Chokardiza («chokar» askar, «diza» qal’a yoki «Chohidigari janna»,
y a’ni «jannat ul-boqiya» — Alloh rozi b o ‘lgan zotlar ja n n a ti)
qabristoniga dafn etilgan.
Moturidiya ta’limotida sof din doirasidan chiqmagan holda aql-idrok
va
mantiqqa asoslangan bilim ulug'lanadi. M u’taziliylikda imonning
shartlari 3 ta, ya’ni til bilan iqror, dil bilan
tasdiq va amal bilan ijro
etish, deyilsa, moturidiylikda bundan farqli ravishda imonning shartlari
2
ta, ya’ni til bilan iqror etish va dil bilan tasdiqlash deb ta’rif qilinadi.
Shuningdek, moturidiylikda har bir insonning taqdiri Alloh tomonidan
belgilab qo ‘yilganiga qaramay, u o ‘z xatti-harakatlari uchun javobgar,
y a’ni im tih o n lar uch u n yaratilgan
insonga dunyo sinovlaridan
,
muvaffaqiyatli o ‘tishi va to‘g‘ri yo'lni topishi uchun keng imkoniyatlar
I berib qo'yilgan, u o ‘z faoliyatida erkin, Q ur’oni karim azaldan mavjud
va
boshqa narsalarga o ‘xshab yaratilmagan, deb hisoblanadi.
Shialik.
Islomdagi ikki yirik yo‘nalishdan biri b o ‘lgan shialik,
hokimiyat masalasida musulmon jamoasida yuzaga kelgan ixtilof natijasida
vujudga kelgan.
«Shia» so'zining to ‘liq shakli «Shi'at АП» («Ali tarafdorlari guruhi»)
bo ‘lib, bu nom Ali ibn Abi Tolib (656—661) va uning avlodlariga
ergashganlarga nisbatan berilgan.
Shialikda imomat masalasi asosiy diniy arkonlardan hisoblanib, u
jamiyat manfaatlaridan emas, balki din asoslaridan kelib chiqadi. Unga
ko‘ra, rahbar jamoa tomonidan saylanmay, balki u meros sifatida o ‘tadi.
M azkur ta ’limotga binoan, M uhamm ad payg‘ambar Alini
imom etib
tayinlagan, undan keyin esa xalifalik uning avlodlariga qonuniy meros
sifatida vasiyat yo‘li bilan uzatiladi. Shuningdek, imomlik payg‘ambarlik
kabi ilohiy mansab hisoblanadi.
Shialar aynan ushbu masalada o ‘zaro bir necha firqalarga bo‘linib
k e tg a n la r . J u m la d a n , r o fiz iy la r ( « in k o r e tu v c h ila r » , « tan
olmaydiganlar») M uham m addan keyingi chahoryor xalifalardan Abu
Bakr va Um ar ibn Xattob hokimiyatini tan olmaydilar va payg‘ambar
o ‘zidan keyin hazrati
Alini voris qilib qoldirgan, deb d a’vo qiladilar.
Shuningdek, zaydiylik, isnoashariylik, ja ’fariylik, ismoiliylik, fotimiylik
kabi guruhlarda ham imomat masalasida o ‘ziga xos talqinlar mavjud.
Shialik Eronda hukmron e ’tiqod hisoblanadi. Iroq, Afg‘oniston,
Hindiston va Pokistonda ham shialar bor.
Ozarbayjon va Tojikistonda
(Pom irda ismoiliylar) ham aholining muayyan qismi shialikka e ’tiqod
qiladi. Manbalarda Yer yuzida 97 milliondan ortiq musulmonlar shialikka
mansubligi qayd qilinadiki, bu jam i islomga e’tiqod qiluvchilarning
taxm inan 7,5 foizini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: