MOBILRAQAM platformasi
MOBILRAQAM
- chiroyli sonlar kombinasiyasiga ega uyali telefon
raqamlarini sotish bo‘yicha yangi savdo platformasi. Onlayn auksionda ham yuridik
(B2B) va ham jismoniy (B2C) shaxslar ishtiroq etishlari mumkin. Yangi savdo
mexanizmi, O‘zRTXBning boshqa savdo platformalari kabi ochiqlik, oshkoralik,
sog‘lom raqobat va savdo ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni yaratib berish
tamoyillariga asoslangan.
2.2. Birja a’zolari, ularning huquq va majburiyatlari
Tovar-xomshyo birjasida savdolar “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo
birjasida birja savdolarini o‘tkazish Qoidalari” asosida tashkil etiladi.
27
Qoidalar “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2014 yil 22
sentyabr, 38-son, 481-modda), birja faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarga muvofiq O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida birja
savdolarini o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Qoidalar O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasiga (keyingi
o‘rinlarda birja deb ataladi), birja a’zolari va ularning treyderlariga, birja a’zolari
tomonidan nomidan birja bitimlari tuzadigan yuridik va jismoniy shaxslarga, shu
jumladan norezidentlarga, shuningdek birja bitimlarini amalga oshirish, ro‘yxatga
olish, rasmiylashtirish va bajarishda hamda ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga
oshirishda bevosita qatnashadigan yoki ko‘maklashadigan shaxslarga nisbatan
tadbiq etiladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarida mazkur
Qoidalarda belgilanganidan boshqacha qoidalar o‘rnatilgan bo‘lsa, normativ-
huquqiy hujjatlar qoidalari qo‘llaniladi. Birjaning ichki hujjatlari asosida
belgilanadigan nizom va tartiblar mazkur Qoidalarga mos bo‘lishi lozim.
Birja a’zolari, ularning huquq va majburiyatlari “Birja a’zolari, ularning
huquq va majburiyatlari to‘g‘risida”gi nizom bilan tarttibga solinadi. Unga davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari birja a’zolari bo‘lishi mumkinemas. O‘z
navbatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari
hamda birja xodimlari birja a’zosi bo‘lgan yuridik shaxsning muassisi va mansabdor
shaxsi bo‘lishi mumkinemas.
Birja a’zoligiga qabul qilish, a’zolikni to‘xtatish va tugatish tartibi
“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida birja savdolarini o‘tkazish
Qoidalari” bilan belgilanadi. Birja a’zoligiga to‘lov asosida qabul qilinadi.
Birjaning har bir a’zosiga birja tomonidan birja a’zosining individual raqami
beriladi, alohida elektron pochta manzil va shaxsiy (xona) kabinet ochiladi. Birja
bitimlarini mijoz nomidan va uning hisobidan tuzuvchi birja a’zosi
broker
hisoblanadi.
28
Diler va brokerning funksiyalarini bitta birja a’zosi o‘rindoshlik asosida
amalga oshirishiga ruxsat etiladi. Birja a’zolari cheklanmagan sondagi mijozlarga
xizmat ko‘rsatishi mumkin. Birja a’zosi va uning mijozi o‘rtasidagi munosabatlar
ular o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnoma shartlari
“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida birja savdolarini o‘tkazish
Qoidalari”ga zid bo‘lmasligi shart.
Birjada birja a’zolari o‘z mijozlarining manfaatlarini o‘z treyderlari orqali,
shu jumladan mijozlarning manfaatlariga ta’sir etuvchi masalalar muhokama
qilinadigan birja komissiyalarida qatanashish yo‘li bilan himoya qilishlari mumkin.
Birja a’zosi cheklanmagan sondagi treyderlarni ishga jalb qilishimumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, shuningdek birjaning
xodimlari treyder sifatida ishlashga haqli emas.
Treyder faqatgiga bitta birja a’zosida faoliyatini amalga oshirishga haqli. Birja
a’zosi va treyder o‘rtasida munosabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Birja a’zolarining treyderlari malaka talablariga javob berishlari kerak.
Treyderlar birja faoliyatiga oid qonun hujjatlarini, “O‘zbekiston respublika tovar-
xom ashyo birjasida birja savdolarini o‘tkazish Qoidalari”ni, birja savdolarini tashkil
etish, birja bitimlarini tuzish va bajarishni tartibga soluvchi birjaning ichki
hujjatlarini bilishlari shart. Treyderlarning malaka talablariga javob berishi birja
Boshqaruvi tomonidan o‘rnatilgan tartibda test o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi.
Treyder o‘zining harakati yoki harakatsizligi bilan birja a’zosiga zarar
yetkazgan taqdirda birja a’zosi ushbu zarar to‘liq to‘langunga qadar birjadan
treyderning boshqa birja a’zosida treyder sifatida ishlashini cheklashni talab qilish
huquqiga ega. Lekin bunda ular o‘rtasida tuzilgan shartnomada birja a’zosiga
shunday huquq berilgan bo‘lishi lozim.
Birja va birja a’zosi o‘rtasidagi rasmiy yozishmalar, shuningdek boshqa
ma’lumotlarni yuborish pochta aloqa xizmati, birja elektron pochtasi yoki shaxsiy
kabinet orqali amalga oshiriladi.
Birja a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
- birja savdolarida ishtirok etish va birja bitimlarini tuzish;
29
- birja komissiyalari faoliyatida ishtirok etish;
- birja savdo qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- birja tomonidan taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish;
- har bir birja savdosining yakunlari to‘g‘risida axborot olish va boshqalar.
Birja a’zolari majburiyatlari esa quyidagilar:
-
birjada o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga, mazkur Qoidalarga va birjaning
ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshirishlari;
-
mijozga uning manfaatlarini ko‘zlab tuziladigan birja bitimlari, shuningdek
uning topshiriqlari bajarilishi bilan bog‘liq to‘liq axborotni o‘z vaqtida taqdim
etishlari;
-
birjaga o‘zlarining birja savdolarida ishtirok etganligi hamda birja
bitimlarini tuzganligi bilan bog‘liq to‘liq axborotni o‘z vaqtida taqdimetishlari;
-
mijoz bilan shartnoma tuzayotganda uni mazkur Qoidalar hamda kliring va
hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalari bilan tanishtirishlari;
-
o‘z hisobidan va mijoz hisobidan tuzilgan birja bitimlarining alohida
hisobini yuritishlari;
-
o‘z mijozlari pul mablag‘larining alohida-alohida hisobini yuritishlari;
-
birja tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga
oshirishlari;
-
birja komissiyalarining o‘zlariga taalluqli qarorlarini bajarishlari;
-
rekvizitlari o‘zgarganligi haqida birjaga o‘zgarish bo‘lgan kundan boshlab
o‘n kunlik muddat ichida xabar berishlari;
-
kuniga kamida bir marta birja tomonidan ochilgan o‘zining elektron
pochtasini va shaxsiy kabinetini tekshirishlari;
-
birja binosida jamoat tartibi va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari va
boshqalar.
Birja a’zolari va ularning treyderlariga quyidagilar ta’qiqlanadi:
-
yolg‘on, tasdiqlanmagan yoki insayderlik ma’lumotlarni birja xodimlari va
a’zolari o‘rtasida tarqatish;
-
savdo vaqtida birja tomonidan o‘rnatilgan tizimlardan farq qiluvchi
30
operatsion tizimlardan foydalanish;
-
birja a’zosining kompyuter terminalida birja tomonidan o‘rnatilgan plomba
(stiker)larni buzish.
Birja Boshqaruvi tomonidan treyderlarning kasbiy odob-axloq qaidalariga
taalluqli boshqa talablar ham qo‘yilishimumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |