(91 — 91 -moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
92-modda. Dalillarni qayd etishning to‘g‘riligini tasdiqlash
Tergov harakatlari
ishtirokchilarining, shuningdek sud muhokamasidagi taraflarning bu
harakatlar jarayoni va natijalari aks ettirilgan bayonnoma bilan tanishish,
xuddi shuningdek
bayonnomaga qo‘shimcha va tuzatishlar kiritish huquqlari ta’minlanishi kerak.
Surishtiruvchi yoki tergovchi tergov harakatlari tamom bo‘lishi bilanoq bu harakat
ishtirokchilariga bayonnomani o‘qib chiqishga imkon beradi yoxud iltimoslariga ko‘ra ularga o‘qib
beradi. Shunday tartibda raislik qiluvchi yoki uning topshirig‘iga binoan
sud majlisi kotibi sud
zalidan tashqarida bajarilgan sud harakati ishtirokchilarini, shuningdek taraflarni
sud majlisi
bayonnomasidagi ushbu sud harakatiga taalluqli yozuvlar bilan tanishtiradi.
Og‘zaki bildirilgan qo‘shimchalar, tuzatishlar, fikr-mulohazalar, e’tirozlar,
iltimoslar va
shikoyatlar bayonnomaga kiritiladi, yozma ravishda ifoda etilganlari
esa bayonnomaga ilova
qilinadi. O‘chirishlar yoki kiritilgan qo‘shimcha so‘zlar yoxud boshqa tuzatishlar xususida
bayonnoma oxiridagi imzolar oldidan izohot beriladi.
Tergov harakati bayonnomasi bilan tanishtirilgan shaxslar bayonnomaning
har bir sahifasi
ostiga va uning oxiriga imzo chekadilar.
93-modda. Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish yoki imzo cheka olmaslik
hollarini tasdiqlash
Surishtiruvchi yoki tergovchi protsess ishtirokchilaridan
birontasining yoki boshqa
shaxslarning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tergov harakatlari bayonnomasiga imzo
chekishdan bosh tortganligi to‘g‘risida bayonnomaga yozib qo‘yib, uni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Yuqorida nazarda tutilgan hollarda sud majlisi bayonnomasining sud harakatlari to‘g‘risidagi
yozuvlarini imzolashdan bosh tortilganligi haqida shu bayonnomaga
yoziladi hamda uni raislik
qiluvchi va sud majlisi kotibi o‘z imzosi bilan tasdiqlaydilar.
Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortgan shaxs bosh tortish sababini tushuntirishga
haqli. Bu tushuntirish bayonnomaga kiritilishi lozim.
Tergov yoki sud harakati ishtirokchisi o‘zining jismoniy nuqsoni tufayli bayonnomani o‘qib,
imzolay olmasa, bayonnomani uning roziligi bilan himoyachi, vakil yoki mazkur shaxs ishonadigan
boshqa fuqaro o‘qib beradi va imzo chekadi. Bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: