357
intellektual taraqqiyoti, sog‘ligi haqida g‘amxo‘rlik qilish, ularda o‘zaro
muloqot
ko‘nikmalarini tarkib toptirish, atrof-muhit haqida tasavvur hosil qilishga yo‘llash, uni
inson sifatida shakllantirishga qaratilgan bo‘lsa-da, mazkur jarayonda ular ko‘pincha
buyurish, po‘pisa qilish, qo‘rqitish usulidan foydalanadilar. Buning natijasida, murg‘ak
bolada qo‘pollik, bo‘ysinmaslik yoki yalqovlik kabi salbiy xususiyatlar juda erta
paydo bo‘ladi.
Bunday yordam bolaning harakatlariga noo‘rin aralashish, uning ishlariga
to‘sqinlik qilish tarzida namoyon bo‘ladi. Natijada tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi
orasidagi hamkorlikka putur etadi va ko‘rsatilgan pedagogik yordam va qo‘llab-
quvvatlov hech qanday samara bermaydi.Bolaning hissiyotlarini qo‘zg‘atish,
ichki
ziddiyatlar natijasida hosil bo‘lgan salbiy xatti-harakatlarni tarbiyachilar tomonidan
sun’iy tarzda, zo‘ravonlik bilan bartaraf etish hollari keng tarqalgan. Bunday vaziyatda
bola tarbiyasidan himoyalanishga intilib, natijada ular o‘ziga xosligi, betakrorligini
namoyon qila olmaydi. O‘zligini pinhon tutadi va vujudga kelgan vaziyatga osongina
moslashadi. Shu sababdan bola shaxsiga yo‘naltirilgan pedagogik tizim uni tashqi
jihatdan namoyon bo‘lishiga ko‘maklashish bilan chegaralanib qo‘lmasdan, bolaning
ichki mayllari, ehtiyojlarini hisobga olishga oid pedagogik ko‘rsatmalarga tayangan
holda tashkil etilishi lozim. Bu jarayonda tarbiyachining
vazifasi bolaning shaxsiy
imkoniyatlari, o‘zligi, ichki “men”ini namoyon etishga xizmat qiladigan vosita va
usullarni qo‘llashdan iboratdir. Buning uchun ular o‘zlariga ma’lumdek tuyulgan
haqiqatlar bilan bola ruhiyatiga ozor bermay, tarbiyalanuvchilar intellektual
rivojlanishlarida duch keladigan muammolarni aniqlay olishlari lozim.
Pedagogik qo‘llab-quvvatlash tushunchasining
asosiy mazmun-mohiyatini
ifodalovchi tayanch iboralardan biri “bolalar muammolaridir”. Bugungi kunda
maktabgacha ta’lim jarayoni oldiga barkamol shaxsning shakllanishi uchun poydevor
hosil qilish vazifasi turibdi. Buning uchun yaqin o‘tmishda foydalanilgan an’anaviy
o‘lchovlardan qutulish taqozo qilinmoqda. “Har bir bola o‘zini jamiyatda erkin his
etishi va mikrosotsiumda munosib o‘rin topishi uchun nimalarga e’tibor qaratish
lozim?” – degan savollarga javob topish maktabgacha ta’lim pedagogikasining muhim
vazifalaridandir. Har bir bolani maktabgacha ta’lim bosqichidan boshlab, pedagogik
358
qo‘llab-quvvatlash orqali intellektual rivojlantirish, ularning o‘ychan nigohlariga
e’tiborsiz bo‘lmaslik, ko‘makka muhtoj bolalarni aniqlash va tezkor yordam ko‘rsatish,
ularning o‘zlarini namoyon qila olishlariga ko‘maklashish echimini kutayotgan muhim
masalalardandir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida bolaning individual muammolarini
bevosita va bilvosita hal etishga qaratilgan individual va guruhli ishlar tashkil etilishi,
ular muammolarni bartaraf qilishga qaratilishi va tezkorlik xarakteriga ega bo‘lishi
lozim. Insonparvarlik g’oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat hamma yerda
barqaror bo’lishiga
intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo’l kuymaslik, hamma
xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo’lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni
do’stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, hamma yerda tinchlik,
osoyishtalik
qaror topishiga harakat qilish, atrof-muhitni toza saqlash umuminsoniy qadriyatlarning
hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: