Asosiy qoidalar


-modda. So‘roq qilinuvchining shaxsini aniqlash



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

98-modda. So‘roq qilinuvchining shaxsini aniqlash
Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilish oldidan so‘roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi
va otasining ismini, tug‘ilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tug‘ilgan joyini, yashash joyi va ish joyini,
mansabi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini
aniqlashi hamda bu ma’lumotlarni jinoyat ishidagi yoki so‘roq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi
ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rishi yoxud so‘roq qilinuvchi o‘zini kim deb tanishtirgan bo‘lsa,
aynan o‘sha shaxs ekanligiga boshqa yo‘llar bilan ishonch hosil qilishi lozim.
99-modda. So‘roq qilinuvchining qaysi tilda ko‘rsatuv bera olishini aniqlash
So‘roq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni biladimi, u qaysi tilda ko‘rsatuv bera olishi mumkin,
degan savollar tug‘ilib qolsa, bu masala aniqlanishi lozim. Ushbu Kodeksning 
71-moddasida
nazarda tutilgan hollarda tarjimon chaqiriladi va u kelguncha so‘roq qilish to‘xtatib turiladi.
100-modda. Huquq va majburiyatlarni tushuntirish
So‘roq qilinuvchining shaxsi aniqlangandan keyin unga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan
huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi so‘roq
bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
101-modda. Ishning holatlari to‘g‘risida erkin so‘zlab berish
So‘roq qilinuvchiga ishning unga ma’lum bo‘lgan holatlari to‘g‘risida so‘zlab berish taklif
qilinmog‘i lozim. So‘roq qilinuvchi erkin so‘zlab berganidan keyin uning ko‘rsatuvlarini to‘ldirish va
aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin.
102-modda. Ishora qiluvchi savollar berishga yo‘l qo‘yilmasligi
Kutilayotgan javobga bevosita yoki bilvosita yo‘naltirish mazmunidagi savollar ishora qiluvchi
savollar deb hisoblanadi. Ishora qiluvchi savollar berish taqiqlanadi.
103-modda. So‘roq qilinuvchining hujjatlar va boshqa yozuvlardan foydalanishi
So‘roq qilinuvchining ko‘rsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa
ma’lumotlarga taalluqli bo‘lsa, u so‘roq jarayonida o‘zidagi yoki ishga qo‘shib qo‘yilgan hujjatlardan
yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishi mumkin.
So‘roq qilinuvchiga so‘roq qilish jarayonida o‘zidagi hujjatlar va boshqa yozuvlarni o‘qib
eshittirishga ruxsat etilishi mumkin.
Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilinuvchidan so‘roq qilish jarayonida u
foydalanayotgan hujjatlar va boshqa yozuvlarni talab qilishi, ularni keyin qaytarib berishi yoki ishga
qo‘shib qo‘yishi mumkin.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish