329
munosabatda bo‘layotgan bo‘lsa qo‘llaniladi. Qayd etilayotgan jarayonda bevosita
talabning quyidagi qoidalarga muvofiq bo‘lishi muhim ahamiyatga ega:
1)
talab ijobiy mazmunga ega bo‘lishi, bolalarni aniq xatti-harakatlarni
tashkil etishga yo‘naltirishi, ular tomonidan tashkil etilayotgan muayyan harakatlarni
ta’qiqlash yoki to‘xtatishga xizmat qilmasligi lozim. Albatta, tarbiya jarayonida
ma’lum ta’qiqlardan bolalar belgilangan ijtimoiy hulq-atvor qoidalarni buzganlarida
samarali foydalanish zarur. Biroq talablarning faqatgina ta’qiqlardan iborat bo‘lishi
pedagogik jihatdan noto‘g‘ridir. Talablarning qo‘yilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad
ular e’tiboriga bolalarning ijobiy hulq-atvori va faoliyati
uchun harakat dasturining
berilishi bilan tavsiflanadi.
2)
bevosita talab aniq maqsadga yo‘naltirilgan, to‘laqonli ifodalangan
mazmunga ega, aniq va tushunarli bo‘lishi lozim. Dastlabki paytlarda bolalarning
yangi harakatlarini rag‘batlantirganda talab yo‘l-yo‘riq berish bilan qo‘shilib
ketganday bo‘ladi. Bunday holat talablar mazmunini soddalashtirib, mohiyatini aniq
yoritib beradi;
3) ota-onalar tomonidan ifodalanayotgan har bir oqilona talab, albatta, bajarilishi,
yakuniga yetkazilishi kerak.
Shuni yodda tutish kerakki, har bir yangi talabning bajarilishi ota-onalar
tomonidan qo‘yiluvchi navbatdagi talablarining kuchi va ta’sirchanligini
oshiradi,
bolada ota-onasining irodasiga ongli yondashish odatini shakllantiradi. Har bir
bajarilmagan talab esa, aksincha, navbatdagi talablarning samaradorligini pasaytirdi.
Bevosita talablarning ijrosi haqida so‘z yuritilganda, ularning qat’iy, ishonarli
ohangda bayon etilishi muhim ekanligiga e’tiborni qaratish talab etiladi. U vazmin,
jiddiy holatda ifoda etilishi, baqiriqqa, bolani haqorat
qilishga aylanib qolmasligi
kerak.
Bilvosita talablarda ota-onalarning maqsadi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalanmay, balki,
bir qadar yashirin tarzda bo‘ladi. Talabalarni qo‘yishda rag‘batlantirishdan ham
foydalaniladi. Rag‘batlantirish omili sifatida faqat talabning o‘zidan emas, balki bir
qator psixologik omillar, ya’ni, bolaning ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari, hayotiy
330
ehtiyojlari va qiziqishlariga tayaniladi. Bevosita talablarni mohiyatiga ko‘ra quyidagi
uch guruhga bo‘lish mumkin:
1.
Ota-onalarning farzandlariga bo‘lgan ijobiy munosabatini ifodalovchi
talablar. Bular – iltimos, ishonch, ma’qullashdir. Ayni o‘rinda
ularni
ijobiy talablar
deya nomlash mumkin.
2. Ota-onalarning bolalarga bo‘lgan munosabatini yaqqol ifodalovchi hamda
farzandlarni muayyan faoliyatga rag‘batlantiruvchi munosabatlar mohiyatini
yorituvchi talablar. Bular – maslahat, sha’ma, shartli talab va o‘yin shaklidagi talabdir.
3. Bolalarning u yoki bu ahloqiy xislatlariga salbiy munosabatni namoyish
etuvchi talablar. Bular – ishonchsizlik bildirish va do‘q qilishdir. Ularni
salbiy talablar
deb atash mumkin.
Talab
mazmun jihatidan ham, shakl jihatidan ham rivojlanib boradi. Yuqorida
aytib o‘tilganidek, pedagogik vaziyatlar o‘zgarmas holat emas, ular doim o‘zgarib
turadi. U yoki bu metodlarni tatbiq etib, bolalar faoliyatida muvaffaqiyatga erishar
ekanlar ota-onalar mavjud vaziyatning zarur yo‘nalishida rivojlanishini boshqaradi.
Ota-ona bevosita talablarni qo‘yar ekan, bolalar bilan
muayyan munosabatlarga
kirishadi va ayni vaqtda ularda bajariladigan faoliyatga munosabatni shakllantiradi.
Shu bilan u bevosita talablarning muvaffaqiyatli tatbiq etilishi uchun shart-sharoit
hozirlaydi.
Shu bilan birga, tarbiya jarayonida ijobiy talablardan ko‘proq foydalanilayotgan
oilalarda ota-onalarning bolalarni hurmat qilishlari, ularga nisbatan mehribon
ekanliklariga guvohi bo‘ldik. Shuningdek, bunday oilalarda
bolalar tomonidan ota-
onalar tomonidan bildirilayotgan ko‘rsatmalarning aniq bajarilishi kuzatildi. Aksincha,
salbiy metodlarni suiiste’mol qiladigan ota-onalarni bolalar hurmat qilmaydilar, oilada
intizom mavjud emas, tarbiyaviy jarayon samarali tashkil etilmaydi.
Bu albatta, tasodifiy emas. Bolalarga ijobiy munosabatda bo‘ladigan, ularga
bo‘lgan munosabatlarini ishonch bilan ifodalaydigan ota-onalarning o‘z faoliyatlaridan
qoniqish hosil qiladi. Bunday muhitda bolalar bilan ota-onalarning samimiy
munosabatlari rivojlanadi. Va aksincha, ota-ona bolalar faoliyatini nazorat qila
olmasa, ularda ma’naviy-ahloqiy
sifatlarni, shuningdek, ijtimoiy-foydali mehnatni
331
tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantira olmasalar tarbiyasi samaradorligi to‘g‘risida
so‘z yuritish befoydadir. Bunday oilalarda tarbiyaviy jarayon doimiy do‘q-po‘pisa,
asabiylik asosida tashkil etiladi.
Xulosa qilib aytganda, oila muhitida tarbiya metodlaridan samarali foydalanish,
bolalarni ijtimoiy-foydali mehnatga o‘rgatish alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun ham
bolalar bilan yaxshi munosabat o‘rnatish uchun ijobiy metodlarni ko‘proq va salbiy
metodlarni kamroq ishlatish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: