1-ma’ruza. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING NAZARIY ASOSLARI
Reja:
1.
"Hayot faoliyati xavfsizligi” haqida tushuncha, uning oʻqitilishining obektiv
zaruriyati.Faoliyat va xavfsizlik tushunchalari, mazmuni.
2.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni,
faoliyat xavfsizligini ta’minlash uslublari.
3.
“Inson-muhit” tizimida inson omili. “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining tarkibiy
qismlari va ularning tekshirish obektlari. Xavfliliklarningsifat va son jihatidan tahlili,
taksonomiya, nomenklatura, kvantifikatsiya, identifikatsiyasi, ularning mazmuni.
Sistemali tahlil. Tavakkalchilik. Ergonomika va xavfsizlikni boshqarish.
Tayanch iboralar
: Ergonomika, mehnat fiziologiyasi, mehnat gigiyenasi, xavf-
xatar, «Inson-mashina- muhit» tizimi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti konventsiyalari
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. H.E.G’oipov. Mehnat muhofazasi.- Toshkent, «Mehnat», 2000.
2.O.Qudratov, T.G’aniev Hayotiy faoliyat xavfsizligi.- Toshkent, «Mehnat” 2004.
3.Г.И Беляков Охрана труда. - Москва, «Агропромиздат», 1990.
4.Программа Сотрудничества между Республикой Узбекистан и
Международной организацией труда на период 2000-2002 гг.
1."Hayot faoliyati xavfsizligi” haqida tushuncha, uning oʻqitilishining obektiv
zaruriyati.Faoliyatvaxavfsizliktushunchalari, mazmuni.
Hayot faoliyati xafsizligi fanining rivoilanish asoslari.
Insoniyatning uzoq o’tmish hayotiy tajribasi har qanday faoliyat potentsial
xavfga ega ekanligini tasdiqlaydi. Albatta, bu tasdiq aksi omaviy xarakterga egadir.
Vaholanki, shu bilan bir qatorda xavf darajasini boshqarish hamda kamaytirish ham
mumkindir. Lekin, qanday holatda bo'lmasin mutloq xavfsizlikga erishib bo'lmaydi.
Xavfsizlik - ma’lum darajada xavf tug’ilishi bartaraf etilgan faoliyat holati, ya’ni
faoliyatni amalga oshirishdagi asosiy maqsadlardan biridir.
Mehnatni muhofaza qilish – ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligini
ta'minlashga qaratilgan vositalar, usullar majmuidir. Demak, insonning mehnat
xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatda uning mehnat faoliyati jarayonini va uni
amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli omillarni o’rganishni talab etadi. Shu
sababli, inson faoliyatining xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tadqiqot ishlari eramizdan
oldingi 384-322 yillarda ijod qilgan Aristotel, 460-377 yillarda yashagan Gippokrat
asarlarida ham uchraydi.
Taniqli Shvetsariyalik olim Paratsels (1493-1541yy.) ishlarni bajarishda yuzaga
keladigan xavfli omillarlarni o’rganib chiqib, o’z asarida
«Barcha moddalar zahardir, va
barcha moddalar dori-darmon hamdir. Faqat bir me’yor ushbu moddani zaharga
aylantirsa, ikkinchi me’yor esa uni dori-darmonga aylantiradi»
deb yozadi. Nemis
olimi Agrikol (1494- 1555 yy), italyan vrachi Ramassin (1633-1714 yy), rus olimi
2
M.V.Lomonosov (1711-1765 yy) o’z asarlarida mehnat muhofazasi masalalariga
alohida e'tibor qaratgan.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanini vujudga kelishiga va rivojlanishiga sababchi
bo’lgan omillardan biri, bu ishlab chiqarishning rivojlanishi jarayonida inson faoliyati
uchun xavfli bo'lgan omillar va sharoitlar aniqlanib, ularni oldini olish zarurati sabab
bo’ldi.
Ulug’ bobokalonlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahiriddin
Muhammad Bobur, zamondoshlarimizdan N.D. Zolotnitskiy, N.V. Solovev, D.A.
Kelbert, V.L. Gantillo, M.I. Grimitlin, M.N. Nabiyev, P.V. Uchastkin, T.I. Iskandarov,
O’. Yo’ldoshev, O. Qudratov, T.G’aniyev va boshqalar fanni rivojlanishiga salmoqli
hissa qo'shgan. Ayniqsa kishilarni kun davomida fiziologik qobilyatini hisobga olgan
holda ish vaqtini belgilashda F.F.Erisman, ishlab chiqarish jarayonida sog’liqni
ta’minlash borasida N.A.Semashko, Z.P.Solovyov, G.V.Xlopin, nurlar ta’siridan
himoyalashni N.F.Galanin, pestitsidlardan zaharlanish oqibatlarini L.IMedved, jahonda
birinchi bo’lib gazni qobni N.DZelenskiy, zoogigiyena faniga akademik K.I.Skryabin,
I.M.Sechenov va I.P.Pavlov, yorug’likni ishlab chiqarishda tutgan o’rni to’g’risida
S.I.Vavilov, yong’inni vujudga kelishi va xavfi to’g’risida A.A.Skonchinskiy kabi
olimlar asos solganlar.
Olimlarning izlanishlari va ishlab chiqarishdagi tajribalar natijasidan, inson
faoliyati uchun xavfli bo’lgan omillar va sharoitlar aniqlanib, me’yoriy hujjatlar ishlab
chiqariladi va ishlab chiqarishga xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitlarini yaratish
maqsadida hukumat qarorlari va qonunlari asosida joriy qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |