Masharipova Muxayyo - A.S.Makarenko tarbiyachi ishlarini ko‘rib chiqib aytadiki, tarbiyachi faoliyati, aslida, mohiyati bilan tashkilotchilik faoliyati ham hisoblanadi. Demak, tarbiyachi mahorati, boshqa narsa emas, balki bolalar hayotini tashkil etuvchi mahoratdir. Tarbiyachi mahorati - o‘quvchining samarali rivojlanishiga ta’sir etuvchi pedagogik holatlarni yarata bilishda ko‘rinadi. Mahoratda nazariya va amaliyot uzviyligi gavdalanadi.
- Hech qachon biron bir muvaffaqiyatli harakat tushunilmagan yoki stixiyali bo‘lmaydi. Har qanday samarali usullarning asosiy va yetarli sharti shu maqsadga erishish vazifalarini, yo‘l va vositalarini, ya’ni tarbiya jarayonining qonuniyatlarini bilish demakdir.
- Tarbiya mahorati - bu faqat yetarli nazariy bilimlarni egallashgina emas, balki tarbiya qonuniyatlari, bolalar jamoalari hayotini tashkil etish qonuniyatlaridan kelib chiqadigan barcha vosita, usul va metodlarni hayotga, ijodiy tatbiq eta bilish hamdir.
- Tarbiya mahorati mazmunining asosi bilim va unga asoslangan ko‘nikmalardir. Tarbiyachining muhim ko‘nikmalariga turli pedagogik holatlarda bolalar dunyosida sodir bo‘layotgan turli jarayonlarni to‘g‘ri qabul qilish ko‘nikmasi, holatni tanlashga nisbatan tadbiq etiladigan «Maqsad - vosita- natija» munosabatlarini tahlil qila olish ko‘nikmasi, diqqatni tez yo‘naltira olish va biridan ikkinchisiga tez o‘gkaza olish ko‘nikmasi, bolalar bilan o‘ynay olish ko‘nikmasi, ko‘plab pedagogik holatlardan muhimini ajratib olish ko‘nikmasi, turli tomondan holatlarni baholay olish ko‘nikmasi, tasodifiy omillardan muhimini ko‘ra bilish ko‘nikmasi, bir xil holatda turli-tuman ta’sir usullaridan foydalana bilish ko‘nikmasi, o‘zining kayfiyatini, hissiyotini va fikrini so‘z, mimika, harakatlar orqali yetkaza olish ko‘nikmasi.
- Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘nikmalar bilan birga quyidagilar ham muhimdir: o‘quvchilarning barcha faoliyatlarida ular bilan kontakt o‘rnata olish; individual yondasha olish ko‘nikmasi; o‘quvchilarni yomon va yaxshiga ajratmaslik; bolalar tashabbuskorligini rivojlantira olish; qiyin holatlarda bolalarga yordam bera olish; o‘quvchilar jamoasi fikrini kelishtirish ko‘nikmasi; o‘z-o‘zini boshqara olishning turli shakllaridan mohirona foydalana bilish; o‘quvchi ishonchini suiste’mol qilmaslik; har bir o‘quvchidan ijobiy sifatlar topa bilish va ulardan unumli foydalana bilish ko‘nikmasi; o‘quvchilarni yomon va yaxshiga ajratmaslik, har bir nohaqlik, yomonlik, badbaxtlikka murosasiz bo‘lish; o‘quvchilarda axloqiy yo‘nalishni shakllantirish; yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida bolalar tasavvurlarini rivojlantirish ko‘nikmasi va boshqalar.
- Tarbiyaviy ishlarda kattalar bilan bolalarni o‘zaro bog‘lovchi mazmun va shakl hamda usullar bo‘yicha jamoa ta’sirining o‘zaro munosabatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachining mahorati bolalar munosabatlarini yo‘naltira olish san’ati bilan xarakterlanadi. Munosabatlar tizimchasida to‘g‘ri baholay olishni, fikrlashning shakllanishi asosida har bir jamoa a’zosining qimmatli tomonlari shaxs sifatida ochilib boradi. Shu jamoa ijodiy faoliyatini tashkil etishda dastlabki suhbatlashish ishni tugallash bosqichi uchun zarurdir. Bu o‘rinda bolalar qanday o‘zgarganligi qanday sifatlarga ega bo‘lganligi hisobga olinadi. Baho bu o‘rinda samimiy, o‘zaro bir-birlarini to‘g‘ri tushunish asosida bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |