323
-Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida
yagona davlat siyosatini
ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat va nodavlat
tarmog’ini kengaytirish va moddiy -texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali
pedagog kadrlar bilan ta’minlash,maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalar qamrovini
100%ga, ta’lim tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini
tatbiq etish orqali bolalarni intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish
hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifasi qo’yildi,-deydi:
maktabgacha ta’lim vaziri Agrebina Shin.
Hozirgi kunga kelib har bir viloyat, tuman, shahar va chekka qishloqlarda ham
maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurib foydalanishga topshirilmoqda. bundan kutilgan
maqsad bolalarda uzluksiz ta’limning poydevori bo’lgan maktabgacha ta’lim
tashkilotga bolalarni qamrovini oshirish va ularda erkin fikrlash, mustaqil qaror qabul
qilish xislarini rivojlantirish va maktabga sifatli tayyorlash
asosiy maqsad qilib
olingan,albatta bu natijaga erishish uchun tarbiyachidan katta mahorat bilim va o’z
kasbiga ma’suliyat talab qilinadi. Biz talabalar kelajakda tarbiyachi bo’lar ekanmiz,
birinchi navbatda bolani sevishimiz,unga mehr berishimiz, boladagi ijodkorlik
qobilyatlarini rivojlantira olishimiz zarur.
Oliy o’quv yurtlarining maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalariga “Davlat
talablari”, ”Ilk qadam” davlat o’quv dasturi pedagogic jarayonga tadbiq etilmoqda.
Men taxsil olayotgan Toshkent davlat pedagogika universitetining maktabgacha ta’lim
fakultetida ham prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan chiqarilgan qator
qonunlar amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Jumladan,”Iik qadam,, davlat o’quv dasturi
asosida bizning fakultetda
maktabgacha ta’lim tashkiloti ko’rgazmali xonasi, tarbiyachining ish hujjatlari,
rivojlantiruvchi markazlar, amaliyot xonalari,”Pedagogic-psixologik va analitik
xizmat” ilmiy amaliy o`quv markazi,”Kamalak”MTTsi
tashkil etilib, darslar olib
borilmoqda, bundan ko’zlangan maqsad biz talabalarga nazariy va amaliy bilimlarni
birgalikda o’rgatilib, kelajakda o’z kasbimizning mohir pedagoglari bo’lib chiqishimiz
asosiy maqsad etib olingan.Biz talabalar o’z ustimizda ishlash, bilim olish va
324
o’rgangan nazariy bilimlarimizni amaliyotda ham bekami ko’st tatbiq eta olishimiz
talab etiladi.
Bola tarbiyasi avvalo uyda shakllanadi. 3yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan davrda esa
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari tomonidan rivojlantirib boriladi.
Tarbiyachi qachonki bolaning ota-onasi bilan hamkorlikda ish ko’rsagina bolada o’sish
kuzatiladi, afsuski atrofimizda shunday insonlar borki o’zidan ortib bola tarbiyasiga
e’tibor qarata olmaydi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti
ular uchun faqatgina
farzandlarini qornini tuyg’azib, bolaga qarab turishi uchungina kerak. bolaning ta’lim
tarbiyasi bn esa qiziqishmaydi. bunday oilalarni biz ma’nan nosog’lom oila desak ham
mubolag’a bo’lmaydi.
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ‘‘ ilk qadam,, davlat o’quv
dasturi asosida bola o’zi xoxlagan beshta markazdan birida faoliyat olib bormoqda.
Bunda bolani ijodiy qobilyatlarini, nima sohaga qiziqishini kuzatib o’rganiladi.bola bu
markazlarni ozi mustaqil tanlab faoliyat yuritar ekan unda avvalo mustaqil
fikrlash,erkin qaror qabul qilish kabi ijobiy hislatlar paydo bo’lib boradi. Maktabgacha
ta’lim tashkilotiga bormagan bolalarda esa o’quv jarayonlarini o’zlashtirishda
qiyinchiliklar kuzatiladi u tengdoshlariga nisbatan ortda qolishi mumkin. bolada
yoshligidan boshlab bilim olishga bo’lgan qiziqishi shakllansa bola kelajakdaalbatta
o’z o’rniga ega buyuk shaxs bo’lib yetishadi.
Tarbiyani tug’ulgan kundan boshlamoq ,vujudimizni quvvatlantirmoq,
ahloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim.-o`zbek
pedagogikasi
asoschilaridan Abdulla Avloniy.
Buyuk mutaffakkirlarimizning tarbiyaga bergan ta’riflarini o’qir rkanmiz bola
tarbiyasida ota-onaning roli nechog’liq muhim ekanligiga yana bir bor guvoh bo’lamiz.
Bobomiz Abu Ali Ibn Sinoning fikricha: bola yoshligidan boshlab faqat yaxshi
odatlarga o’rgatilishi kerak. bu esa unda mustahkam xarakter shakllanishiga zamin
yaratadi.
Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan ta’lim tarbiya tizimi haqida
gapirganda. abdulla avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga
to’g’ri keladi:ta’lim tarbiya-biz uchun hayot mamot masalasidir.
qaysi sohani
325
olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron bir o’zgarishga,
farovon hayotga erisha olmaymiz. bunday kadrlarni,millatning sog’lom genofondini
tayyorlash, avvalo maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi-deydi, prezidentimiz
Shavkat mirziyoyev.
Biz shunday davrning talabasi bo`lganimizdan faxrlanamiz va albatta a`lo o`qish
va xulqimiz bilan etuk mutaxassis bo`lib mamlakatimiz taraqqiyotiga o`z xissamizni
qo`shamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: