Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti


Birja tovarlarini kotirovkalash (narxini belgilash) tartibi va narx



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

3.4. Birja tovarlarini kotirovkalash (narxini belgilash) tartibi va narx 
shakllanishi ustidan nazorat 
Birja tovarlarini kotirovkalash birja tovarlarining o‘rtacha hisoblangan bahosi 
aniqlash hisoblanadi. 
Kotirovkalash: 
- realizatsiya qilingan har bir turdagi tovarning navi, sinfi, markasi va boshqa 
xususiyatlari bo‘yicha avtomatik rejimda; 
- o‘tkazilgan birja savdolari natijasi bo‘yicha bir hafta ichida; 
- bir oyda kamida bir marta realizatsiya qilinadigan tovarlarga nisbatan 
amalga oshiriladi. 
Har bir birja tovarini ularning navi, sinfi, markasi, xili va boshqa 
xususiyatlariga qarab ma’lum tovarlar turiga kiritish, Listing komissyasi tomonidan 
birja Boshqaruvi belgilagan tartibda amalga oshiriladi. 


53 
Realizatsiya qilingan har bir turdagi tovarlarni kotirovkalash hisobot haftasi 
yakuni bo‘yicha quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi: 
Sc = (X1 x Y1 + X2 x Y2 +... + Xn x Yn) / (X1 + X2 + ... + Xn), bunda: 
Sc – o‘rtacha hisoblangan baho; 
X1, X2, Xn- hisobot davri (hafta) davomida realizatsiya qilingan tovarlar 
miqdori; 
Y1, Y2, Yn - hisobot davri (hafta) davomida realizatsiya qilingan tovarlar 
bahosi. 
Har bir turdagi tovar bo‘yicha kotirovkalash hisobot haftasida tuzilgan barcha 
bitim ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalgaoshiriladi. 
Birja savdolarida hafta davomida (dushanba-juma) amalga oshirilgan bitimlar 
bo‘yicha kotirovkalash keyingi hisobot haftasining dushanba kuni soat 17.00 ga 
qadar amalgaoshiriladi. 
Keyingi hisobot haftasining dushanba kuni soat 17.00 dan boshlab birja 
o‘zining veb-saytida kotirovkalash bo‘yicha ma’lumotlarni joylashtiradi va uni 
ommaviy axborot vositalariga hamda o‘zining informormatsion byulletining 
obunachilariga taqdim etadi. 
Savdo sessiyasi o‘tkazilishidan oldin birja bitimlarini tuzishda birjada mazkur 
tovar turi bo‘yicha mazkur savdo sessiyasida bitimlar bahosi tebranishining 
cheklangan qiymati o‘rnatilishi mumkin. Bahoning cheklangan tebranish qiymati 
birja Boshqaruvi tomonidan o‘rnatiladi. Savdo ishtirokchilari tomonidan 
bitimlarning baholar tebranishiga rioya etilishini birja nazoratqiladi. 
Tovarni birja savdosiga qo‘yish uchun ruxsat berishda Listing komissiyasi 
ko‘pchilik potentsial sotib oluvchilar tomonidan tovar sotib olinishini imkoniyatini 
ta’minlash zaruratidan va raqobatning maksimal darajasidan kelib chiqib lot 
qiymatinibelgilaydi. 
Birjada: 
- bitim taraflari aynan bir shaxs bo‘lgan tovarlar bilan bitim tuzish; 
- baholar dinamikasiga ta’sir qilish maqsadi bo‘lgan bir shaxs tomonidan 
bevosita yoki soxta shaxs orqali tovarlar oldi-sotdi bitimlarini tuzish


54 
- birja a’zolarining narxlarning sun’iy ravishda o‘zgartirilishiga yoki qat’iy 
qilib qo‘yilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan kelishilgan xatti-harakatlar; 
- bozor kon’yunkturasini sun’iy ravishda o‘zgartirishga sabab bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri va ataylab yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish ta’qiqlanadi. 
Birja birja savdolari va ularning natijalari bo‘yicha axborotni oshkor etilishini 
ta’minlaydi. Birja o‘zining veb-saytida ochiq axborotga ruxsat etilishini ta’minlashi 
shart hisoblanadi. 
Birja Boshqaruvi birja savdolari ishtirokchilari, shuningdek savdolarda 
ishtirok etmaydigan tashkilotlarga axborot xizmati ko‘rsatishning shartlari va 
tariflarni mustaqil belgilaydi. 
Birja quyidagi axborotlarni ommaviy tarzda oshkor etadi: 
- birja savdosiga qo‘yilgan tovarlar haqidagi axborotni (kotirovkalash 
varag‘i); 
- birja tovarlarining o‘rtacha hisoblangan bahosi haqidagi axborotni
birjaa’zolarito‘g‘risidagiaxborotni,ularning bog‘lanishma’lumotlarini ko‘rsatgan 
holda; 
- birja tariflari to‘g‘risidagiaxborotni. 
Birja o‘zining rasmiy veb-saytida birja faoliyatini tartibga soluvchi normativ-
huquqiy hujjatlar va birjaning lokal hujjatlari matnlarining mavjud bo‘lishini 
ta’minlaydi. 
Birja savdolarini o‘tkazish haqidagi axborot birjaning korporativ chatida e’lon 
qilinadi va birja a’zolarining e’tiboriga havola qilingan hisoblanadi. 
Quyidagi ma’lumotlar tijorat sirini tashkil qiladi: 
- birja bitimining mazmuni (tovar nomi, miqdori, bahosi, tuzilgan vaqti va 
bitimni tuzgan birja a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari); 
- HKKP palatasi mijozlarining hisob varag‘i bo‘yicha operatsiyalar, shu 
jumladan xizmat ko‘rsatishda mijozning pul mablag‘lari va (yoki) ularning aylanishi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar,mijoz topshirig‘ining mazmuni; 
- birja bitimlari bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi, shu jumladan 
to‘langan bitimlar reestri va (yoki) topshirish hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 


55 
Tijorat sirini har qanday shaklda (og‘zaki, yozma yohud boshqa shaklda, shu 
jumladan texnika vositalaridan foydalangan holda) oshkor qilinishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Tijorat siri bilan muomala qilish tartibi va ushbu tartibga rioya 
etilishini nazorat qilish, shuningdek tijorat siridan foydalanishga ruxsat olgan 
shaxslarni hisobga olish birja Boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi. Birja 
Boshqaruvchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat siri va uni 
himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘riladi. Birja a’zosi tijorat sirini tashkil etuvchi 
ma’lumotlarni, shu jumladan mijoz bilan munosabat tugatilgandan keyin ham sir 
saqlashga majbur. 
Birja bitimi to‘g‘risidagi axborot (birja tovarining miqdori, kotirovkasi 
(bahosi), birja bitimi tuzilgan sanasidan tashqari) uchinchi shaxslarga oshkor 
qilinmaydi. Birja bitimlari to‘g‘risida axborot sudlarga, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi 
mavjud bo‘lganda esa, surishtiruv va tergov organlariga taqdimetiladi. 
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni 
moliyalashtirish bilan bog‘liq birja bitimining mazmuni to‘g‘risidagi axborot qonun 
hujjatlarida ko‘rsatilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga 
taqdimetiladi. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish