346-modda. Hududiy jihatdan tergovga tegishlilik
Jinoyat qayerda sodir etilgan bo‘lsa, jinoyat ishi o‘sha tuman (shahar) tergovchisining
tergoviga tegishli bo‘ladi.
Dastlabki tergov, basharti ish holatlarini ancha tez, puxta, to‘la, xolisona, har tomonlama
tekshirishga yordam bersa, ish qo‘zg‘atilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki
guvohlarning ko‘pchiligi turgan yerda o‘tkazilishi ham mumkin.
Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori tergov bo‘linmasi boshlig‘ining farmoyishiga asosan
dastlabki tergov hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib
borilishi ham mumkin.
347-modda. Tergovchining topshiriqlarini bajarish
Har bir tergovchi o‘z yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining
hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan o‘zi bajarishga yoxud uni o‘tkazishni
boshqa tergovchiga yoki surishtiruvchiga topshirishga haqlidir.
Tergovchining topshirig‘ida ijro etuvchi uchun majburiy bo‘lgan ijro muddati ko‘rsatiladi.
Tergovchining topshirig‘ini bu muddat ichida ijro etishning iloji bo‘lmasa, topshiriq olgan shaxs
topshiriq bergan tergovchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi to‘g‘risida yozma ravishda,
telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning ko‘rsatmalariga binoan topshiriqni
bajarishni davom ettiradi.
348-modda. Jinoyat ishini boshqalarga o‘tkazish
Jinoyat ishini bir tergov bo‘linmasi doirasida bir tergovchidan boshqa tergovchiga o‘tkazish
shu tergov bo‘linmasining rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Ishni bir tergov bo‘linmasidan boshqasiga o‘tkazish yuqori tergov bo‘linmasining boshlig‘i
tomonidan prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ishni bir dastlabki tergov organidan boshqasiga o‘tkazishga prokurorning qaroriga binoan
yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
348 -modda. Yo‘qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash
Yo‘qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash prokurorning qaroriga ko‘ra, jinoyat
ishi yoxud uning materiallari sudda yo‘qolgan taqdirda esa ijro etish uchun prokurorga
yuboriladigan sud ajrimiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Yo‘qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash jinoyat ishi hujjatlarining ushbu
Kodeksda belgilangan tartibda dalillar deb topilishi mumkin bo‘lgan saqlab qolingan ko‘chirma
nusxalari bo‘yicha va protsessual harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Jinoyat ishi tiklanayotganda surishtiruv, dastlabki tergov ishlarini yuritish, qamoqda saqlash
va uy qamog‘i muddatlari ushbu Kodeksning
245
,
351
va
381 -moddalarida
belgilangan tartibda
hisoblanadi.
(348 -moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Agar yo‘qolgan jinoyat ishi bo‘yicha qamoqda saqlashning yoki uy qamog‘ining oxirgi
muddati tugagan bo‘lsa, ayblanuvchi darhol ozod qilinishi kerak.
1
7
1
(348 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |