Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr



Download 11,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/436
Sana22.02.2022
Hajmi11,09 Mb.
#80408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   436
Bog'liq
Конференция - физика-PDFга

“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
 

1-ШЎЪБА ФИЗИКА ВА АСТРОНОМИЯНИ ЎҚИТИШДА ЭНГ ЯНГИ 
ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ҚЎЛЛАШ 
 
TABIIY VA ANIQ FANLARNI O’QITISHDA INTERAKTIV ELEKTRON 
DOSKA(IED)DAN FOYDALANISH 
 
Eshqulova Gavhar Alimovna - Navoiy viloyati, Karmana tumani 8 – umumiy o’rta ta’lim 
maktabi matematika fani o’qituvchisi 
 
Ta’lim tizimida o’quv jarayonini asosiy masalalaridan biri shundaki, mashg’ulotidagi mavzuni 
tinglovchilar tamonidan o’zlashtirish darajasini oshirish. Ya’ni mavzuni tushunish, eslab qolish va 
amaliyotda qullay bilish. Mutaxasislarni fikricha, inson 80% ma’lumotni ko’rish organlari, 15% 
ma’lumotni eshitish organlari va 5% ma’lumotni boshqa usullarda qabul qiladi. Inson axborotni qabul 
qilish va eslab qolishi darajasini oshirish uchun, u ko’rishi, eshitishi bilan birga o’zi shu jarayonda 
ishtirok etishi (yozishi, chizishi va h.k.) talab etiladi. Shuning uchun dars jarayonida tinglovchilarni 
faolligini oshirish, mavzuning ba’zi bir materiallarini doskada tinglovchilar ijrosida amalga oshirish 
mavzuni ular tamonidan o’zlashtirilish darajasini oshiradi. 
Umumta’lim maktablaridagi mashg’ulotlar jarayonida interaktiv elektron doskadan foydalanish 
o’quv jarayoniga yangi sifat darajasini olib kiradi. Bu esa o’qituvchiga nafaqat dars mashg’ulotiga 
tayyorgarlik ko’rishni va darsni olib borishni yengillashtiradi, balki yangi imkoniyatlarni ham yaratib 
beradi. 
Tabiiy va aniq fanlar o’qituvchilari yaxshi bilishadiki, bir geometrik figurani doskada bo’r bilan 
chizish ancha vaqt talab qiladi (agar bu geometrik figurani tinglovchining doskada chizishga to’g’ri 
kelsa, yanada vazifa qiyinlashadi). IED bilan birga o’rnatilgan dasturlar yordamida esa, bunday 
figuralarni chizish bir necha soniyada amalga oshiriladi: doskada fonni katak daftar ko’rinishiga 
o’tkaziladi, marker (qalam) yordamida kerakli geometrik figura tanlanadi va kerakli geometrik figura 
(kesma, uchburchak, to’rtburchak, aylana va h.k.) chiziladi. Zarurat tug’ilsa, figura o’lchamlarini 
o’zgartirish, uni biror burchakka burish yoki doskani boshqa qismiga o’tkazish mumkin. Agar 
chizmada xatolik bo’lsa, marker yordamida uni o’chirish, unga qo’shimcha elementlar kiritsa bo’ladi. 
Tinglovchi IED oldida o’zini ancha erkin his qiladi. Xato qilishdan qo’rqmaydi. Undan tashqari turli 
ranglardan foydalanish mashg’ulotga yanada qiziqishni uyg’otadi. 
Geografiya darsida esa, doskaga fon sifatida biror davlat xaritasini o’rnatib, shu xaritadan biror 
sohani yaqqolroq ko’rish uchun marker bilan shu sohani kattalashtirish mumkin. Shu bilan birga, 
o’qituvchi IED oldida turib Internet tarmog’iga ulanib mavzu yuzasidan kerakli ma’lumotlarni 
qidirishi va olishi mumkin. 
Biologiya darslarida kompyuterga raqamli mikroskop ulab IEDda hujayra strukturasini 
ko’rsatish mumkin. 
Fizika, kimyo fanlarida laboratoriya tajribalarini o’quv yurti sharoitida bajarish imkoniyati 
bo’lmasa, bunday tajribalarni Internet tarmog’idan olib tinglovchilarga IEDda namoyish etish 
mumkin. 
Xush, Interaktiv Elektron Doska nima? Bu doskalarni oddiy doskalardan farqi shundaki, doskada 
bajarilgan har bir ish shu zahoti kompyuter ekranida paydo bo’ladi. Doskada yozilgan axborotni fayl 
ko’rinishida kompyuter xotirasiga saqlash, kerak bo’lsa printer yordamida qog’ozga chiqarish 
mumkin. Matnlarni va grafik tasvirlarni rangli marker (qalam)lar bilan bezash mumkin. 
Interaktiv elektron doskani asosiy afzalliklaridan biri–unda animatsiyadan foydalanish 
imkoniyati mavjudligidir. Unda tayyor rasmlarni ko’rish, o’tkazilayotgan mashg’ulotni vediotasvir 
ko’rinishda yozib borish va vedio tasvirlarni namoyish etish mumkin. Doskada yozilgan har bir parcha 
kompyuter xotirasida vedio tasvir ko’rinishida saqlanadi va mashg’ulot muhokamasi jarayonida 
kerakli parchani ko’rish va mashg’ulotni kerakli qismiga qaytish mumkin. 



Download 11,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish