Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

KITOBLAR BIZNING DO‘STIMIZ 
Jo‘rayeva Nargiza Tairovna 
“Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va 
pedagogikasi” kafedrasi o‘qituvchisi,
Shavkatova Shaxnoza, Dehqonova Risola 
talabalar
 
 
Maqsad: Bolalarga kitoblarni sevishga, ularni avaylab-asrashga o‘rgatish. Kitob 
turlari, ular nimalardan tashkil topganligi, jihozlari, kitob yaratish mehnati haqidagi 
bilimlarini mustahkamlash. Kutubxona, kutubxonachi haqidagi ilk tasavvurlarini 
boyitish. Lug‘atini tabiatga doir bilimlar bilan boyitish, meva va sabzavotlarni 
turkumga ajratib, javoblarini mustaqil izohlashga odatlantirish, bolalarda diqqatni 
jamlash, fikrini erkin bayon etishga intilishni rivojlantirish. Fazoviy idrokini 
takomillashtirish.


316 
Mashg‘ulotning jihozlari : Kutubxona maketi, kitoblar, rasm-suratlar
«O‘yla,izla,top!», «Bosh tovushidan top!», «Nima ortikcha?», «Nima yeydi» kabi 
o‘yin turlari. 
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi: Bolalar, diqqat qilib tinglang, hozir sizga 
Abdulla Oripovning «Ona tilimga» she’rini o‘qib beraman.
Ming yildirki, bulbul kalomi. 
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha, 
Ammo sho‘rlik tutining xoli. 
O‘zgalarga taqlid hamisha, 
Ona tilim, sen borsan, shaksiz 
Bulbul ko`yin she’rga solaman. 
Sen yo‘qolgan kunda, shubhasiz 
Men xam tuti bo‘lib qolaman. 
Bolalar, she’r mazmunini tushundingizmi? U nima haqida ekan? Biz o‘zbek 
farzandlarimiz. Bizning ona tilimiz – o‘zbek tili. Biz til o‘rganganimizda nima zarur 
bo‘ladi? Albatta, kitoblar kerak bo‘ladi. Hoziri sizlarga kutubxona haqida so‘zlab 
beraman. Kutubxona kitoblar turadigan, saqlanadigan joy, u yerdan hohlagan kitobni 
olib o‘qish mumkin. Kitoblarni o‘qib bo‘lib, yana kutubxonaga qaytib berish kerak, 
uni ayab, yirtmay, varaqlariga chizmasdan o‘qiymiz. Kutubxonaga topshirgan 
kitoblarimizni bizdan keyin yana boshqa odamlar so‘rab olishadi. Bolalar, qo‘limdagi 
rasmlarga qarangchi, bu «Qaysi jonivor nima yeydi?» o‘yiniga chizilgan rasmlar. 
Rasmlarini diqqat bilan ko‘rib chiqsangiz, ertaklarni eslaysiz, Kani, kim topag‘on 
ekan? (Bolalar rasmlarni kuzatib, tulkiga baliq, quyonga sabzi, echkiga karam berish 
kerakligini aytishadi, ertakning nomini topishadi) Barakalla, sabzavotlarni nomlab, 
ularning shakli, rangi, o‘sishi haqida ham aytib bera olasizmi? Rahmat, 
mashg‘ulotlarda o‘rganganlarimiz esingizdan chiqmabdi. Sabzavotlarning foydalari 
ham esingizdami? Topishmoqlarning javobini kim aytadi? 
Makonidir dalalar 
Yer tagida bolalar (kartoshka) 
O‘rmasada- yig‘latadi (piyoz) 


317 
Qat-qat tunli 
Qarich bo‘yli (karam) 
Yer tagida 
Oltin qoziq (sabzi) 
- Endi esa, rangiga qarab iplarni bog‘lab chiqamiz. Bu yerda nimalar
tasvirlangan? Bosh tovushlari biri xil bo‘lgan rasmlarni topib, rangli ip bilan 
birlashtiramiz.(topshiriq bajariladi) 
Bolalar, sabzini qaysi hayvon yaxshi ko‘radi. Quyonchaga o‘xshab sakrangchi, 
Oq quyon, oppoq quyon, 
Qaraydi u yon- bu yon. 
Quyon bo‘lib sakraymiz, 
Va darrov o‘tiramiz.
Mustahkamlash: Bolalar kitob haqida o‘rgangan she’rlarini yoddan o‘qib 
berishadi. 
Mashg‘ulotning yakuni: Bolalar faoliyatini baholab, rag‘batlantirish. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish