bosqichida bajariladigan har bir harakat va qarorning qonuniy hamda asoslangan bo‘lishi uchun
to‘la javobgar bo‘ladi.
Guruh rahbari bo‘lgan tergovchi:
1) ishni o‘zi rahbarlik qilayotgan tergovchilarga taqsimlab beradi, ularning har biri bajaradigan
ish qismi yoki tergov yo‘nalishini belgilaydi, ayrim tergov harakatlari bajarishni topshirib, ularni ijro
etish muddatini belgilaydi;
2) shaxsan o‘zi tergov harakatlarini bajaradi va rahbarligi ostidagi tergovchilar o‘tkazayotgan
ayrim tergov harakatlarida ishtirok etadi;
Oldingi
tahrirga qarang.
3) qarorlar chiqaradi, shu jumladan shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb
qilish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnomalar
qo‘zg‘atish, ishni to‘la yoki uning biror qismini tugatish yoxud to‘xtatish haqida qarorlar chiqaradi;
(355-moddaning ikkinchi qismi 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
4) prokurorning ko‘rsatmalari ijro etilishini ta’minlaydi, ushbu Kodeks 36-moddasining
uchinchi qismida
nazarda tutilgan hollarda ishni o‘z e’tirozlari bilan birga yuqori turuvchi
prokurorga yuboradi;
Oldingi
tahrirga qarang.
5) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga va tezkor-qidiruv faoliyatini
amalga oshiruvchi organlarga tergov harakatlarini yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini olib borish
to‘g‘risida topshiriqlar va ko‘rsatmalar beradi, shuningdek ulardan tergovchilar bajarayotgan tergov
harakatlarini o‘tkazishda yordam berishni talab qiladi, o‘z topshiriqlari, ko‘rsatmalari, talablari
bajarilishi ustidan nazorat qilib boradi;
(355-modda ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
6) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf
qilish choralari to‘g‘risida taqdimnomalar yuboradi;
Oldingi
tahrirga qarang.
7) ayblov xulosasini tuzadi yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun ishni
sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va tasdiqlash uchun ularni ish bilan birga prokurorga
yuboradi yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritish
haqida prokurorga taqdimnoma kiritadi.
(355-modda ikkinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-193-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: