44-bob. JINOYAT IShIDA GUMON QILINUVChI TARIQASIDA VA AYBLANUVChI TARIQASIDA
IShTIROK ETIShGA JALB QILISh
359-modda. Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb
qilish asoslari
Shaxs ushbu Kodeksning
221-moddasida
nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, jinoyat sodir
etishda gumon qilinib ushlangan bo‘lsa yoxud ishda uni jinoyat sodir etishda gumon qilishga asos
beruvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, u jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga
jalb qilinadi.
360-modda. Jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish
to‘g‘risidagi qaror
Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risida
surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.
Biror jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs ish qo‘zg‘atilgunga qadar ushlangan
bo‘lsa va ushbu Kodeksning
225-moddasida
nazarda tutilgan tekshirish ushlab turishning asosli
ekanligini tasdiqlagan bo‘lsa, tergovchi shaxsni ushlab turish, ish qo‘zg‘atish va ishda gumon
qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqida to‘xtamlarga kelib, ularni bitta qarorda bayon
qiladi.
Qarorda ushlab turilgan shaxs qaysi jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganligi, Jinoyat
kodeksining
qaysi moddasida bu jinoyat nazarda tutilgani, ushlab turishning sabab va asoslari,
shuningdek shaxsni ushlab turish, agar jinoyat ishi ilgari qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa, jinoyat ishini
qo‘zg‘atish va uni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qaror
ko‘rsatilishi kerak.
Qaror gumon qilinuvchiga u birinchi marta so‘roq qilinguniga qadar e’lon qilinadi. Ayni
vaqtda unga ushbu Kodeksning
48-moddasida
nazarda tutilgan gumon qilinuvchining huquqlari
va majburiyatlari tushuntiriladi.
361-modda. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi
qaror
Oldingi
tahrirga qarang.
Shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risida
surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi, unda:
(361-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi
O‘RQ-542-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-
son)
1) ayblanuvchi tariqasida jalb etilayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan
kuni, oyi va yili;
2) ayblovning mazmuni, ya’ni shaxsning zimmasiga qo‘yilayotgan jinoyat hodisasi, u sodir
etilgan joy, vaqt va boshqa muhim holatlar bayoni;
3) Jinoyat
kodeksining
ushbu jinoyatni nazarda tutgan moddasi, qismi, bandi aks ettirilishi
lozim.
Jinoyat
kodeksining
turli moddalari, qismlari yoki bandlarida nazarda tutilgan bir necha
jinoyatni sodir etishda ayblaganda, bu jinoyatlardan har birining mohiyati va yuridik tavsifi alohida
ko‘rsatilishi lozim.
Qarorning xulosa qismida mazkur shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb
qilish to‘g‘risida to‘xtamga kelinganligi ifodalanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |