Nurchilar.
Asoschisi turkiyalik Sayyid Nursiy Badiuzzamon boigan
m azkur tashkilotning asl maqsadi - mavjud hokimiyat uchun qarshi
chiquvchi o ‘ta diniy, mutaassib kishilarni tarbiyalashdan iborat.
Oqim vakillari o ‘zlariga yangi a’zoni jalb etishda birinchi navbatda,
nurchilar jamoasi faoliyati siyosatdan uzoq degan fikrni singdirishga
harakat qiladilar. Aslida bu bir niqob bo ‘lib, ularning faoliyati negizida
aynan siyosatga aralashuv yotadi.
Hozirgi kunda «Nurchilik» harakati Turkiyadagi eng nufuzli oqimlardan
biri bo ‘lib, ta’lim sohasida Turkiya milliy ta’lim vazirligidan keyingi
mavqeni egallaydi. Harakat ta’lifn sohasi bilan birga, mamlakatdagi OAV
hayotida ham kuchli mavqega ega bo‘lib, turk va ingliz tilida chiquvchi 14 ta
jurnal, «Zamon» kundalik ro‘znomasi, «Somon yo‘li» televizion kanali
va 2 ta radiostansiya faoliyatini nazorat qilib boradi.
Bu oqimning yurtimizga kirib kelishi 1992-yildan boshlab kuzatilgan.
Dastlab oqim g‘oyalari turkiyalik ekstremistlarning moddiy va m a’naviy
ko‘magida yetkazilgan. Respublikamizda nurchilar yig‘iladigan manzillar
aniqlanib, lozim b o ig an choralar ko‘rilgan. Ayni damda ular maxfiy
tarzda harakat olib borishga urinmoqdalar.
«Nurchilik» harakati saflarining asosini yoshlar tashkil etadi, harakat
tomonidan chop etilgan da’vat varaqalarini tarqatish yo‘li bilan ularning
saflari kengaymoqda. M azkur oqim a ’zolari Hindiston, Pokiston va
Malayziya mamlakatlarida ham paydo boigan. Shuningdek, Amerikada
tahsil oluvchi turk talabalari orasida nurchilar d a’vatiga ergashuvchilar
borligi sababli bu harakat AQSH hududida ham tarqalmoqda.
«Xalifalik» tushunchasi.
«Hizbut-tahrir» kitoblarining asosiy mavzusi
«xilofat» (xalifa saylash) masalasi b o lib , ularda «Hozirgi kunda
m usulm onlarning zimmalaridagi dolzarb vazifa xalifa saylashdir, toki
ular bu ishni ado etmas ekanlar, ularning boshqa ibodatlari befoydadir»,
degan g‘oya targ lb qilinadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, bugungi
kunda bu da’voning asossiz va noto‘g‘ri ekanini anglab olish nihoyatda
muhim. Ular odatda o ‘z qarashlarini asoslash uchun payg'ambarimizning
«Kimki imomsiz, ya’ni xalifasiz hayotdan o ‘tsa, u johiliyat zamonida
o ‘tganlardek olibdi», — degan hadislarini hujjat-dalil sifatida keltiradilar.
103
Ushbu hadisning tarixi va m azm un-m ohiyatini «bilmaslikka» olib, o ‘z
yo‘llariga yurmaganlarning barchasini kufrga hukm qiladilar. Shunday
ekan, «xalifa»ning m a’nosini va qanday shaxs xalifalikka loyiqligini
anglab olish bu hadisda ular uchun hech qanday hujjat yo‘qligini
tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eng awalo, yuqoridagi hadis barcha zamonlardagi insonlarga taalluqli
emas, balki musulmonlarning ustilarida xalifa mavjud bo‘lib, unga itoat
qilishga bay’at qilmagan kishilargagina xosdir. Aks holda necha asrlardan
beri kelayotgan m usulm onlar va ular orasidagi ulamolar, xudoning
xos bandalari barchasi johiliyatda o‘lganlari haqidagi xulosa kelib chiqadi.
Payg‘ambarirnizning quyidagi hadislari ularning bu da’volari o ‘rinsiz
ekaniga dalil bo ‘ladi: «M endan keyin xalifalik o ‘ttiz yil b o ‘ladi, undan
keyin tishlab tortilgan amirlik va podshohliklarga aylanadi». Bu hadis
m o‘jiza sifatida aytilgan hadis edi. Vafotlaridan keyin xalifalik qilgan
Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilaming xalifalik muddatlarini bir-biriga
qo'shsak, yigirma to ‘qqiz yarim yil bo‘ladi. Hazrati Alining katta o‘g‘li
Im om Hasan olti oy xalifalik qilgan. Shu bilan o'ttiz yil komil bo‘lgan.
Hadisdagi «...undan keyin tishlab tortilgan amirlik va podshohliklarga
aylanadi», degan gapning ma’nosi shuki, Shorn (Suriya)da xalifalik qilgan
Muoviya ibn Abu Sufyon o‘z o'miga tentak sifat o‘g‘li Yazid ibn Muoviyani
xalifa qilib qoldirmoqchi bo‘ladi. Ya’ni, bu paytga kelib odamlar hokimiyatga
tish-timog‘i bilan yopisha boshlagan edi, tentak bo'lsa ham o‘mlmga o‘g‘lim
qolsin, boshqa kishi hokimiyat tepasiga kelmasin, deyila boshlagan edi.
«Hizb»chilar, shuningdek, ular islomiy d a’vatni butun olamga
yoyish lozim, degan asossiz d a’voni ilgari suradilar. Zero, islom ta ’li-
moti Yer yuzining deyarli barcha joyiga yetib borgani isbot talab
qilmaydigan haqiqatdir. Bordiyu, uni yetkazish zarurati tug‘ilsa, bu
ish hizbchilar qilayotgani kabi turli portlashlarni amalga oshirish,
begunohlarni o id irish yo‘li bilan emas, tinchlik yo‘li bilan, o ‘z xulqu
odobimizni namuna qilib ko‘rsatish, islomning insonlarga foyda ekanini
o ‘rgatish yo‘li bilan amalga oshirilmog‘i lozim.
«Hizbut-tahrir» partiyasini qo ‘llab-quwatlaydigan ulamolar islom
dunyosidajuda ozchilikni tashkil etadi. Aksincha, uni inkor etadiganlar
son-sanoqsiz. Bu partiyaning g‘oyasi va dasturi hanuzgacha dunyoning
birorta mamlakatida m a’qullanmagan. Uning o‘zi rasmiy tashkilot sifatida
tan olinmagan, balki ilk ta ’sis topgan maskanidan tortib, dunyo m am -
lakatlarining hammasida uning faoliyati taqiqlangan. Islomda esa, oz-
chilikning emas, ko'pchilikning fikriga qo'shilishga buyurilgan. «Mening
ummatim yoppasiga adashib, zalolatga tushib qolmaydi, qachonki, ular
orasida qarama-qarshilikni ko‘rsalaringiz, sizlar ko'pchilik tom onida
bo‘lingiz!», — degan sahih hadis ham fikrimiz dalili b o ia oladi. Demak,
payg‘am barim izning ushbu vasiyatlariga qaraganda, zamonamiz m u-
104
sulm onlari ozchilikni tashkil etuvchi hizbchilarga emas, ularning
g'oyasiga qo'shilmay kelayotgan ko‘pchilik ulamolarning safida boMish-
lari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |