350
- ota-оnalar pedagоgik ta’lim berish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Xulоsa qilib, oilaviy tarbiyaning ijtimоiy tarbiya bilan aloqasini
mustahkamlashda
maktabgacha ta`lim tashkiloti xоdimlarining, pedagоgik
оlimlarning, bu sohada ilmiy ish оlib bоruvchi tadqiqоtchi va metоdistlarning o‘rni juda
ham kattadir.
Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va
umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari
jamoa ish shakllariga kiradi.
Ota-onalar majlisiga maktabgacha ta’lim
tashkilotidagi hamma guruh
bolalarining ota-onalari, parallel guruhlar ota-onalari va bitta guruh bolalarining ota-
onalari taklif etilishi mumkin. Bu majlisda faol ota-onalar ham hisob beradilar va
faollarning yangi tarkibi saylanadi.
Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan
tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning
ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaning uyidagi va oiladagi kun tartibi, ota-onalar
uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi.
Ota-onalar qo‘mitaga har bir yosh guruh ota-onalaridan 1-2 vakil saylanadi Ota-
onalar qo‘mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar maktabgacha ta’lim tashkilotida
saqlanadi.
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkiloti va
ota-onalar bilan hamkorlik
ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya
o‘rtasidagi birlik o‘rnatilishi mumkin.
Bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan maktab o‘rtasida o‘rnatiladigan
hamkorlikning har tomonlamaligi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash vazifasini
muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy shartidir.
Bolang‘ich sinf o‘quvchisi va maktabgacha ta’lim tashkilotining tayyorlov guruhi
tarbiyachisi tayyorlov guruhi bolalarini maktab bilan tanishtirish bo‘yicha ekskursiya
uyushtiradilar. Bunday ekskursiyalar yil davomida 3 marta o‘tkazilishi mumkin.
Maktab bilan maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi aloqa mustahkam
bo‘lgandagina bola tarbiyasidan ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
351
Bolaning maktab ta’limiga tayyorlashda psixologik rivojlanish
asosiy vazifalaridan
biridir. Maktabga borish bola hayotida eng qiyin vaziyatlardan hisoblanadi. Bu
hayotning yangi obraziga, faoliyatning sharoitlariga, jamiyatning yangi o‘rniga kattalar
va tengdoshlari bilan muloqotga kirish davri hisoblanadi. O‘quvchining vazifasi
shundan iboratki, uning uchun o‘qish majburiy, jamiyatda o‘rinli
faoliyat
hisoblanadiBolaning maktabga psixologik tayyorgarligi shaxsiy xususiyalarida
namoyon bo‘ladi, u sinfdagi jamoaga kirishib borishga, o‘z o‘rnini topishga intiladi.
Qizchada 10 dan ortiq qo‘g‘irchoq bor, u ularni o‘ynamaydi, balki yana bir
«o‘quvchi qiz» qo‘g‘irchog‘ini so‘raydi. Onasi unga o‘sha qo‘g‘irchoqni olib beradi.
Boshqa oilada bir dona qo‘g‘irchoq «vrach», «qizi», «o‘qituvchi» bo‘ladi,
buvisi
nevara
bilan
qo‘g‘irchog‘iga
yangi
ko‘ylaklar
tikadilar.
Ota-onalar bolalar ishtirokida o‘yinchoqlarni o‘zlari yasashlari mumkin, bolalar
ularni yaxshi ko‘radilar va ularni do‘kondan olingan o‘ymnchoqdan kam bo‘lmagan
xohish bilan o‘ynaydilar. Menatsevarlikning boshlanishi va tashkilotchilik hulqining
tarbiyalashdagi muvaffaqiyatli natijalar ma’lum miqdorda oila va jamiyat a’zolarining
barchasini kelishilgan harakatlari va bir xil talablari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: