Ushbu hadisning tarixi va m azm un-m ohiyatini «bilmaslikka» olib, o ‘z
yo‘llariga yurmaganlarning barchasini kufrga hukm qiladilar.
Shunday
ekan, «xalifa»ning m a’nosini va qanday shaxs xalifalikka loyiqligini
anglab olish bu hadisda ular uchun hech qanday hujjat yo‘qligini
tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eng awalo, yuqoridagi hadis barcha zamonlardagi insonlarga taalluqli
emas, balki musulmonlarning ustilarida xalifa mavjud bo‘lib, unga itoat
qilishga bay’at qilmagan kishilargagina xosdir. Aks holda necha asrlardan
beri kelayotgan m usulm onlar
va ular orasidagi ulamolar, xudoning
xos bandalari barchasi johiliyatda o‘lganlari haqidagi xulosa kelib chiqadi.
Payg‘ambarirnizning quyidagi hadislari ularning bu da’volari o ‘rinsiz
ekaniga dalil bo ‘ladi: «M endan keyin xalifalik o ‘ttiz yil b o ‘ladi, undan
keyin tishlab tortilgan amirlik va podshohliklarga aylanadi».
Bu hadis
m o‘jiza sifatida aytilgan hadis edi. Vafotlaridan keyin xalifalik qilgan
Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilaming xalifalik muddatlarini bir-biriga
qo'shsak, yigirma to ‘qqiz yarim yil bo‘ladi. Hazrati Alining katta o‘g‘li
Im om Hasan olti oy xalifalik qilgan. Shu bilan o'ttiz yil komil bo‘lgan.
Hadisdagi «...undan keyin tishlab tortilgan amirlik va podshohliklarga
aylanadi», degan gapning ma’nosi shuki, Shorn (Suriya)da xalifalik qilgan
Muoviya ibn Abu Sufyon o‘z o'miga tentak sifat o‘g‘li Yazid ibn Muoviyani
xalifa qilib qoldirmoqchi bo‘ladi. Ya’ni, bu paytga kelib odamlar hokimiyatga
tish-timog‘i bilan yopisha boshlagan edi, tentak bo'lsa ham o‘mlmga o‘g‘lim
qolsin, boshqa kishi hokimiyat tepasiga kelmasin, deyila boshlagan edi.
«Hizb»chilar, shuningdek, ular islomiy d a’vatni butun olamga
yoyish lozim, degan asossiz d a’voni ilgari suradilar. Zero, islom ta ’li-
moti Yer yuzining deyarli barcha joyiga
yetib borgani isbot talab
qilmaydigan haqiqatdir. Bordiyu, uni yetkazish zarurati tug‘ilsa, bu
ish hizbchilar qilayotgani kabi turli portlashlarni amalga oshirish,
begunohlarni o id irish yo‘li bilan emas, tinchlik yo‘li bilan, o ‘z xulqu
odobimizni namuna qilib ko‘rsatish, islomning insonlarga foyda ekanini
o ‘rgatish yo‘li bilan amalga oshirilmog‘i lozim.
«Hizbut-tahrir» partiyasini qo ‘llab-quwatlaydigan ulamolar islom
dunyosidajuda ozchilikni tashkil etadi. Aksincha, uni inkor etadiganlar
son-sanoqsiz. Bu partiyaning g‘oyasi va dasturi hanuzgacha dunyoning
birorta mamlakatida m a’qullanmagan. Uning o‘zi rasmiy tashkilot sifatida
tan olinmagan, balki ilk ta ’sis topgan maskanidan tortib, dunyo m am -
lakatlarining hammasida uning faoliyati taqiqlangan.
Islomda esa, oz-
chilikning emas, ko'pchilikning fikriga qo'shilishga buyurilgan. «Mening
ummatim yoppasiga adashib, zalolatga tushib qolmaydi, qachonki, ular
orasida qarama-qarshilikni ko‘rsalaringiz, sizlar ko'pchilik tom onida
bo‘lingiz!», — degan sahih hadis ham fikrimiz dalili b o ia oladi. Demak,
payg‘am barim izning ushbu vasiyatlariga qaraganda, zamonamiz m u-
104