pasaytirish barobarida hukum atning falloh (dehqon)larning ichki
migratsiyasini ta’minlashga qaratilgan hukumat rejasini amalga oshirish
uchun yo ‘l ochadi.
Sulolaviy aloqalarning susayishi esa, o ‘z
navbatida radikal islom
tashkilotlarining qishloq joylaridagi mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Shu
yo‘l bilan, mazkur qonun joylardagi keskinlik va ishsizlikning pasayishiga
olib keladi.
Xalqaro maydondagi harakatlar.
Misr BMT boshchiligida terro
rizmga qarshi kurash bo'yicha xalqaro konferensiya chaqirish taklifini
ilgari surish, 1995-yilda Qohirada bo ‘lgan «Uyushgan jinoyatchilikka
qarshi kurash» konferensiyasida yoki 1996-yilda Sharm ash-Shayx
shahrida b o ‘lib o ‘tgan «Tinchlikparvarlar konferensiyasi» va har yili
terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkaziladigan seminarlarda bo‘layotgani
kabi bu m asalani turli xalqaro forum larda ko'tarish
bilan dunyo
jam oatchiligi diqqatini uni hal etishga qaratib kelmoqda.
Shuningdek, radikal kayfiyatdagi islomchilar yashayotgan davlat
lar bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish va jinoyatchilarni almashish
bo‘yicha ikki tom onlam a kelishuvlarni imzolashga alohida e ’tibor
berilmoqda. Jum ladan, shunday kelishuvga ko‘ra 1994-1995-yillarda
Misr arab davlatlarida yashagan 6 ta terrorchini mamlakatga qaytarishga
muvaffaq bo‘ldi.
Arab davlatlari o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi siyosatni tartibga solish
va terrorizm m uam m osini arab davlatlari Ichki ishlar vazirlari
majlislarining dolzarb mavzusiga aylantirish yo'lidagi harakatlar ham
shu yo‘nalishdagi ishlarning uzviy qismi hisoblanadi.
Ayni paytda, Misrga terrorchi va mutaassib unsurlaming kirib kelishi,
qurol va pul olib kirilishining oldini olish uchun nazorat o ‘tkazuv-
bo'lim lari va chegaralar nazorati faoliyati kuchaytirilmoqda.
Shu bilan birga, radikal islom tashkilotlari va guruhlari yetakchilari
harakatlarini m untazam
asosda kuzatib borish, ular joylashgan davlatni
bu haqda ogohlantirish kabi yo‘nalishda ham ish olib borilmoqda.
M asalaning bu jihati M isr uchun nihoyatda muhimdir. Zero, 1990-
yillarning boshlarida Afg‘oniston va Pokistonda «Musulmon birodarlar,
«Al-Jihod al-Islomiya» va «Al-Jamoa al-Islomiya» kabi Misr islomiy
tashkilotlari tom onidan tashkil etilgan 20 ga yaqin lagerlar faoliyat
olib borgan edi. U yerdan qaytib kelgan jangarilar radikal islom tash-
kilotlariga qo'shilib, fuqarolarva mamlakat uchun xavf-xataming ortishiga
olib kelar edi.
A m m o q idirilayotgan terro rc h i unsurlar
yashiringan xorijiy
davlatlar bilan olib borilayotgan m uzokaralar h ar doim ham ijobiy
natijalar berm ayotganini ta’kidlash zarur. Ayrim Yevropa m am lakat-
98
lari dem okratik tam oyil va erkinliklarga rioya etish bayrog‘i ostida
islomchilarga siyosiy boshpana berib, yig'ilishlar o ‘tkazish va faoliyat
ko'rsatish uchun sharoit yaratib berm oqda.
Xalqaro m aydonda islomchilarga qarshi
kurashni kuchaytirish
maqsadida bunday unsurlar yashirinib yurgan mamlakatlarda joylash
gan M isr elchixonalari qoshida politsiya bo ‘limlari tashkil etilganini
alohida qayd etish lozim.
Misr hukumati tomonidan axborot sohasida olib borilayotgan faoliyat
natijasida fan-texnikaning eng so‘nggi yutuqlari bilan jihozlangan xavfsizlik
apparatining axborot markazi tashkil etildi. Misr Prezidenti tomonidan
e ’lon qilingan um um iy strategiyaga k o ‘ra,
h u k u m at terro rizm
ko'rinishlarini butunlay yo‘q qilmoqchi. Bu strategiya siyosiy, axborot,
diniy, madaniy va yoshlar muassasalarining faoliyatini har tom onlam a
muvofiqlashtirishga qaratilgan.
1990-yillarning boshlarida ko‘tarilgan va zo‘ravonliklar zanjirini
vujudga keltirgan islom ekstremizmi to ‘lqini bugungi kunda birmuncha
susaygandek
tuyulsa-da, ham on diniy radikalizm real xavf sifatida
saqlanib qolmoqda. Xususan, radikal islom tashkilotlari tom onidan
aholi o ‘rtasida, ayniqsa, uning chalasavod qatlami orasida millatlararo
va dinlararo kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishga qaratilgan targ‘ibot
va tashviqot ishlari davom ettirilayotganini ta’kidlash zarur.
U m um iy xulosa o ‘rnida ta ’kidlash joizki,
terrorizm ga qarshi
kurashning xorijiy tajribasi keng qamrovli hodisa bo‘lib, uni o'rganish,
ibratli jihatlarini o ‘zlashtirish ham da hayotga tatbiq etish mavjud
davlatlarning barchasi uchun bir xilda foydali va shuning uchun ham,
muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: