Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni


FIZIKAVIY HODISALARNI INTEGRTSAION TUSHUNCHALAR ASOSIDA



Download 11,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/436
Sana22.02.2022
Hajmi11,09 Mb.
#80408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   436
Bog'liq
Конференция - физика-PDFга

FIZIKAVIY HODISALARNI INTEGRTSAION TUSHUNCHALAR ASOSIDA 
O’RGANISH 
 
Qudratov Elmurod Abduxalimovich, Hamroyeva Sevara Nasriddinovna 
Navoiy davlat pedagogika instituti. 
Hozirgi kunda ta’lim sohasini islox qilish yo`nalishlaridan biri fanlarini integrallab o`qitish 
sifatini oshirishga qaratilgan. Bu sohadagi muhim yo`nalishlardan biri - fizikaviy qonunlarning 
umumiyligini namoyish qilish va ularning tabiat qonunlari uchun to`g’riligini namoyish qilishda 
fanlararo bog’liqlikka yangicha yondoshishdan iborat. Bunda asosiy e’tibor tabiatning tuzulishi va 
xossalariga nisbatan dunyoqarashimizni chuqurlashtiradigan va kengaytiradigan fizik qonunlarga 
qaratiladi. Bundan tashqari tabiatdagi fizikaviy hodisalarni o’rganish o’quvchilarning fizikadan olgan 
bilimlarigagina tayanib qolmasdan, shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlardan olgan bilimlariga ham 
tayanadi.
Masalan, mexanika qonunlarini, tebranishlar va to’lqin hodisalarni o’rganish uchun matematika 
kursidan trigonometrik funksiyalarga murojaat qilamiz, elektroliz hodisasini o’rganishda yoki, atom 
va yadro fizikasini o’rganishda kimyo kursidan olgan bilimlarimizdan foydalanamiz, issiqlik va elektr 
haqidagi ta’limotlarni XIX asrdagi sanoat tarixi haqidagi olgan ma’lumotlar asosida 
takomillashtiramiz, atmosfera, konvensiya, Yer magnetizm hodisalarini o’rganishda esa 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
 

geografiyadan olgan bilimlardan foydalanamiz. Ta’limda bu jarayon fanlararo integratsiya tizimini 
tashkil etadi.
Fizika kursini boshqa o’quv fanlari bilan integratsiyasini amalga oshirish quyidagi maqsadlarni 
ko’zlaydi: 
Fizikaning fanlararo integratsiyani amalga oshirish ikkita moslashtirish orqali amalga oshiriladi: 
vaqt bo’yicha va tushunchalar bo’yicha. 
Vaqt bo’yicha moslashtirish deganda, biror tushuncha, aytaylik vektor tushunchasi 
matematikada o’rganib bo’lingach fizikada vektor kattaliklar va ular ustidagi amallar bajariladi. 
Ttrigonometrik funksiyalar ham matematikada o’rganilgach undan fizikadan masalalar yechishda 
foydalanish mumkin. Teleskoplarning tuzilishi hamda ishlash prinsipi fizika fanida o’rganiladi va 
ulardan esa astronomiya fanini o’zastirishda qo’l keladi. 
Tushunchalar bo’yicha moslashtirish – tabiiy hodisa, jarayon va tushunchalar ikki yoki undan 
ortiq fanlarda ham mavjud bo’ladi. Masalan, elektr tushunchasi kimyo, biologiya, geografiya kabi 
fanlarda ham uchraydi. 
Ma’lumki, elektr baliqlar odamzodga qadim zamonlardan buyon tanish. Aristotel o’z 
shogirdlariga O’rta Yer dengizida suzib yuradigan elektrskat (katta yirtqich dengiz balig’ining bir turi) 
“... o’zi tutib olmoqchi bo’lgan hayvonlarni o’zida mavjud kuchining zarbi bilan urib, ularni bir joyda 
qotib turib qolishga majbur etadi.”, deb hikoya qilib bergan. 
Qadimgi Misr ibodatxonalarining ustunlarida va bazalt devorlarida tasvirlangan son-sanoqsiz 
bislar (qushlar), ho’kizlar, harbiylarning rasmlari orasida ahyon-ahyonda muqaddas baliqlar tasviri 
ham uchrab turadi.
Unga diqqat bilan qaragan kishi, bu Nil daryosida 
uchraydigan elektr laqqa balig’i - yevropa laqqa balig’ining 
yaqin turi ekanligi bugungi kunda aniqlangan.
Aftidan, qadimgi misrliklar bu baliqni ushlamoqchi 
bo’lganlarida kuchli elektr zarb hosil bo’lgani uchun ham uni 
muqaddas deb hisoblaganlar. 
Aytishlaricha, qadimgi rim tabiblaridan biri Skriboniy
rim oqsuyaklarining bod kasalini elektr ilonbaliqlarining “sog’aytiruvchi” zarbi yordamida 
muvaffaqiyat bilan davolagan ekan. Bu zarblarnnng tabiatini Aleksandro Voltadan oldinroq hech kim 
anglab yetmagan edi. U elektrskatda hosil bo’ladigan zarbni o’zi yaratgan batareya - volta ustunlari 
zarbi bilan taqqoslab ko’rdi. 
Biroq ilmiy tadqiqot ishlar faqat bizning zamonamizdagina, ya’ni baliqlar impulsini yozib 
oluvchi apparatlar yaratilgandan keyingina amalga oshirila boshlandi. Tadqiqotlar elektr baliqlarning 
ma’lum bo’lgan 300 turi orasidan faqat ma’lum sondagi baliqlargina kuchli impulslar hosil qilishini 
ko’rsatadi. 
Masalan, ikki metr keladigan elektrskat tok kuchi 50A bo’lganda 50-60V li kuchlanish hosil 
qilish qobiliyatiga ega. Bu kuchlanish skatning o’zidan sal kichikroq bo’lgan baliqni falaj qilish uchun 
yetarlidir. 
Amazonkada va Janubiy Amerikadagi ba’zi bir daryolarda yashovchi ilonbaliqlar 500V li impuls 
- kuchlanish hosil qilish qobiliyatiga ega. Bu esa inson hayoti uchun xavflidir. 
FIZIKA FANNING INTEGRATSIYASI
Tabiiy-ilmiy 
bilimlarning 
dialektik birligi 
asosida tabiat 
haqida yagona 
qarashni 
shakllantirish
Bilimlarni 
sistemalash-
tirishni
(tizimli)
tashkil etish
Tabiat 
hodisalari
bilan fizik
tushunchalar
orasidagi
bog’lanishni 
anglay olish
Tabiiy-ilmiy 
bilimlarning 
bog'lanishlarni 
o'rgatish 
ko’nikmasini 
shakllantirish



Download 11,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish