91 -modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish shartlari va
tartibi
Muayyan tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish haqida qaror qabul
qilingan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud jinoyat protsessining muayyan
ishtirokchisini chaqirtirishni va tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishni tashkil
etishni so‘rab tegishli organga ushbu Kodeks talablariga muvofiq topshiriq yuboradi.
Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning topshirig‘ini bajaruvchi
mansabdor shaxs chaqirtirilgan jinoyat protsessi ishtirokchisining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini
tekshirishi, uning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini ta’minlashi va tergov harakati
tugallanguniga qadar uning yonida bo‘lishi kerak.
Tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish uchun mutaxassislar jalb qilinishi
mumkin.
Videokonferensaloqa rejimida so‘roq, shaxslarni yoki narsalarni tanib olish yoxud yuzlashtirish
ushbu Kodeksning
96 — 108
,
112 — 131-moddalari
talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Tergov harakati ishtirokchilariga videokonferensaloqada ishtirok etayotgan shaxslarga savollar
berish va ulardan javoblar olish, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual huquqlar va
majburiyatlarni amalga oshirish imkoniyati ta’minlanishi kerak.
91 -modda. Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov harakati jarayoni va
natijalarini qayd qilish
Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalari elektron
ma’lumotlarni tashuvchi tegishli vositalarga bayonnoma tuzilgan holda yoziladi va qayd etiladi.
Tergov harakatining bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud va topshiriqni
bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan tuziladi. Videokonferensaloqa materiallari bayonnomaga
qo‘shib qo‘yiladi.
Tergov harakatining bayonnomasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga
rioya qilingan holda tuziladi va unda jinoyat protsessi ishtirokchilari ko‘rsatuvlarining mohiyati aks
ettiriladi.
Videokonferensaloqa yozuvining vaqti o‘tkazilgan tergov harakatining aniq vaqtiga mos
kelishi kerak. Videokonferensaloqa jarayonidagi tanaffuslar yuzasidan izoh berilishi hamda ular
videoyozuvda va bayonnomada aks ettirilishi kerak.
Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov harakati bayonnomasi surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror yoki sud, topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs hamda tergov
harakatining boshqa ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Topshiriqni bajarayotgan mansabdor
shaxs tomonidan tuzilgan bayonnoma surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga
yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |