Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

 
Nazorat savollari 
1.
O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi faoliyati umumiy tavsifi 
2.
O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasida savdo platformalari 
3.
Birja elektron savdo tizimi 
4.
Ko‘rgazma – yarmarka savdolarining elektron savdo tizimi
5.
O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasida “Avtoraqam” 
platformasi 
6.
Elektron davlat xaridlari 
7.
O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasida “Mobilraqam” 
platformasi 
8.
O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birja savdolarining asosiy 
afzalliklari va kamchiliklari 
9.
Birja a’zolari, ularning huquq va majburiyatlari
10.
Birja a’zoligiga qabul qilish, a’zolikni to‘xtatish va tugatish tartibi 
11.
Birja a’zolarini birja savdolarida ishtirok etishiga ruxsat berish tartibi 
12.
O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasida brokerlik idoralari 
va treyderlar faoliyati 
13.
Tovarlarni birja savdolariga qo‘yishga ruxsat berishni amalga oshirish 
tartibi 


36 
III BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKA TOVAR-XOM ASHYO BIRJASI 
FAOLIYATI MEXANIZMI 
3.1. Birja bitimlarining turlari va birja savdolarini o‘tkazish tartibi 
Birja bitimi
birja tomonidan ro‘yxatga olingan, birja savdosining birjada qayd 
etilgan natijasi bo‘yicha tuzilgan birja tovariga doir oldi-sotdi shartnomasidir. 
Birjada quyidagi birja bitimlari amalga oshiriladi: 
- spot bitimlari; 
- forvard bitimlari. 
Bunda spot bitimi, bu sotib oluvchi to‘lovni kechtirmasdan amalga oshirishi, 
sotuvchi esa tovarlarni kechiktirmasdan yetkazib berishi lozim bo‘lgan bitimdir. 
Forvard bitimi esa bu sotuvchi shartnomada belgilangan muddatda tovarni sotib 
oluvchiga topshirishi, o‘z navbatida sotib oluvchi esa tovar haqini bitimda 
kelishilgan muddatda va tartibda to‘lash va tovarni qabul qilib olish majburiyatini 
olgan bitimdir. 
Forvard bitimlari bitim shartlari asosida tovarni yetkazib berish va uning 
haqini to‘liq to‘lash bilan yakunlanadi (yetkazib berish forvardi). 
Birja bitimining namunaviy shakli birja Boshqaruvi tomonidan tasdqilanadi. 
Birjalar tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini ta’minlash uchun quyidagilar 
orqali shart-sharoitlar yaratadi: 
-
kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish; 
-
birja tovarlarini yetkazib berishni hisobga olishni amalga oshirish;
-
pul mablag‘larini va birja tovarlarini oldindan deponentga qo‘yishni 
nazarda tutuvchi mexanizmlarni belgilash; 
-
birja savdosi qoidalariga va birja bitimlari bo‘yicha majburiyatlarga rioya 
etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. 
Birja bitimlarining bajarilishini ta’minlash uchun bitimlar bo‘yicha barcha 
hisob-kitoblar “yetkazib berishga qarshi to‘lov” printsipi asosida amalga oshiriladi. 
Birja savdolarida tuzilgan bitimlar bajarilishining moliyaviy kafolatini 
ta’minlash uchun birja savdolarida tuzilgan barcha bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblar 


37 
birjaning Hisob-kitob kliring Palatasi (keyingi o‘rinlarda HKKP) orqali amalga 
oshiriladi. 
Birja bitimlarining bajarilishini ta’minlash uchun qo‘shimcha sharoitlar 
yaratish maqsadida birja qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Birja bitimlarining 
bajarilishini ta’minlash fondini tashkil etish huquqgaega. 
Birja savdolari birja Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan birja savdolari 
sessiyasi jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi. 
Jadval birjaning rasmiy veb-saytida oldindan joylashtiriladi. Savdo sessiyalari 
jadvalidagi o‘zgarish va qo‘shimchalar yangi jadval e’lon qilingan paytdan boshlab 
kamida uch kundan keyin kuchga kiradi. 
Savdolar ish kunlarida doimiy ravishda o‘tkaziladi. Barcha birja savdolari 
faqatgina BSETda o‘tkaziladi. 
Birja savdolari sessiyasi quyidagi davrlardan tashkil topadi: 
- sotuv uchun buyurtma berish; 
- sotib olish uchun buyurtma berish; 
- birja a’zolari tomonidan berilgan qarama-qarshi buyurtmalarni birlashtirish 
va tuzilgan bitimlar reestirini shakllantirish; 
Birja a’zolari o‘z mijozlarining topshirig‘iga ko‘ra birja savdolarida birja 
tovari bo‘yicha birja bitimlarini BSETga buyurtma berish orqali amalga oshiradilar. 
Birja a’zosi birja savdolarida bitimni amalga oshirishda mijozning topshirig‘i 
(buyrug‘i)ga qat’iy amal qilishi shart. Mijozning buyruqlari birja Boshqaruvi 
tomonidan tasdiqlangan namunaviy shakllardaberiladi. 
Birja a’zosi xizmat ko‘rsatayotgan mijozlari va ulardan qabul qilinadigan 
topshiriqlar hisobini birja Boshqaruvi tomonidan tasdqlangan shakldagi jurnalda, 
shu jumladan elektron ko‘rinishda qayd etib borishi va birjaning so‘roviga ko‘ra 
ularni taqdim etishi shart. 
Qog‘oz ko‘rinishidagi jurnal raqamlangan, tikilgan va birjaning muhri bilan 
muhrlangan bo‘lishi shart. Jurnaldagi har bir topshiriqqa takrorlanmaydigan 
ro‘yxatga olish raqami beriladi. Topshiriqlar jurnalga ular qabul qilingan vaqtga 


38 
mutanosib ravishda ketma-ketlikda kiritilishi kerak. Mijozning topshirig‘ini jurnalda 
oldindan qayd etmasdan bajarishta’qiqlanadi.
Agar mijozning topshirig‘i boshqa mijozlar topshirig‘i bilan raqabatga 
kirishsa, birja a’zosi topshiriqlarning kelib tushish vaqtiga mutanosib ravishda va 
topshiriqlarni ro‘yxatga olish jurnalida qayd etilgan ketma-ketlikda navbati bilan 
bajarishi shart. 
Tovarni sotish yoki sotib olish uchun buyurtmalar faqat treyderlar tomonidan 
berilishi mumkin. Buyurtmani taqdim etish bir tomonlama bitim hisoblanib, unga 
muvofiq nomidan buyurtma berilgan shaxs namunaviy birja kontraktida belgilangan 
shartlar asosida shartnoma tuzish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. 
Sotishga berilgan buyurtma tovar kimning nomidan berilgan bo‘lsa, O‘sha 
shaxsga tegishliligini va u uchinchi shaxslar huquqlariga ta’sir qilmasligini 
tasdiqlaydi va ushbu shaxsga quyidagi majburiyatlarni yuklaydi: 
- namunaviy kontraktda va berilgan buyurtmada belgilangan shartlarda 
mahsulotni yetkazib berish; 
- savdoda bitimni amalga oshirish yoki tovarni savdodan chiqarishdan boshqa 
usulda tovardan foydalanmaslik. 
Sotish uchun buyurtmada: 
- namunaviy birja kontraktining identifikatsiya raqami;
- savdoga qo‘yiladigan lotlar soni; 
- lot uchun boshlang‘ich narx ko‘rsatilishi kerak. 
Sotish uchun buyurtma birjaning korporativ chatida savdodan bir kun oldin 
e’lon qilingan savdoni o‘tkazish bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirilgan jadval 
asosida birja savdolari sessiyasi boshlanishidan oldin joylashtiriladi. 
Yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar sotuvchilari manfaatida sotish 
uchun berilgan buyurtma asosida savdoga qo‘yiladigan mahsulotlar miqdori 
mahsulotlarni qayta savdoga qo‘yish qonun hujjatlarida nazarda tutilganligini 
inobatga olgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan 
mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish jadvaliga muvofiq bo‘lishi shart. Yuqori 
likvidli va monopol turdagi mahsulotlar sotuvchilari tomonidan savdoga 


39 
qo‘yilayotgan 
tovarlar 
miqdorining 
muvofiqligi 
bo‘yicha 
majburiyatlari 
bajarilishining nazorati birja tomonidan haqiqatda savdoga qo‘yilgan mahsulotlar 
miqdorini savdoga qo‘yish jadvalida ko‘rsatilgan miqdorga hamda mahsulotlarni 
qayta savdoga qo‘yish bo‘yicha majburiyatlarga kunlik taqqoslash yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. 
Birja korxonalar - yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar sotuvchilari 
tomonidan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan ma’lumotlarni O‘zbekiston 
Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish 
davlatqo‘mitasininge’tiboriga mazkur Qo‘mita hamda birja tomonidan o‘zaro 
belgilangan muddat va tartibda etkazadi. 
Buyurtma berishdan oldin sotuvchilar va sotib oluvchilarning shaxsiy hisob 
raqamiga qonun hujjatlariga muvofiq birja tomonidan belgilangan miqdordagi 
kafolat ta’minot mablag‘i kiritilishi shart. Kiritiladigan kafolat ta’minot mablag‘i 
miqdori birja va hisob-kitob- kliring Palatasining komissiya to‘lovlarini, shuningdek 
birja shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning buzilish ehtimoli borligi uchun 
neustoyka to‘lovini ta’minlovchi bo‘nakni o‘z ichigaoladi. 
BSET shaxsiy hisob raqamida etarli mablag‘i bo‘lmagan shaxs manfaatida 
bitimlar tuzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Sotib olish uchun buyurtma u kimning nomidan berilgan bo‘lsa, O‘sha shaxs 
zimmasiga namunaviy birja kontrakti va bergan buyurtmasida belgilangan 
shartlarda tovar haqini to‘lash va tovarni tanlab olish majburiyatini yuklaydi. 
Sotib olish uchun buyurtmada: 
- namunaviy birja kontraktining identifikatsiya raqami;
- savdoda sotib olinadigan lotlar soni
- lot uchun taklif etilayotgan narx ko‘rsatilishi kerak. 
Qonun hujjatlarida yoki birja tomonidan narx o‘zgarishining yuqori miqdori 
qat’iy belgilangan tovarlar bo‘yicha sotib olish uchun buyurtma faqatgina mazkur 
yuqori miqdorlarga amal qilgan holda berilishi mumkin. 
Normativ-huquqiy hujjatlar yoki vakolatli davlat organlari qarorlari 
talablariga javob bermaydigan mijozlar nomidan u yoki bu birja tovarini sotib 


40 
oluvchilarga nisbatan sotib olish uchun buyurtma berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Vakolatli davlat organlari tomonidan o‘rnatilgan parametrlarni buzadigan 
buyurtmalar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan alohida talablar qo‘yilgan birja tovarini 
sotib olish uchun buyurtma mijozning mazkur tovarni sotib olish huquqiga ega 
ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan asoslantirilgan bo‘lishi shart. 
Birja a’zosi BSETga buyurtma berishdan oldin birja tovarini potentsial sotib 
oluvchisidan tegishli hujjatlarni olishi shart. 
Sotib olish uchun buyurtma birja a’zosi tomonidan birja savdolari sessiyalari 
jadvalida belgilangan sotuvchi tomonidan tovar savdoga qo‘yilgandan 
so‘ngberiladi. 
Birja a’zosi kiritilgan buyurtmani quyidagi hollarda qaytarib olishga haqli: 
- qaytarib olingan buyurtma o‘rniga yuqoriroq narx ko‘rsatkichli yangi 
buyurtma berilganda
- buyurtmasi “buyurtmalar stakani”dan tushib qolganda (ancha yuqori narx 
ko‘rsatilgan raqobatchi buyurtma berilganligi va ushbu buyurtmaning narx 
paramertlari asosida bitim tuzish mumkin bo‘lmaganligi sababli buyurtmaning 
bahosi o‘z dolzarbligini yo‘qotganda). 
Sotib olish uchun buyurtma birja a’zolari tomonidan faqat ro‘yxatga olingan 
joylaridaberiladi. 
Birja savdolari boshlang‘ich narxning oshirib borishida ifodalangan oddiy 
auksion shaklidao‘tkaziladi. 
BSET birja a’zolariga raqobat asosida o‘tkaziladigan savdolar jarayonida 
asosli, shu jumladan narxni shakllantirish masalalariga oid qarorlar qabul qilish 
uchun “buyurtmalar stakani”ga kirish huquqini ta’minlaydi. 
“Buyurtmalar stakani” ayni vaqtda elektron savdo tizimi kompleks dasturiga 
kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha buyurtmalarga oid narx va miqdorlar bo‘yicha 
ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi. 


41 
BSET birja a’zosiga o‘zining buyurtmalarini identifikatsiyalay olishi va 
ularning raqobatbardoshligini aniqilay olishi uchun birja a’zosining buyurtmasini 
alohida rang yoki boshqa vosita orqali ajratilishini ta’minlaydi. 
Buyurtmalari “Buyurtmalar stakani”ga kiritilgan boshqa birja a’zolari 
haqidagi ma’lumotlar aks ettirilmaydi. 
BSET birja savdolari g‘oliblarini birja a’zolari tomonidan birja tovari 
sotuvchisining manfaatida BSETga sotish uchun berilgan buyurtmalarni baho 
parametrlari sotuvchining baho paramertlari bilan teng yoki undan yuqori bo‘lgan 
sotib olish uchun berilgan buyurtmalarni birlashtirish orqali jadvalda belgilangan 
birja savdolari sessiyalari vaqtida aniqlaydi. 
Bunda birinchi navbatda sotuvchining buyurtmasi bilan eng yuqori bahoni 
taklif etgan sotib oluvchilarning buyurtmalari birlashtiriladi. Sotib oluvchilar 
tomonidan bir xil bahodagi buyurtmalar berilgan bo‘lsa, birinchi navbatda 
raqobatchi buyurtmalarga nisbatan BSETga ertaroq berilgan buyurtmalar bilan 
sotuvchining buyurtmasi birlashtiriladi. 
Birja xodimlari yoki boshqa shaxslarning birja savdolariga aralashishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Buyurtmalarni birlashtirish va birja savdolari g‘olibini aniqlash jarayoniga, 
shu jumladan ruxsat berilmagan birja dasturi ta’minotidan foydalangan holda 
aralashish narxlarni 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish