Nazorat savollari
1.
O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi faoliyati umumiy tavsifi
2.
O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasida savdo platformalari
3.
Birja elektron savdo tizimi
4.
Ko‘rgazma – yarmarka savdolarining elektron savdo tizimi
5.
O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasida “Avtoraqam”
platformasi
6.
Elektron davlat xaridlari
7.
O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasida “Mobilraqam”
platformasi
8.
O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birja savdolarining asosiy
afzalliklari va kamchiliklari
9.
Birja a’zolari, ularning huquq va majburiyatlari
10.
Birja a’zoligiga qabul qilish, a’zolikni to‘xtatish va tugatish tartibi
11.
Birja a’zolarini birja savdolarida ishtirok etishiga ruxsat berish tartibi
12.
O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasida brokerlik idoralari
va treyderlar faoliyati
13.
Tovarlarni birja savdolariga qo‘yishga ruxsat berishni amalga oshirish
tartibi
36
III BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKA TOVAR-XOM ASHYO BIRJASI
FAOLIYATI MEXANIZMI
3.1. Birja bitimlarining turlari va birja savdolarini o‘tkazish tartibi
Birja bitimi
birja tomonidan ro‘yxatga olingan, birja savdosining birjada qayd
etilgan natijasi bo‘yicha tuzilgan birja tovariga doir oldi-sotdi shartnomasidir.
Birjada quyidagi birja bitimlari amalga oshiriladi:
- spot bitimlari;
- forvard bitimlari.
Bunda spot bitimi, bu sotib oluvchi to‘lovni kechtirmasdan amalga oshirishi,
sotuvchi esa tovarlarni kechiktirmasdan yetkazib berishi lozim bo‘lgan bitimdir.
Forvard bitimi esa bu sotuvchi shartnomada belgilangan muddatda tovarni sotib
oluvchiga topshirishi, o‘z navbatida sotib oluvchi esa tovar haqini bitimda
kelishilgan muddatda va tartibda to‘lash va tovarni qabul qilib olish majburiyatini
olgan bitimdir.
Forvard bitimlari bitim shartlari asosida tovarni yetkazib berish va uning
haqini to‘liq to‘lash bilan yakunlanadi (yetkazib berish forvardi).
Birja bitimining namunaviy shakli birja Boshqaruvi tomonidan tasdqilanadi.
Birjalar tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini ta’minlash uchun quyidagilar
orqali shart-sharoitlar yaratadi:
-
kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish;
-
birja tovarlarini yetkazib berishni hisobga olishni amalga oshirish;
-
pul mablag‘larini va birja tovarlarini oldindan deponentga qo‘yishni
nazarda tutuvchi mexanizmlarni belgilash;
-
birja savdosi qoidalariga va birja bitimlari bo‘yicha majburiyatlarga rioya
etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Birja bitimlarining bajarilishini ta’minlash uchun bitimlar bo‘yicha barcha
hisob-kitoblar “yetkazib berishga qarshi to‘lov” printsipi asosida amalga oshiriladi.
Birja savdolarida tuzilgan bitimlar bajarilishining moliyaviy kafolatini
ta’minlash uchun birja savdolarida tuzilgan barcha bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblar
37
birjaning Hisob-kitob kliring Palatasi (keyingi o‘rinlarda HKKP) orqali amalga
oshiriladi.
Birja bitimlarining bajarilishini ta’minlash uchun qo‘shimcha sharoitlar
yaratish maqsadida birja qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Birja bitimlarining
bajarilishini ta’minlash fondini tashkil etish huquqgaega.
Birja savdolari birja Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan birja savdolari
sessiyasi jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.
Jadval birjaning rasmiy veb-saytida oldindan joylashtiriladi. Savdo sessiyalari
jadvalidagi o‘zgarish va qo‘shimchalar yangi jadval e’lon qilingan paytdan boshlab
kamida uch kundan keyin kuchga kiradi.
Savdolar ish kunlarida doimiy ravishda o‘tkaziladi. Barcha birja savdolari
faqatgina BSETda o‘tkaziladi.
Birja savdolari sessiyasi quyidagi davrlardan tashkil topadi:
- sotuv uchun buyurtma berish;
- sotib olish uchun buyurtma berish;
- birja a’zolari tomonidan berilgan qarama-qarshi buyurtmalarni birlashtirish
va tuzilgan bitimlar reestirini shakllantirish;
Birja a’zolari o‘z mijozlarining topshirig‘iga ko‘ra birja savdolarida birja
tovari bo‘yicha birja bitimlarini BSETga buyurtma berish orqali amalga oshiradilar.
Birja a’zosi birja savdolarida bitimni amalga oshirishda mijozning topshirig‘i
(buyrug‘i)ga qat’iy amal qilishi shart. Mijozning buyruqlari birja Boshqaruvi
tomonidan tasdiqlangan namunaviy shakllardaberiladi.
Birja a’zosi xizmat ko‘rsatayotgan mijozlari va ulardan qabul qilinadigan
topshiriqlar hisobini birja Boshqaruvi tomonidan tasdqlangan shakldagi jurnalda,
shu jumladan elektron ko‘rinishda qayd etib borishi va birjaning so‘roviga ko‘ra
ularni taqdim etishi shart.
Qog‘oz ko‘rinishidagi jurnal raqamlangan, tikilgan va birjaning muhri bilan
muhrlangan bo‘lishi shart. Jurnaldagi har bir topshiriqqa takrorlanmaydigan
ro‘yxatga olish raqami beriladi. Topshiriqlar jurnalga ular qabul qilingan vaqtga
38
mutanosib ravishda ketma-ketlikda kiritilishi kerak. Mijozning topshirig‘ini jurnalda
oldindan qayd etmasdan bajarishta’qiqlanadi.
Agar mijozning topshirig‘i boshqa mijozlar topshirig‘i bilan raqabatga
kirishsa, birja a’zosi topshiriqlarning kelib tushish vaqtiga mutanosib ravishda va
topshiriqlarni ro‘yxatga olish jurnalida qayd etilgan ketma-ketlikda navbati bilan
bajarishi shart.
Tovarni sotish yoki sotib olish uchun buyurtmalar faqat treyderlar tomonidan
berilishi mumkin. Buyurtmani taqdim etish bir tomonlama bitim hisoblanib, unga
muvofiq nomidan buyurtma berilgan shaxs namunaviy birja kontraktida belgilangan
shartlar asosida shartnoma tuzish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Sotishga berilgan buyurtma tovar kimning nomidan berilgan bo‘lsa, O‘sha
shaxsga tegishliligini va u uchinchi shaxslar huquqlariga ta’sir qilmasligini
tasdiqlaydi va ushbu shaxsga quyidagi majburiyatlarni yuklaydi:
- namunaviy kontraktda va berilgan buyurtmada belgilangan shartlarda
mahsulotni yetkazib berish;
- savdoda bitimni amalga oshirish yoki tovarni savdodan chiqarishdan boshqa
usulda tovardan foydalanmaslik.
Sotish uchun buyurtmada:
- namunaviy birja kontraktining identifikatsiya raqami;
- savdoga qo‘yiladigan lotlar soni;
- lot uchun boshlang‘ich narx ko‘rsatilishi kerak.
Sotish uchun buyurtma birjaning korporativ chatida savdodan bir kun oldin
e’lon qilingan savdoni o‘tkazish bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirilgan jadval
asosida birja savdolari sessiyasi boshlanishidan oldin joylashtiriladi.
Yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar sotuvchilari manfaatida sotish
uchun berilgan buyurtma asosida savdoga qo‘yiladigan mahsulotlar miqdori
mahsulotlarni qayta savdoga qo‘yish qonun hujjatlarida nazarda tutilganligini
inobatga olgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan
mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish jadvaliga muvofiq bo‘lishi shart. Yuqori
likvidli va monopol turdagi mahsulotlar sotuvchilari tomonidan savdoga
39
qo‘yilayotgan
tovarlar
miqdorining
muvofiqligi
bo‘yicha
majburiyatlari
bajarilishining nazorati birja tomonidan haqiqatda savdoga qo‘yilgan mahsulotlar
miqdorini savdoga qo‘yish jadvalida ko‘rsatilgan miqdorga hamda mahsulotlarni
qayta savdoga qo‘yish bo‘yicha majburiyatlarga kunlik taqqoslash yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Birja korxonalar - yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar sotuvchilari
tomonidan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan ma’lumotlarni O‘zbekiston
Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish
davlatqo‘mitasininge’tiboriga mazkur Qo‘mita hamda birja tomonidan o‘zaro
belgilangan muddat va tartibda etkazadi.
Buyurtma berishdan oldin sotuvchilar va sotib oluvchilarning shaxsiy hisob
raqamiga qonun hujjatlariga muvofiq birja tomonidan belgilangan miqdordagi
kafolat ta’minot mablag‘i kiritilishi shart. Kiritiladigan kafolat ta’minot mablag‘i
miqdori birja va hisob-kitob- kliring Palatasining komissiya to‘lovlarini, shuningdek
birja shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning buzilish ehtimoli borligi uchun
neustoyka to‘lovini ta’minlovchi bo‘nakni o‘z ichigaoladi.
BSET shaxsiy hisob raqamida etarli mablag‘i bo‘lmagan shaxs manfaatida
bitimlar tuzilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Sotib olish uchun buyurtma u kimning nomidan berilgan bo‘lsa, O‘sha shaxs
zimmasiga namunaviy birja kontrakti va bergan buyurtmasida belgilangan
shartlarda tovar haqini to‘lash va tovarni tanlab olish majburiyatini yuklaydi.
Sotib olish uchun buyurtmada:
- namunaviy birja kontraktining identifikatsiya raqami;
- savdoda sotib olinadigan lotlar soni;
- lot uchun taklif etilayotgan narx ko‘rsatilishi kerak.
Qonun hujjatlarida yoki birja tomonidan narx o‘zgarishining yuqori miqdori
qat’iy belgilangan tovarlar bo‘yicha sotib olish uchun buyurtma faqatgina mazkur
yuqori miqdorlarga amal qilgan holda berilishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar yoki vakolatli davlat organlari qarorlari
talablariga javob bermaydigan mijozlar nomidan u yoki bu birja tovarini sotib
40
oluvchilarga nisbatan sotib olish uchun buyurtma berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vakolatli davlat organlari tomonidan o‘rnatilgan parametrlarni buzadigan
buyurtmalar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan alohida talablar qo‘yilgan birja tovarini
sotib olish uchun buyurtma mijozning mazkur tovarni sotib olish huquqiga ega
ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan asoslantirilgan bo‘lishi shart.
Birja a’zosi BSETga buyurtma berishdan oldin birja tovarini potentsial sotib
oluvchisidan tegishli hujjatlarni olishi shart.
Sotib olish uchun buyurtma birja a’zosi tomonidan birja savdolari sessiyalari
jadvalida belgilangan sotuvchi tomonidan tovar savdoga qo‘yilgandan
so‘ngberiladi.
Birja a’zosi kiritilgan buyurtmani quyidagi hollarda qaytarib olishga haqli:
- qaytarib olingan buyurtma o‘rniga yuqoriroq narx ko‘rsatkichli yangi
buyurtma berilganda;
- buyurtmasi “buyurtmalar stakani”dan tushib qolganda (ancha yuqori narx
ko‘rsatilgan raqobatchi buyurtma berilganligi va ushbu buyurtmaning narx
paramertlari asosida bitim tuzish mumkin bo‘lmaganligi sababli buyurtmaning
bahosi o‘z dolzarbligini yo‘qotganda).
Sotib olish uchun buyurtma birja a’zolari tomonidan faqat ro‘yxatga olingan
joylaridaberiladi.
Birja savdolari boshlang‘ich narxning oshirib borishida ifodalangan oddiy
auksion shaklidao‘tkaziladi.
BSET birja a’zolariga raqobat asosida o‘tkaziladigan savdolar jarayonida
asosli, shu jumladan narxni shakllantirish masalalariga oid qarorlar qabul qilish
uchun “buyurtmalar stakani”ga kirish huquqini ta’minlaydi.
“Buyurtmalar stakani” ayni vaqtda elektron savdo tizimi kompleks dasturiga
kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha buyurtmalarga oid narx va miqdorlar bo‘yicha
ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi.
41
BSET birja a’zosiga o‘zining buyurtmalarini identifikatsiyalay olishi va
ularning raqobatbardoshligini aniqilay olishi uchun birja a’zosining buyurtmasini
alohida rang yoki boshqa vosita orqali ajratilishini ta’minlaydi.
Buyurtmalari “Buyurtmalar stakani”ga kiritilgan boshqa birja a’zolari
haqidagi ma’lumotlar aks ettirilmaydi.
BSET birja savdolari g‘oliblarini birja a’zolari tomonidan birja tovari
sotuvchisining manfaatida BSETga sotish uchun berilgan buyurtmalarni baho
parametrlari sotuvchining baho paramertlari bilan teng yoki undan yuqori bo‘lgan
sotib olish uchun berilgan buyurtmalarni birlashtirish orqali jadvalda belgilangan
birja savdolari sessiyalari vaqtida aniqlaydi.
Bunda birinchi navbatda sotuvchining buyurtmasi bilan eng yuqori bahoni
taklif etgan sotib oluvchilarning buyurtmalari birlashtiriladi. Sotib oluvchilar
tomonidan bir xil bahodagi buyurtmalar berilgan bo‘lsa, birinchi navbatda
raqobatchi buyurtmalarga nisbatan BSETga ertaroq berilgan buyurtmalar bilan
sotuvchining buyurtmasi birlashtiriladi.
Birja xodimlari yoki boshqa shaxslarning birja savdolariga aralashishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Buyurtmalarni birlashtirish va birja savdolari g‘olibini aniqlash jarayoniga,
shu jumladan ruxsat berilmagan birja dasturi ta’minotidan foydalangan holda
aralashish narxlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |