3.3. Kliring va hisob-kitobni amalga oshirish tartibi
Birja savdolarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblar birjaning HKKP
orqali amalga oshiriladi.
Hisob-kitobni amalga oshirish maqsadida birjaga hizmat ko‘rsatadigan
bankda sotib oluvchi va sotuvchilarning mablag‘larini saqlash, birja bitimlari
bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun ikkilamchi talab qilib olunguncha
depozit raqam ochiladi.
Sotuvchi va sotub oluvchilarning talab qilib olingungacha ikkilamchi depozit
hisob raqamidagi mablag‘lari harakatini nazorat qilish uchun HKKP har bir sotuvchi
va sotib oluvchi uchun tegishli foydalanuvchining individual raqamiga (bundan
buyon FIR deb yuritiladi) muvofiq alohida shaxsiy hisob raqam ochadi.
Sotuvchi va sotib oluvchilarning mablag‘lari HKKP talab qilib olingungacha
ikkilamchi depozit hisob raqami doirasida ushbu shaxsiy hisob raqamda hisobga olib
boriladi.
HKKP birja a’zolarini ularga xizmat ko‘rsatish shartlari va mablag‘larining
ahvoli haqida o‘z vaqtida xarbardor qilib turishi shart.
49
HKKP mijozlarning shaxsiy hisob raqamlari ahvoli to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Birja mijozlarning so‘roviga asosan ularni birja kliringi natijalari, ularning
mablag‘lari ahvoli va joriy kun uchun belgilangan savdolar limiti to‘g‘risida
xabardor qilishga majbur.
Sotuvchilar va sotib oluvchilar birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi
HKKPning ikkilamchi depozit hisob raqamiga birja savdolariga qo‘yiladigan
mahsulotlarning umumiy qiymati va bitimning taxminiy miqdoriga muvofiq zakalat
kiritadilar.
Sotib oluvchilar taxminiy to‘lovlar miqdoridagi birja bitimlarini kiritilgan
zakalatni hisobga olgan holda tuzishgahaqli.
Sotib oluvchilar va sotuvchilarning birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi
HKKPning ikkilamchi depozit hisob raqamidagimablag‘lari:
- birja bitimlari va ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar majburiyatlarini
bajarish bilan bog‘liq ular o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun;
- savdo sessiyalarida ishtirok etish uchun zakalat sifatida;
- mijozning topshirig‘iga ko‘ra – kliring ishtirokchisining vakolatli bankdagi
hisobiga qaytarish uchun;
- deponent mablag‘lar hisobidan birja xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga
oshirishga ishlatiladi.
Birja bitimi ro‘yxatga olingandan keyin sotib oluvchi ro‘yxatga olingan bitim
bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplash uchun HKKPning birjaga xizmat
ko‘rsatuvchi bankidagi ikkilamchi depozit hisob raqamiga qo‘shimcha mablag‘larni
kiritishi shart. Bunda mablag‘lar o‘tkazilishi bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasining
“to‘lov ma’lumotlari” grafasida albatta sotib oluvchining FIRi ko‘rsatilishi shart.
Mahsulotni temir yo‘l transportida tashishda sotib oluvchi bitimda
ko‘rsatilgan muddatda, birja bitimi ro‘yxatga olingandan so‘ng temir yo‘l
xarajatlarini qoplash uchun mablag‘larni sotuvchining talab qilib olungungacha
asosiy hisob raqamiga o‘tkazishi shart. O‘z navbatida sotuvchi temir yo‘l xizmati
50
xarajatlari uchun to‘lovni amalga oshirish uchun sotib oluvchiga hisobni berishi
shart.
HKKP sotib oluvchidan mablag‘lar kelib tushgan paytdan boshlab to‘langan
bitimlar reestirini sotuvchiga taqdim etishi shart.
Agar sotib oluvchi bitimda ko‘rsatilgan muddatda to‘lovni amalga oshirishni
ta’minlamasa, HKKP ushbu muddat o‘tganidan so‘ng shartnoma majburiyatlari
bajarilmaganligi uchun bitimni bekor qilish haqida sotuvchiga xabar beradi va
sotuvchining hisob raqamiga jarima sifatida, zakalat miqdoridan kam bo‘lmagan
miqdordagi mablag‘larni, birja komissiya yig‘imini chegirgan holda, o‘tkazadi.
Sotuvchi tomonidan bitimda ko‘rsatilgan muddatlarda sotib oluvchiga
mahsulotni yuklab jo‘natish majburiyati bajarilmasa, HKKP ushbu muddat
o‘tganidan so‘ng sotib oluvchining hisob raqamiga jarima sifatida bitimda
ko‘rsatilgan miqdordagi mablag‘larni, birja komissiya yig‘imini chegirgan holda,
o‘tkazadi va sotib oluvchi hamda sotuvchiga bitimning bekor qilganligi xaqida xabar
beradi. HKKP tomonidan taqdim etilgan to‘lov amalga oshirilgan bitimlar reestri
sotuvchi uchun mahsulotni yuklab jo‘natishga asos bo‘ladi.
Sotuvchi sotib oluvchi o‘z majburiyatlarini bajarganligi HKKP tomonidan
tasdiqlanmasdan mahsulotni yetkazib bergan taqdirda, birja bitimi bo‘yicha sotib
oluvchi o‘z majburiyatlarini vijdonan bajarmaganligi uchun birja javob bermaydi.
Mahsulot topshirilgan va qabul qilinganligi faktini sotuvchi tomonidan
taqdim qilinadigan schet-faktura yoki yuk xati tasdiqlaydi.
Mahsulot temir yo‘l transportida yuklab jo‘natilganligi faktini temiryo‘l yuk
xatining nusxasi tasdiqlaydi.
Eksport kontraktlari bo‘yicha mahsulot yuklab jo‘natilgan kun bo‘lib BYuD
(bojxona yuk deklaratsiyasi) rasmiylashtirilgan kun hamda sotuvchi va sotib oluvchi
tomonidan imzolangan topshirish-qabul qilish akti rasmiylashtirilgan kun
hisoblanadi.
Sotuvchi tomonidan taqdim etilgan schet-faktura yoki yuk xati HKKP uchun
bir bank ish kuni ichida sotib oluvchining shaxsiy hisob raqamidan mablag‘larni
sotuvchining shaxsiy hisob raqamiga, keyinchalik sotib oluvchining unga xizmat
51
ko‘rsatuvchi bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish va bitimni yopish uchun asos
bo‘ladi.
Birja savdolari g‘oliblariga mahsulotlarni yetkazib berish, bitimda
ko‘rsatilgan muddatlarda sotuvchining naryadlari asosida amalga oshiriladi.
Eksport kontraktlari bo‘yicha sotuvchining brokeri tomonidan sotib oluvchi
tovarni qabul qilganligini tasdiqlovchi sotuvchi va sotib oluvchi tomonidan
imzolangan bir nusxadagi yuk xatining asli taqdim etilganligi, hisob-kitob bo‘yicha
ma’lumot olish uchun HKKP tomonidan valyuta mablag‘larini sotib oluvchining
vakolatli bankdagi talab qilib olingungacha ikkilamchi (tranzit) valyuta hisob
raqamiga o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Sotuvchilar tomonidan chet el valyutasidagi tushumlarni vakolatli bankka
sotish qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Import kontraktlari bo‘yicha hisob-ktoblar O‘zbekiston Respublikasi milliy
valyutasi “so‘m”da amalga oshiriladi.
Import kontraktlarini tuzishda sotuvchi shartnoma tuzilgandan keyin to‘lov
shartlariga muvofiq uch bank ish kuni ichida kontraktda ko‘rsatilgan, lekin bitim
summasining 15 foizidan kam bo‘lmagan pul mablag‘larini HKKPning maxsus
hisob raqamiga o‘tkadi. To‘lov amalga oshirilganligi faktining o‘zi bojxona
organida bitimni ro‘yxatga olish uchun etarli bo‘ladi.
Import kontraktlari bo‘yicha tovar O‘zbekiston Respublikasiga kelib tushgan
va u sotib oluvchi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilib olingandan keyin
HKKP pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi “so‘m”da
sotuvchi – norezidentning HKKPdagi hisobiga o‘tkazadi. Mazkur mablag‘lar
sotuvchi tomonidan quyidagi maqsadlarda ishlatilishi mumkin:
- birja savdolari va Ko‘rgazma-yarmarkalarda tuzilgan eksport kontraktlari
bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun;
- bevosita birja kontraktlari bo‘yicha boshqa to‘lovlar (komission yig‘imlar,
brokerlik mukofotlari, transportirovka va h.k.)ni amalga oshirish uchun;
- chet el banklarining korrespondet “LORO” hisob raqamlariga o‘tkazish va
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklarida hisob raqam ochish uchun;
52
- davlat mulki uchun belgilangan tartibda kombinatsiyalangan shakldagi
to‘lovni amalga oshirish uchun;
- birja bitimlari bo‘yicha kafolatli ta’minot kiritish bilan hisob- kitobni amalga
oshirish, shu jumladan jarima, penya va boshqa xarajatlarni to‘lash uchun;
- agar HKKPsi mijozi (birja a’zosining mijozi)ning O‘zbekiston
Respublikasida akkreditatsiya qilingan vakolatli vakili bo‘lsa, vakillik xarajatlarini
to‘lash uchun;
- norezidentning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan vaqtidagi xarajatlarini
to‘lash uchun;
- HKKP palatasi mijozi (birja a’zosining mijozi) ta’sischi yoki aksiyador
bo‘lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish va to‘ldirish uchun;
- sud xarajatlarini to‘lash uchun.
Birja bitimini yopish, to‘lovlarni o‘tkazish, tomonlarning javobgarligi, birja
Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan Birja bitimlari bo‘yicha hisob-kitob kliring
xizmati ko‘rsatish qoidalarida ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |