ado oning xakkin yuz ganch ila.
Ushbu misralarni eslamay ilojimiz yuk.
Do'stlaringiz bilan baham: