308
mevalar nomi, turi, ishlatilishiga doir bilimlarini og‘zaki bayon etish ko‘nikmasini
mustahkamlash. Mantiqiy savol – topshiriqlarni bajarishda mustaqil fikrlash va uni
erkin bayon etish madaniyatini rivojlantirish, tabiatga
doir tushunchalarini
umumlashtirishda yordam berish.
Kerakli jihozlar: proektor, ekran, slaydlar, sabzavotlar va mevalarning asli hamda
mulyaji, xaltacha, suratli kartochkalar, tarelka, sabzavot va meva bo‘laklari, cho‘p, oq
qog‘oz, yelim, mo‘yqalam, salfetka, ta’limiy o‘yinlar, mantiqiy o‘yinlar kitobchalar.
Mashg‘ulotda bolalar faoliyatlarining o‘zaro bog‘lanishi:
AKT dan foydalanish,
badiiy adabiyot,
matematik tasavvurlar,
jismoniy rivojlantirish,
tevarak –atrof tushunchalari
mantiqiy fikrlash,
tasviriy faoliyat,
ta’limiy o‘yinlar,
mantiqiy o‘yinlar .
Mashg‘ulotning borishi: Bolalar, bugun bizning o‘yin va mashqlarimizni ko‘rgani
kelgan mehmonlarimiz bilan salomlashamiz. Qarang, ular bizlarga juda qiziq sovg‘a
bilan kelishibdi. (Proektor orqali qish fasliga doir tasvirlar bo‘yicha savol- javob
o‘tkaziladi).
Bolalar aytingchi, qish faslida kasal bo‘lib qolmaslik uchun biz qaysi
meva va sabzavotlardan ko‘proq iste’mol qildik. Ha, piyoz, sarimsoq, limon va olmalar
juda foydali. Piyoz va sarimsoq haqida bir so‘z bilan nima deb aytamiz? - sabzavot.
Olma bilan limon-chi? –meva. Qarang, stolda meva va sabzavotlar ko‘p ekan, ularning
nomi, qaerda o‘sishi, shakli va rangini aytib beramiz.
Endi, mana bu rasmli kartochkalarni oling. Ularda nimalar tasvirlangan? Kaerda
pishadi? Mevalarni kim yetishtiradi? Sabzavotlarni kim o‘stiradi? Kartochkalarni
tegishli joyga qo‘yib chiqamiz.(shu yo‘l bilan bolalar ikki guruhchaga bo‘linib
qolishadi “Mevalar”, “Sabzavotlar”) Men shu sabzavot va mevalar haqida topishmoq
aytaman, siz javoblarini aytasiz. (AKT dan foydalanish). Bolalar,
siz bu meva va
309
sabzavotlar haqida she’rlar yod olgansiz, aytib berasizmi?(guruhcha turiga qarab
she’rlar aytib berishadi)
She’rlarni yaxshi yodlab olibsiz. Xozir esa “Ajoyib xaltacha” o‘yinini o‘ynaymiz.
O‘yin qoidasini bilib oling. (qoidasi tushuntiriladi). Qo‘lingizga
ilingan narsaning
meva yoki sabzavotligi, shaklini aytib, keyin bizga ko‘rsating. Mevalarni bu stolga
qo‘yamiz, sabzavotlarni esa bu stolga. Bolalar, keling, mashq bajarib ozgina dam
olamiz.
(
fiz. daqiqa)
Sabzi, piyoz, kartoshkani yig‘ib oldik polizdan. (1-marta
bajarganda tizzalar
bukilmasdan, qo‘llar pastga uzatiladi, 2- marta bajarilganda tizzalarni bukib
o‘tirishadi)
Olma, o‘rik, shaftolini yig‘amiz bog‘imizdan (1-
marta bajarishganda turgan
joylarida qo‘llarini tepaga uzatishadi, 2- marta bajarishda oyoqlar uchiga
ko‘tarilishadi).
Mashq sizlarga yoqdimi? Navbatdagi o‘yinimiz: “Nimani olib qo‘ydim?” Stol
atrofiga kelinglar, bu yerda meva va sabzavotlar aralash turibdi, yaxshilab ko‘rib oling.
Endi orqa o‘girib turamiz. Men ulardan birini olib qo‘yaman, siz qaysini olganimni
topib, aytasiz. (3-4 marta o‘tkaziladi).
Bolalar, ko‘zingizni yumib turing sizlarga sabzavot va meva bo‘laklarini beramiz,
mazasidan topib aytasiz. (bolalarga tarelkalarga kesib tayyorlangan sabzavot va meva
bo‘laklari maxsus cho‘plarga ilib beriladi. Bolalar ko‘zlari yumuq holda bu qaysi meva
yoki sabzavotligini, nomini, pishirilganligi yoki xomligini aytishadi.)
Bolalar, stol atrofiga o‘tiring, Hozir xohlagan usulingizda
sabzavot mevalar
tasvirini xosil qilishingiz mumkin, kim rasm chizmoqchi? Applikatsiya qilishni kim
xohlaydi, marhamat, boshlang.( Bolalarga
kerakli jihozlar beriladi, ular ishlayotganda
shu meva va sabzavotlar, ularning yetishtirilishi, kim yetishtirishi, nimaga ishlatilishi,
rangi, shakli... haqida savollar berib turiladi).
Sizlarga bugungi o‘yinlarimizning qaysilari yoqdi?. Sabzavot va mevalar haqida
bilib olganlaringiz va o‘rganib olganlariningni uyda ham mustahkamlashingiz uchun
sizlarga kitobchalar beraman. Ustiga nima chizilgan bo‘lsa, davom ettirib, xohlasangiz
chizing, xohlasangiz applikatsiya qiling, keyin olib kelsangiz, jihozlarimizga qo‘shib
310
qo‘yamiz. Mashg‘ulotlarimizda yana o‘ynaymiz. Sizga ota-onangiz, aka-opalaringiz
yordam berishlari mumkin. Vazifa tushunarlimi. Unday bo‘lsa, mehmonlar bilan
xayrlashib, guruhimizga boramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: