“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr. 5
ehtimoliy-statistik g‘oya va tushunchalarni izchil singdirish hamda shu orqali ehtimoliy-statistik
qonuniyatlarni o‘rgatish hozirgi kun fizika ta’limining dolzarb muammolaridan biridir.
Pedogogika oliy o‘quv yurtlarida “Statistik fizika va termodinamika” kursini o‘qitishning asosiy
metodik g‘oyasi statistik va fenomenologik usullarning organik birligini ta’minlash va bu kursni
o‘qitishda foydalanish,
talabalarda statistik g‘oya va tushunchalarning asl mohiyatini tushunishga,
ularda o‘qituvchilik kompetentligi shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Talabalarni pedagogik kasbga tayyorlash sifatini oshirishda muhim bo‘lgan didaktik
tamoyillardan biri-izchillik tamoyilidir. Bu tamoyil o‘zining mohiyatiga ko‘ra, ta’limning har xil
bosqichlarida o’qitish orasidagi zaruriy bog‘lanishlarni amalga oshirishni hamda uni o‘qitish
bosqichlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlashni nazarda tutadi[2]. “Statistik fizika va termodinamiak” kursini
izchilik tamoyili asosida o‘qitishning didaktikasi va metodikasini takomil-lashtirish ta’lim sifatiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatib, nazariy bilimlarni yanada kengaytirish maqsadida quyidagilarni izchilligini
ta’minlash zarur: -statistik fizika va termodinamikadagi asosiy g‘oya tushunchalarni sistemalashtirish
pedagogikasining tarixini o‘rganish va tizimlashtirish;
-statistik fizika va termodinamikadagi asosiy g‘oya tushunchalarni uzchiligini ta’minlashning
zamonaviy uslubiy imkoniyatlatlarini yaratish va uni qo‘llashning bo’lg’usi fizika o’qituvchisining
kompetentligini shakil-lantirishdagi o‘rnini ko‘rsatib o‘tish;
- statistik fizika va termodinamikadagi asosiy g‘oya tushunchalarni nazariy-metodologik
asoslarini uslubiyotini nazariy jihatlarini tadqiq etish;
- statistik fizika va termodinamikadagi asosiy g‘oya va tushunchalarni ilmiy bilishdagi o‘rnini
aniqlash;
- jamiyat taraqqiyotida statistik fizika va termodinamikadagi asosiy g‘oya tushunchalarni
prinsiplarining ahamiyatini pedagogik jihatdan tahlil qilish;.
Yuqorida keltirilganlar talabalarning “Statistik fizika va termodinamika” bo‘limini
o‘rganish tufayli nafaqat, ilmiy bilimga balki bilimlarni sistemalashtirishga, uni analiz va
sintez qilishdek kompe-tentsiyaga ega bo‘lishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
M. Djo‘rayev. Fizika o‘qitish metodikasi. T.“Abu matbuot-konsalt”.2015.
2.
M. Djo‘rayev. Fizika o‘qitishda statistik g‘oyalar. T. “O‘qituvchi” 1996.