manipulyatsiyalash
deb baholanadi.
Sotuvchi va sotib oluvchi tomonidan bitta shaxsiy hisob raqamda bitim
tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday bitimni amalga oshirish narxlarni
manipulyatsiyalash debbaholanadi.
Sessiya yakunlangunga qadar keyinchalik buyurtmalardagi ma’lumotlarni
o‘chirish orqali sessiya davomida buyurtma berish yo‘li bilan birja tovarining
narxini oshirish narxlarni
manipulyatsiyalash
deb baholanadi.
Birja savdolarida birja tovari narxini sun’iy ravishda oshirish yoki
pasaytirishga olib keladigan birja a’zolarining harakatlari
narxlarni
manipulyatsiyalash
, deb baholanadi.
42
Birja savdolari alohida turdagi mahsulotlarni birja savdolarida realizatsiya
qilishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talabari hisobga olingan holda
o‘tkaziladi. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan
birja
savdolarini
o‘tkazishning
boshqa
maxsus
shartlari
belgilanishimumkin.
Agar mijozning buyrug‘ini bajarish qonun hujjatlari va (yoki) savdo
qoidalarning buzilishiga olib kelsa, birja a’zosi mazkur buyruqni bajarishni rad
etishga majbur.
3.2. Birja savdosi natijalari va birja bitimlarini rasmiylashtirish va
ro‘yxatga olish tartibi
Qarama-qarshi buyurtmalarni birlashtirish natijasi bo‘yicha BSET birja savdo
sessiyasi yakunlangan paytdan boshlab bir soat ichida amalga oshirilgan bitimlarni
shakllantiradi va ro‘yxatga oladi, shundan so‘ng Makleriat va Hisob-kitob kliring
palatasi (keyingi o‘rinlarda HKKP)ga kelib tushadigan amalga oshirilgan bitimlar
(savdo bayonnomalari) reestrini shakllantiradi.
Amalga oshirilgan bitimlar (savdo bayonnomalari) reestrining shakli birja
Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
HKKP O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tariflarga
muvofiq birja bitimlarini ro‘xatga olganlik va kliring xizmatlari ko‘rsatganlik uchun
birja foydasiga komission yig‘im undirilishini ta’minlaydi. Komissiya yig‘imi
kelusida bitimning rasmiylashtirilishi yoki rasmiylashtirilmasigidan qat’iy nazar
undiriladi.
Savdo sessiyasi yakunlani bo‘yicha Makleriat amalga oshirilgan bitimlar
reestri asosida birja filiallarining maklerlari va savdo maydonchalari registratorlari
orqali birja a’zolariga ular tomonidan amalga oshirilgan barcha birja bitimlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Birja bitimi amalga oshirilgan bitimlar reestri asosida BSET tomonidan
avtomatik tarzda namunaviy birja kontraktida belgilangan shartlarga muvofiq
shakllantiriladi.
43
Birja bitimida:
-
birja savdosi sanasi va raqami; birja bitimi raqami;
-
birja shartnomasi tomonlari (sotuvchi va sotib oluvchi)ning rekvizitlari;
-
bitimni amalga oshirgan birja a’zolarining rekvizitlari;
-
shartnoma predmeti;
-
tovar nomi;
-
birja kontraktining raqami;
-
o‘lchov birligi;
-
o‘lchov miqdori;
-
har bir birlikning bahosi;
-
har bir birlikning boshlang‘ich bahosi; har bir lot qiymati;
-
har bir lotning bolnag‘ich bahosi; shartnoma summasi;
-
pul birligi; qadoq turi;
-
tovarni yetkazib berish va to‘lovni amalga oshirish muddatlari va shartlari;
-
taraflarning majburiyatlari;
-
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda
tomonlarningjavobgarligi;
-
nizolarni birjaning Arbitraj komissiyasida sudgacha hal etish; namunaviy birja
kontraktiga muvofiq alohida shartlar ko‘rsatiladi.
Amalga oshirilgan barcha birja bitimlarini rasmiylashtirilish talab etiladi.
Birja tovariga nisbatan uning a’zolari tomonidan birja savdolari
o‘tkazilmasdan tuzilgan birja bimimlarini birja tomonidan ro‘yxatga olinishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Birja a’zosi o‘zi tomonidan amalga oshirilgan barcha bitimlarni tekshirishi,
imzolashi, muhr qo‘yishi va ularni savdo sessiyasi yakunlangan paytdan boshlab
ikki soatdan kechiktirmasdan birja filialining makleriga (savdo maydonchasi
registratoriga) topshirish shart.
Birja a’zosi - sotuvchi va birja a’zosi – sotib oluvchining birja bitimi nusxalari
birja filiali makleri (savdo maydonchasi registratori)ning muhri bilan tasdiqlanadi,
shundan so‘ng bitim rasmiylashtirilganhisoblanadi.
44
Birja bitimini rasmiylashtirish bitimni tuzgan birja a’zosining joylashgan
(ro‘yxatga olingan) joyida amalgaoshiriladi.
Birja bitimlari nusxalari birja a’zosi – sotuvchi va (yoki) birja a’zosi – sotib
oluvchi, shuningdek makler yoki registrator tomonidan rasmiylashtirilmaganda
bitim tuzilmaganhisoblanadi.
Sotuvchi va sotib oluchining bitim bo‘yicha huquq va majburiyatlari birja
bitimi rasmiylashtirilgan paytdanboshlanadi.
Sotib oluvchining manfaatida harakat qilayotgan birja a’zosi birja filialining
makleriga yoki savdo maydonchasi registratoriga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
- mijoz bilan tuzilgan topshiriq shartnomasi (komissiya shartnomasi);
- birja savdosida birja tovarini sotib olish haqidagi buyruq (agar topshiriq
shartnomasi yoki komissiya shartnomasida tovarni sotib olish bo‘yicha mijozning
ko‘rsatmasini bir marta bajarish nazarda tutilgan bo‘lmasa);
- birja tovarini sotib olishga ushbu mijozning vakolati borligini tasdiqlovchi
hujjatlar (agar qonun hujjatlarida birja tovarni sotib olish uchun sotib oluvchilarning
alohida toifalari nazarda tutilgan bo‘lsa).
Birja bitimini rasmiylashtirish uchun mas’ul filial maklerlari (savdo
maydonchalari registratorlari) birja a’zosidan buyruqlarni ro‘yxatga olish kitobini
talab qilib olishga haqli.
Birja eksport bitimini (eksport kontraktini) ro‘yxatga olishda unga
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 21.05.2004 yilda 1365- raqam bilan
ro‘yxatga olingan Tashqi savdo shartnomalariga identifikatsiya raqami berish
to‘g‘risidagi Nizom (“O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami”, 2004 y,
№ 20, 247-modda)ga muvofiq raqam beriladi.
O‘tkazilgan birja savdosi natijasida chet el valyutasida tuzilgan eksport
kontrakti birja yoki uning vakolatli organi (filial, savdo maydonchasi) tomonidan
qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatga olinadi.
Birjada ro‘yxatga olingan standart eksport kontraktlari bir ish kuni ichida
hisobga qo‘yish uchun kontrakt tuzilgan joydagi hududiy bojxona organlariga
yuboriladi.
45
Eksport kontraktlarini sotuvchining vakolatli banki va bojxona organlarida
hisobga qo‘yish ular o‘rnatilgan tartibda birjalarda ro‘yxatga olingandan so‘ng
amalga oshiriladi.
Eksport qilinadigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qonun hujjatlarida
ko‘rsatilgan tartibda sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ertalabgi sessiyalar yakunlanganidan keyin soat 15:00 ga qadar, kechki
sessiyalar yakunlanganidan keyin esa keyingi kun soat 9:10 ga qadar savdo
maydonchasi registratori birja filialining makleriga (hududiy joylashuviga ko‘ra) u
tomonidan rasmiylashtirilmagan, shu jumladan savdo Qoidalarning 155-bandida
ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra, birja bitimlari haqidagi ma’lumotni yuboradi.
Ertalabgi sessiyalar yakunlanganidan keyin soat 15:30 ga qadar, kechki
sessiyalar yakunlanganidan keyin esa keyingi kun soat 9:30 ga qadar birja filialining
makleri Makleriatga (hududiy joylashuviga ko‘ra) uning tomonidan (shu jumladan
savdo
Qoidalarining
155-bandida
ko‘rsatilgan
sabablarga
ko‘ra)
rasmiylashtirilmagan birja bitimlari, shuningdek savdo maydonchasi registratoridan
olingan ma’lumotlarni yuboradi.
Makleriat savdolar o‘tkazilgan kunning ertasi soat 10:00 dan kechiktirmasdan
ma’lumotlarni umumlashtiradi, rasmiylashtirish uchun topshirilmagan birja
bitimlari haqidagi ma’lumotlarni aybdor brokerlarga nisbatan chora ko‘rish uchun
Intizom komissiyasiga, ushbu bitimlarni kliringga kiritmaslik uchun HKKPga,
shuningdek nizo mavjud yoki mavjud emasligiga qarab savdo Qoidalarning 155-
bandida nazarda tutilgan holatlarni ko‘rib chiqish uchun Aribitraj yoki Intizom
komissiyasiga yuboradi.
HKKP Makleriatning xarbarnomasida ko‘rsatilgan bitimlarni kliringga
kiritmaydi va ushbu bitim tomonlarining pul mablag‘larini ozod qiladi, savdo
Qoidalarning 155-bandida ko‘rsatilgan nizoli holatlar bundan mustasno.
Savdo Qoidalarning 155-bandida ko‘rsatilgan nizoli holatlarda HKKP
tomonlarning pul mablag‘lariga Arbitraj komissiyasi tomonidan qaror chiqarilgunga
qadar band solib qo‘yadi.
46
Broker o‘zi tomonidan amalga oshirilgan bitimlarni qabul qilib olishdan,
imzolashdan va (yoki) filial makleriga (savdo maydonchasi registratoriga)
rasmiylashtirish uchun (shu jumladan xatolik sababli berilgan buyurtmalar bo‘yicha
ham) topshirishdan, shuningdek savdo Qoidalarning 155-bandida ko‘rsatilgan
bitimlarni amalga oshirishdan yoki birja (savdo maydonchasi) oldi-sotdi
shartnomasini rasmiylashtirishdan bosh tortgan taqdirda aybdor tarafdan jarima
undriladi.
Birja filialining makleri yoki savdo maydonchasi registratori tomonidan birja
bitimlarini rasmiylashtirishdan bosh tortgan taqdirda (mazkur Qoidalarning 155-
bandida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari) birja a’zosi qonunbuzilishini ko‘rib
chiqish uchun birjaga ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Ariza birjaga kelib tushgan paytdan boshlab bir kunlik muddat ichida ko‘rib
chiqiladi. Bitimni rasmiylashtirish asossiz rad etilgan bo‘lsa, u birja tomonidan
darhol rasmiylashtiriladi. Birja filialining makleri yoki savdo maydonchasi
registratori tomonidan bitimni rasmiylashtirish asossiz rad etilganligi uchun birjadan
yoki savdo maydonchasidan jabrlangan birja a’zosi foydasiga jarima undiriladi.
Birja a’zosiga nisbatan jarima qo‘llash haqidagi qaror Intizom komissiyasi
tomonidan qabul qilinadi. Intizom komissiyasining qarori birja a’zosiga yuboriladi.
Qo‘llanilgan jarima o‘n bank ish kuni ichida to‘lanmasa, aybdor birja a’zosi
jarima to‘liq to‘langanga qadar birja savdolaridan chetlashtiriladi.
Bitim normativ-huquqiy hujjatlar, vakolatli davlat organlari qarorlari
talablariga zid ravishda amalga oshirilgan bo‘lsa, shuningdek mijoz – sotib oluvchi
normativ-huquqiy hujjatlar, vakolatli davlat organlari qarorlariga muvofiq kelmasa,
birja filialining makleri va savdo maydonchasi registratori birja bitimini
rasmiylashtirmaydi.
Savdo qoidalarning 155-bandida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan nizo vujudga
kelsa, ushbu holatlarning mavjudligi faktini tasdiqlash yoki inkor etish maqsadida
nizolar Aribitraj komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qonunbuzilish holati
mavjudligi fakti inkor etilsa, Arbitraj komissiyasi birja tomonidan bitimdan bandni
echish bo‘yicha qaror qabul qiladi, bu haqda tomonlarga, Makleriatga va HKKPga
47
xabar beriladi. Qonunbuzilish holati mavjudligi fakti tasdiqlansa, Arbitraj
komissiyasi bitimni amalga oshirilmagan deb toshish to‘g‘risida qaror qabul qiladi
va uni HKKPga tomonlarning pul mablag‘lariga solingan bandni echish uchun,
Intizom komissiyasiga aybdor birja a’zosiga chora ko‘rish uchun yuboradi
Savdo qoidalarning155-bandida ko‘rsatilgan qonunbuzilishlar yuzasidan nizo
mavjud bo‘lmasa, mazkur holatlarni Intizom komissiyasi ko‘rib chiqadi va ko‘rib
chiqish natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Birja a’zosi tomonidan mijozning ko‘rsatmasi (buyrug‘i)ga zid ravishda bitim
tuzilganligi haqida dalillar mavjud bo‘lsa, mijoz birja a’zosining javobgarligini
belgilash haqida Intizom komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishga, shuningdek
birja a’zosidan o‘ziga etkazilgan zararni sud tartibda undirishni talab qilishga haqli.
Mazkur Qoidalarning 155-bandida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari, birja
tomonidan rasmiylashtirilgan bitimlarni tomonlarning o‘zaro roziligi bilan bekor
qilish haqidagi ariza va murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.
Birjada savdolarning o‘tkazilishini yoki normal o‘tkazilishini buzadigan, birja
tovarlari bilan savdo o‘tkazilishini mumkin bo‘lmaydigan qilib qo‘yadigan yoki
birja a’zolarining savdolarda ishtirok etishiga to‘sqinlik qiluvchi favqulotda holatlar
yuz berishi natijasida birja savdolari o‘tkazilmagan deb topilishi, uning natijalari esa
bekor qilinishi mumkin.
Savdolar o‘tkazilmagan deb topilgan taqdirda birja tomonidan komissiya
yig‘imlari undirilmaydi.
Favqulodda holatlarga quyidagilar kiritilishi mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari yoki qonunosti hujjatlarining
qabul qilinishi yoki ularga har qanday o‘zgartirish kiritilishi;
- qonun hujjatlari bilan birjaga berilgan vakolatlariga kiritilgan masalalar
bo‘yicha davlat boshqaruvi organlarining birjaga yuborilgan farmoyish yoki
ko‘rsatmalari;
- yong‘in yoki boshqa baxtsiz hodisalar;
- birja egallagan binolarning buzilishi yoki ularga jiddiy shikast etkazilishi;
48
- elektr energiyasining o‘chishi yoki uning yetkazib berilishida uzilishlar
bo‘lishi, birjaning ixtiyorida bo‘lgan texnik vositalar bilan normal holatga keltirish
imkonibo‘lmasa;
- hisoblash texnikalari, orgtexnika, aloqa vositalari, shu jumladan
telekommunikatsiyadagi dasturiy ta’minotning yaroqsizligi yoki ishdan chiqishi;
- birja xodimlari va (yoki) treyderlar, birja a’zolarining hayoti va sog‘ligiga
xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan birja binosida sodir bo‘lgan har qanday holatlar;
- savdolarni normal o‘tkazilishini mumkin qilmay qo‘yadigan favqulotda,
kutilmagan va bartaraf etib bo‘lmaydigan xarakterga ega bo‘lgan har qanday boshqa
holatlar.
Natijalari bekor qilingan birja savdolari chog‘ida amalga oshirilgan bitimlar
amalga oshirilmagan hisoblanadi va ularni rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bekor qilingan miqdorlar sotuvchi tomonidan qayta savdoga qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |