Makkajo`xorining axamiyati, biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
Reja:
1. Makkajoʻxorining xalq xoʻjaligidagi axamiyati.
2. Kelib chiqishi, tarkalishi va ekin maydonlari xosildorligi
3. Sistematikasi, biologiyasi va navlari.
4. Yetishtirish texnologiyasi
Makkajoʻxorining axamiyati, kelib chiqishi, tarkalishi, ekin maydoni, xosildorligi, sistematikasi, biologik xususiyati, suvga ozukaga, tuproqka, xaroratga talabi, navlari, yerni eqishga tayyorlash, ugitlash, ekin muddatlari, usullari, texnikasi, meʼyori, kator oralariga ishlov berish, oziqlantirish, yagonalash, sugorish, xosilni yigib olish.
1.Makkajoʻxorining xalq xoʻjaligidagi axamiyati. Makkajoʻxori eng qimmatli, yuqori xosilli donli oʻsimlik xisoblanib, oziq-ovqat, yem-xashak, texnik va agrotexnik axamiyatga ega.
Oziq-ovqat sifatida makkajoʻxorining doni ishlatiladi. Uning doni juda xam toʻyimli xisoblanib, tarkibida Oʻrtacha 10,6% oqsil, 68-69% azotsiz ekstraktiv moddalar, 4,3% moy, 2,0% toʻqima, 1,4% kul moddalariga ega. Leqin makkajoʻxori donidagi oqsil miqdori kam boʻladi. Shu sababli makkajoʻxori uniga 25-30% bugdoy uni kushilib non tayyorlanadi.
Makkajoʻxori donini tarkibida moy moddasi koʻp (4,3-5,0%) boʻlganligi uchun uning uni tez achiydi. Shuning uchun makkajoʻxori donidan un tayyorlashda maxsus mashinalarda donini mOʻrtagi ajratib olinib kolgan qismidan un tayyorlanadi, chunki makkajoʻxorini mOʻrtagini tarkibida 25-40%gacha moy
moddasi boʻladi. Makkajoʻxori mOʻrtagidan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan moy tayyorlanadi. Bundan tashkari makkajoʻxori donidan yorma tayyorlanadi. Sut-mum pishish davridagi uni kovurilgan (bodrok) va kaynatib pishirilgan xolda oziq-ovqat sifatida ishlatish mumkin.
Yem-xashak sifatida makkajoʻxorining doni va poyasi ishlatiladi.Uning doni juda toʻyimli.1 kg.makkajoʻxori doni 1,34 kg.ozuka birliga ega .
Makkajoʻxori poyasi mollarga kuk xolicha beriladi. Umuman xashak tayyorlanadi. Donning sut-mum pishish davrida urilganda esa uning poyasidan yuqori sifatli silos tayyorlash mumkin.
Makkajoʻxori texnik axamiyati shundan iboratki-uning donidan kraxmal, spirt, glyukoza, sirka kislotasi, poyasidan kogoz, karton, kauchuk, yogoch spirti, smola va boshqa xar xil maxsulot olinadi.
Makkajoʻxori agrotexnik axamiyatga xam egadir.U qurgoqchilikga chidamli va chopik talab oʻsimlik boʻlganligi uchun tuproqda begona utlar kamayadi. Makkajoʻxorini tezpishar navlarini eqish natijasida bir yilda ikki marta xosil olish imkonini beradi va uni boshqa ekinlar bilan birga kushib eqish mumkin.
2.Makkajoʻxori juda qadimgi oʻsimlik, u Markaziy Amerikadan kelib chikkan. Markaziy Amerikaning maxalliy xalqi bizni eramizdan 2400-2300-yil oldin ekib kelgan. Amerika ochilgandan soʻng makkajoʻxori katta ekin maydonlariga ekilganligi maʼlum. Amerikadan makkajoʻxori XU asrda Ovropaga keltirilgan, shu paytda Portugaliyaliklar tomonidan makkajoʻxori Xindiston, Xindi-Xitoy, Xitoy mamlakatlariga keltirilgan. Rossiyaga makkajoʻxori XVII asrda Gruziyadan tarkalgan. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida u Garbiy Xitoydan Oʻrta Osiyoga keltirilgan. Yer yuzida makkajoʻxori ekini 110 mln gektar yerga ekiladi.Uzbekistonda 1990-yil faqat don uchun 108,5 ming gektar yerga ekilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |