Asosiy qoidalar


-modda. Dalillarni tekshirish



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

94-modda. Dalillarni tekshirish
Ish bo‘yicha qabul qilinadigan qaror sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona
tekshirilgan dalillargagina asoslangan bo‘lishi lozim. Tekshiruv qo‘shimcha dalillarni to‘plashdan
iborat bo‘lib, ular tekshirilayotgan dalillarni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin.
95-modda. Dalillarga baho berish
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har
tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib
o‘zlarining ichki ishonchlari bo‘yicha dalillarga baho beradilar. Har bir dalil ishga aloqadorligi,
maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim.
Dalillar jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan mavjud holatlar haqidagi xulosalarni
tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki shubha ostiga oluvchi faktlar yoki narsalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
aks ettirgan taqdirdagina ishga aloqador deb e’tirof etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Dalillar belgilangan tartibda to‘plangan va ushbu Kodeksning 
88

90

92 — 94-moddalarida
nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo‘lsagina, ular maqbul deb e’tirof etiladi.
(95-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Tekshiruv natijasida haqiqatga muvofiq ekanligi aniqlangan dalillar ishonchli deb
hisoblanadi.
Isbotlanishi kerak bo‘lgan barcha va har bir holatning haqiqiyligini so‘zsiz tasdiqlovchi ishga
oid barcha ishonchli dalillar to‘plangan bo‘lsa, ularning jami ishni hal qilish uchun yetarli deb
hisoblanadi.
1
4


Oldingi
 tahrirga qarang.
95 -modda. Dalillarning maqbul emasligi
Agar faktik ma’lumotlar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini
qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yo‘li bilan
yoxud ushbu Kodeks talablari buzilgan holda olingan bo‘lsa, shu jumladan:
1) jinoyat protsessi ishtirokchilariga yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa
solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo
turlarini qo‘llagan holda;
2) ularni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) yo‘li bilan;
3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyaga bo‘lgan huquqlari,
shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan holda;
4) jinoyat ishi bo‘yicha protsessual harakatning mazkur jinoyat ishini yuritishni amalga
oshirish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan bajarilishi natijasida;
5) noma’lum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin bo‘lmagan
manbadan;
6) jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruvdagi,
dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmui bilan o‘z tasdig‘ini topmagan ko‘rsatuvlaridan olingan
bo‘lsa, ular dalil sifatida maqbul emas deb topiladi.
Faktik ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanishning maqbul emasligi tergovga qadar
tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror
yoki sudning o‘z tashabbusi bilan yoki ishtirokchilarning iltimosnomasi bo‘yicha aniqlanadi.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror yoki sudya dalillarning maqbul emasligi to‘g‘risidagi masalani hal qilayotganida
har bir holatda yo‘l qo‘yilgan buzilish nimada aniq ifodalanganligini aniqlab olishi va asoslantirilgan
qaror qabul qilishi shart.
Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan ushbu Kodeks normalari
buzilgan holda olingan ko‘rsatuvlardan, ekspert xulosasidan, ashyoviy dalillardan, audio-,
videoyozuvlardan va boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanish taqiqlanadi.
(95 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi O‘RQ-470-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish