Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


TARBIYACHILIK KASBIDA PORTFOLIONING AHAMIYATI VA



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

TARBIYACHILIK KASBIDA PORTFOLIONING AHAMIYATI VA 
YURITILISH TARTIBI. 
Imamova N.Z.
 Nizomiy nomidagi TDPU o’qituvchisi 
Yosh avlod tarbiyasida tarbiyachilar o’z kasbini sevishi, kompetentligi orqali 
inson hayotiga, shaxs tarbiyasiga, ijtimoiy munosabatlar rivojlanishiga ma’lum ta’sir 
kо‘rsatadilar. 
Tarbiyachi kasbi boshqaruvchi va shakllantiruvchi xususiyatga ega. Shaxs 
shakllanishini boshqarish o’z kasbiga professional yondoshishni talab qiladi. Bu 
о‘zida tarbiyachining nazariy va amaliy tayyorgarligini jamlagan holda uning kasbiy 
mahoratini namoyish qiladi. U yoki bu kasb yo’nalishi bо‘yicha tarbiyachining 
malakaviy tasnifi pedagog kompetensiyasi modeli me’yorlari bilan о‘lchanadi.
Tarbiyachining kompetentligida u zamonaviy texnologiyalarda, ohirgi 
metodlardan foydalana olishi lozim. Bugun tarbiyachining yuritadigan portfoliosi 


318 
haqida suhbatlashar ekanmiz, “Portfolio nima?” , “Tarbiyachi portfoliosida nimalar 
bo’ladi?” kabi savollarga javob berishimiz kerak bo’ladi.
Portfolio — so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda “muhim hujjatlar papkasi” 
degan ma’nonini bildiradi. Shuningdek, portfolio mutaxassisning o‘ziga xos yutuqlari 
jamlanmasi vazifasini ham bajaradi. Har bir ta`lim muassasasida pedagog shaxsi asosiy 
o’rinni egallaydi. U o’z faoliyatini tashkil qilishda o’quv, ilmiy hamda madaniy-
ma`rifiy tadbirlarni to’g’ri rejalashtirishi, kasbiy pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib 
borishda o’zgarib boruvchi zamonaviy talablar tezkor ravishda moslashib borishi 
lozim. Zamonaviy ta`lim muassasalari ta`limning milliy modeliga o’tishida ijodiy 
fikrlovchi, ta`limning zamonaviy metod va texnologiyalarini, pedagogik-psixologik 
diagnostika usullarini, aniq amaliy faoliyat asosida pedagogik jarayonni mustaqil 
loyihalash usullarini qo’llay oladigan yangi toifadagi o’qituvchilarni talab etadi. 
Ma`lumki, mutaxassis kadrlarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi ko’p hollarda 
uning ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish qobiliyati, o’zgaruvchan mehnat sharoitiga 
moslasha olishiga bog’liq. Ushbu holatlarni e`tiborga olishda o’qituvchi portfoliosi 
texnologiyasidan foydalanish muhimdir. Bu an`ana qayerdan paydo bo’ldi? Hayotiy 
zaruratmi? “Portfolio” tushunchasi XV-XVI asrlarda G’arbiy Yevropadan kirib kelgan 
bo’lib, uyg’onish davrida arxitektorlar o’z buyurtmachilariga qurilish loyihalarini 
tayyor va homaki variantlarini "portfolio" deb nomlangan alohida papkada taqdim 
etishgan. Ushbu papkada taqdim etilgan xujjatlar talabgorda qurilish loyihasining 
kasbiy sifatlari haqida taassurot hosil qilgan. Hozirgi vaqtda esa biznes olamida 
portfolio firmaning yutuqlarini ko’rsatish, fotosuratchi va fotomodellar sohasida esa – 
suratlar albomi sifatida ishlatiladi. Portfolioni ta`lim sohasida qo’llash g’oyasi, 80-
yillarning o’rtalarida AQShda paydo bo’ldi. AQSH va Kanadadan so’ng, portfolio 
g’oyasi Yevropa va Yaponiyada ommalashdi, XXI asrning boshlarida esa bu g’oya 
Rossiyada keng tarqaldi va hozirgi kunda bu g’oya O’zbekistonda ham keng yoyilgan. 
Tarbiyachi portfoliosi – tarbiyachining pedagogik faoliyatida foydalanish 
maqsadida o‘zi tayyorlagan yoki to‘plagan hamda tizimga keltirgan metodik 
materiallar yig‘indisidir. Mazkur materiallar qog‘oz yoki elektron variantda bo‘lib, 


319 
prezentatsiyalar, dars ishlanmalari, eletron resurslar, boshqa tarbiyachilarning ilg‘or 
ish tajribalar, metodik tavsiyalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Portfolio tarbiyachiga mashgulotlarni qiziqarli va samarali tashkil etish bilan 
birgalikda, o‘z hamkasblarining ilg‘or ish tajribalaridan xabardor bo‘lish hamda o‘z 
tajribasini ommalashtirish imkonini beradi.Bu tadbirni nafaqat tarbiyachilari balki
ta’lim muassasasi rahbarlari hamda barcha fan metodistlari tomonidan ham amalga 
maktabgacha ta‘lim muassasalarida oshirilishi tavsiya etiladi. 
“Tarbiyachi papkasi” ning strukturasi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
1. Tarbiyachi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar: 
Ismi – sharifi; 
Ma’lumoti; 
Mutaxassisligi; 
Pedagogik ish staji; 
Tarbiyachilik qilayotgan guruh nomi; 
Ish stavkasi; 
1.
Tarbiyachining o‘z ustida mustaqil ishlash yo‘nalishi va unga oid materiallar: 
Malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi; 
Malaka oshirishdagi ijodiy ishlari; 
Konferensiyalar, seminar va turli o‘quvlarda ishtiroki; 
3. Tarbiyachining muvaffaqiyatlari; 
Ilg‘or ish tajribasi, yaratgan yangiliklari, o‘zining mahorati, mukofotlari, ilmiy 
darajasi. 
Adabiyotlar: 
1.
Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Yangi asr 
avlodi, 2003. – 190 b. 
2.
Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion 
texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). 
– T.: “Iste’dod” jamg‘armasi, 2009. – 160 b. 
3.
Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – T.: O‘qituvchi, 
2004. – 104 b.


320 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish