bag‘ishlangan vinaya m atnlari (vinaya-pitaka),
buddaviylikning
falsafiy va ruhiy m uam m olarni bayon qilib berishga bag‘ishlangan
abxidharm a m atnlari(abxidharm a-pitaka)dan iborat. Shuningdek,
Buddahayotigategishli rivoyatlar ham T ripitak ad ajam langan.
Bugungi kunda buddaviylar asosan Shri-Lanka, Hindiston, Nepal,
Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya,
Mongoliya, Koreya, V etnam ,
Yaponiya, Birma, Tailand, Laos kabi davlatlarda va Rossiyaning
Buryatiya, Qalmiqiston mintaqalarida istiqomat qiladilar.
Jahon dinlari ichida eng qadimiysi hisoblangan buddaviylik davrlar
osha o ‘zi tarqalgan hududlar xalqlari qadriyatlariga katta ta’sir o ‘tkazib
kelgan. Shuningdek, buddaviylikning asl vatani Hindiston bo‘lsa-da,
hozirda Yevropa va Amerika qit’alarida ham budda jamoalari mavjud.
Hozirda respublikamizda bitta buddaviylik jamoasi rasmiy ro'yxatdan
o'tib, faoliyat ko‘rsatmoqda.
Islom
Islom dini (arab. — bo'ysunish, itoat etish, o ‘zini Alloh irodasiga
topshirish) - jahonda keng tarqalgan uch dindan biri hisoblanadi.
U m um an olganda, XX asrda musulmonlar
dunyo aholisining
15—16 foizini tashkil etgan b o lsa , 2000-yilda bu ko‘rsatkich Yer
yuzidagi har besh kishidan birini tashkil etdi. 2025-yilda esa, dunyo
aholisining 30 foizini Islomga e’tiqod qiluvchilar tashkil etishi mumkin.
Misr, Kuvayt, Saudiya Arabistoni kabi bir qator mamlakatlarda
islom davlat dini (yoki rasmiy din) sifatida tan olingan bo‘lsa, ayrimlarida
«islom» so'zi davlatning rasmiy nomi tarkibiga kiritilgan: Eron Islom
Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi.
1969-yilda tuzilgan Islom konferensiyasi tashkiloti(Munazzamat al-
m u’tam ar al-islomiy)ga 57 mamlakat,
shu jum ladan, 0 ‘zbekiston
Respublikasi 1996-yildan a’zodir. Bundan tashqari, xalqaro nohukumat
m usulm on tashkilotlari orasida Islom olami uyushmasi, Islom olami
kongressi, Islom olami tashkiloti, Yevropa islom kengashi va boshqalarni
ko‘rsatish mumkin. Ular, asosan, islomni targ‘ib qilish va yoyish,
diniy arboblarning xalqaro
uchrashuvlarini tashkil etish, turli mamla-
katlardagi islom jamoalariga yordam berish bilan shug‘ullanadilar.
Tojikistonning Tog‘li Badaxshon hududida tarqalgan shialikning
ismoiliylik oqimini hisobga olmaganda, mintaqamiz davlatlari aholisi
asosan sunniylikning hanafiylik mazhabiga e ’tiqod qiladilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi aholisining milliy tarkibi to ‘g‘risidagi
2005-yil 1-yanvar holatiga boigan m a’lumotlarga tayanib, mamlakatimiz
aholisining taxm inan 92 foizidan ortiqrog‘ini
musulmonlar tashkil
etadi, deyish mumkin.
19
S u n niylik islom dagi asosiy y o 'n a lis h d a n biri b o ‘lib, u n d a
hanafiylik, molikiylik, shofliylik, hanbaliylik kabi 4 ta fiqhiy ham da
ash’ariya va moturidiya kabi 2 ta aqidaviy ta’limot bor.
Do'stlaringiz bilan baham: