1- Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va
jamiyatdagi roli
РЕЖА:
1. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi.
2. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati. Dunyoqarashning tarixiy shakllari ( mifologik, diniy, falsafiy).
3.Falsafaning predmeti va asosiy mazmuni.
4.Falsafaning jamiyat hayotidagi o‘rni va asosiy vazifalari.
Katta o’qituvchi Raxmanov A
Bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda, yoshlarimizning jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirishda falsafa fanining o‘rni beqiyos ahamiyatga egadir.
FALSAFA insoniyat tarixidagi eng qadimgi ilmlardandir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o’zi kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi taaqqiyoti, hayot va inson, umrining mohiyati, borlik va yoqlik kabi ko’plap muammolar haqida bahs yuritadigan fandir. Qadimgi yunon tilidan fanga kirib kelgan atama «filosofiya» so‘zidan olingan va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatadi. «Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. O‘sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi falsafiy tafakkur olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi.
Falsafiy bilimning muhim
tarkibiy qismlari.
Gnoseologiya ( boshqa bir terminalogiya
ko’ra-epistemologiya)-bilish nazariiyasi
Ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim.
Ijtimoiy falsafa- jamiyat haqidagi ta’limot
Etika- axloq haqidagi ta’limot
Aksiologiya-qadriyatlar haqidagi ta’limot
Falsafiy antropologiya-insonhaqidagi
ta’limot va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |